“Dinshunoslik”
fanining vazifalari:
o‘quvchi yoshlarda
din va uning turli shakllari, ta’limoti,
yo‘nalishi va oqimlari haqida to‘g‘ri, sog‘lom dunyoqarashni
shakllantirish;
– fuqarolarning faoliyati vijdon erkinligiga doir qonun talablariga
muvofiq ekanligi hamda e’tiqodi sog‘lom shaxs ma’naviyatida milliy
va diniy qadriyatlar uyg‘unligining o‘ziga xos jihatlarini o‘quvchi
yoshlar ongiga singdirish;
– o‘quvchi-yoshlarni diniy qadriyatlarga
hurmat bilan qarash, turli
dinlar va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish,
insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarimiz bilan
faxrlanish kabi yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Dinlar
unga
e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining
ma’lum millat yoki xalqqa xosligi
yoxud millat tanlamasligiga
ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi:
1.
Urug‘-qabila dinlari
–
totemistik, animistik, fetishistik
tasavvurlarga
asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon
yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar.
Ular millat va jahon
dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy
Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2.
Milliy dinlar
– ma’lum millatga xos bo‘lib,
boshqa millat
vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga
yahudiylik
(yahudiy millatiga xos),
hinduiylik
(hindlarga xos),
konfutsiylik
(xitoy millatiga xos),
sintoiylik
(yaponlarga xos) kiradi;
3.
Jahon dinlari
– dunyoda eng ko‘p
tarqalgan, kishilarning
millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin
bo‘lgan dinlar. Unga
Dostları ilə paylaş: