Animizm
Fetishizm
(fetish so‘zi fransuzcha
fetishe
–
but
, sanam,
tumor
ma’nolarini anglatadi). U tabiatdagi jonsiz
predmetlarga sig‘inishdir. Fetish ham salbiy, ham ijobiy
ta’sir etish kuchiga ega.
Fetish hisoblangan predmetlar orasida odam yoki hayvonlarning
suyak qoldiqlari, qabr toshlari eng ko‘p tarqalgan.
Suyak qoldiqlari fetish egasini tabiiy ofatlardan, kasalliklardan,
yovuz ruhlardan saqlaydi deb hisoblangan. Qabr toshlari vafot
etgan kishining tinchligini qo‘riqlaydigan ruhlar joylashgan
predmet vazifasini o‘tagan. Qabr joylashgan hududga sig‘inish
natijasida keyinchalik muqaddas qadamjolar vujudga kelgan.
Bunday qadamjolarda maqbaralar, qo‘rg‘onlar qurilgan. Qadimda
jonsiz fetishlar bilan birga jonli fetishlardan ham foydalanilgan.
Jonli fetishlarga sig‘inish barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan.
Fetishlar asosan kuchli ruhni o‘zida mujassamlashtirgan va
ijtimoiy hayotning ayrim sohalaridagi muammolarni hal etishga
yordam bergan.
Shomonlik
yoxud
sehrgarlik
(«shomon» so‘zi tungus tilidagi
ma’nosi «afsungarlik»). Afsun real
natija olish uchun ilohiy kuchlarga
ta’sir
etish
maqsadida
amalga
oshiriladigan
odat
va
rituallar
majmuasidir.
U totemizm va animizm bilan bir
vaqtda paydo bo‘lgan. Shomonlik
orqali
kishilar
o‘z
totemlari,
otabobolarining ruhlari bilan xayolan
bog‘lanishni amalga oshirib kelishgan.
Sehrgarlik (magiya).
Sehrgarlik – odam,
hayvon va tabiatga g‘ayritabiiy yo‘llar
bilan
ta’sir
o‘tkazish
maqsadida
bajariladigan xatti-harakatlardir.
Bugungi kunda ham sehrgarlik urf-odatlari
odamlar hayotida ma’lum darajada rol
o‘ynab kelmoqda. Buning sababi insonlar
doimo omadli bo‘lish, yaxshi hayot
kechirish, sog‘lom bo‘lishni orzu qilib
kelgan. Sehrgarlik insonning ana shu orzu-
intilishlarini qamrab olgan.
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki
jamoa bo‘lib amalga oshirilishi mumkin
edi.
Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1) Zarar keltiruvchi;
2) Harbiylar va qurol-aslahani sehrlash;
3) Sevish yoki o‘zidan sovutish maqsadida «issiq», «sovuq»
qilish;
4) Tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolash;
5) Ob-havo bilan bog‘liq, ya’ni yomg‘ir chaqirish.
Sehrgarlik dinlar va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib
qolgan.
Dostları ilə paylaş: |