5-mavzu. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi. Vilgelm fon gumboldt ta’limoti



Yüklə 27,3 Kb.
səhifə4/5
tarix27.04.2023
ölçüsü27,3 Kb.
#103270
1   2   3   4   5
5-seminar hemisga JAVOBLAR

Javoblar
1-topshiriq

  1. XVIII asr XIX asr boshlarida

  2. Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vilyam Jonsning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan “Hindlarning tili va donoligi” asari zamin bo‘lib xizmat qildi.

  3. Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo‘lgan Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug‘ullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi. Vilgelm fon Gumboldt asarlari, g‘oyalari, konseptsiyalari bilan umumiy nazariy tilshunoslikka asos soldi.

  4. «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri»

  5. 1836-1840-yillarda

  6. Sanskrit

  7. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika — tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi tilshunoslik.

  8. Gumboldt tilni mukammal o‘rganishda, unga xos belgi-xususiyatlarni, boshqa hodisalar bilan aloqasini, o‘ziga xosligini aniqlash va ochishda antinomiya metodini, ya’ni o‘zaro zid, qarama-qarshi qo‘yish usulini qo‘llaydi.

  9. «Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash»

  10. Yakob Grimm

  11. R. Rask tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy metodning va germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o‘rinni egallaydi.

  12. Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki, bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham tilshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan xulosalarni qamrab oladi.

  13. U ushbu salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari bilan qiyoslagan holda beradi.

  14. 1. Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. Til va tafakkur antinomiyasi. Til va nutq antinomiyasi. Nutq va tushunish antinomiyasi va boshqalar.


Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin