6.Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari va boshqaruv usullari
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur xukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib asosan xarbiy tavsifga ega edi. U davrlardagi menejerlar esa xarbiy intizomni o‘rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo‘rqitish, xar qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni qo‘llaganlar. Bunday boshqaruv mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo bo‘lganligi xam sarkardamizning o‘z qo‘l ostidagilarni “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.