9.Adam Smith “Millat boyligi” deb atalgan kitobi boshqaruvda nimalarga asos soldi?
1776 yilda Adam Smith “Millat boyligi” deb atalgan kitobini nashr etdi. Unda u ishchi kuchini to’g’ri taqsimlash orqali tashkilot va jamiyat iqtisodiy ustunlikka erishishini yozgan. Misol tariqasida u to’g’nog’ich ishlab chiqarish sanoatini olib 10 ta kishi o’ziga biritilgan vazifani bajarib bir kunda 48 000 ta to’g’nog’ich ishlab chiqarishgan. Holbuki har bir shaxs bir biridan alohida ishlagan. Bunday holda kuniga 10 dona to’g’nog’ich ishlab chiqarish ham amri maholku? Smith bunda ishni taqsimlash ishlab chiqarish hajmining oshishini, har bir ishchining malakasi ham oshib borishini vaqt tejalishini va ijodkorlik, kashfiyotchilik ko’payishini ta’kidlagan. Kasblarni mutaxassislashrish mashhur bo’la boshlagan. Masalan, jarrohlik ishlari kasalxonalarda amalga oshirilgan, restoran va oshxona ishchilari ovqat tayorlashgan, futbol maydonlarida o’ynalgan
11-«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunda belgi-
langanidek, davlat tomonidan fuqarolarni yangi kasbga (muta-
xassislikka) bepul o‘qitish, mahalliy mehnat o‘rinlarida yoki
ular
ning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendi-
ya to‘lab malaka oshirish imkoniyati yaratilganligi ularning
mehnat qi lish huquqining muhim kafolatlaridan biri hisoblana-
di. Bu jarayonda shogirdlikka, xodimlar malakasini oshirishga
va o‘qitish ishlariga rahbarlik qilish bilan bog‘liq huquqiy mu-
nosabatlar kelib chiqadi. Shogirdlikka oid huquqiy munosabatlar
tuzilgan shartnoma asosida kelib chiqadi va ular ishsiz fuqaroni
yangi kasbga o‘qitish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, bozor mu-
nosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qay- ta tayyorlash hamda malakasining oshirilishi – ularni ijtimoiy
foydali ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi eng muhim omil
va aholini ijtimoiy himoya qilish izchil choralaridan biri sifati-
da qaralishi lozim. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respub-
likasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomo-
nidan 1994-yil 24-apreldan «Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash
va qayta tay
yorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil
etish to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlanib, Adliya vazirligi 1999-
113
yil 362-sonli raqam bilan ro‘yxatga olingan. Mazkur nizomda
O‘zbekiston Respublikasi ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi orqali ular-
ni kasbga o‘qitish va qayta o‘qitish, malakasini oshirish bos- qichlari va tartibi belgilangan. Nizomda ko‘rsatilishicha, bu ti-
zim tarkibiga:
– O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini muhofaza
qilish vazirligining ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir masalalar bilan
shug‘ullanadigan tuzilmaviy bo‘linmalari;
– mehnat o‘rinlarining joylardagi o‘quv markazlari;
– korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘quv bo‘linmalari;
– oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (akademik litseylar
qoshidagi o‘quv muassasalari);
– tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan tijorat va xo‘jalik hiso-
bidagi tashkilotlar, uyushmalar;
– shogirdlikka kasb o‘rgatish imkoniyatlariga ega bo‘lgan
«Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lgan tadbirkor xalq ustalari-
ning maktablari.
Mehnat o‘rinlarida ro‘yxatga olingan ishsiz deb e’tirof etilgan
shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malaka-
sini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
– ishsiz shaxs zarur kasb, malakaga ega bo‘lmagani tufayli
unga qabul qiladigan ish tanlash mumkin bo‘lmaganda;
– ishsiz shaxsning kasb ko‘nikmalariga mos keladigan ish
yo‘qligi sababli kasbini (mutaxassisligini, mashg‘ulot turini)
o‘zgartirish zarur bo‘lganda;
– ishsiz shaxs kasbga bog‘liq bo‘lgan kasalligi tufayli, uzoq
tanaffusdan keyin ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar joriy qilinishi munosabati bilan avvalgi kasbi bo‘yicha ishlash qobili-
yatini yo‘qotganda amalga oshirilishi mumkin.
Bu qoida uning turidan qat’i nazar, pensiya olish huquqiga ega
bo‘l
gan va mehnat o‘rinlarida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga ham
(basharti shunday zarurat bo‘lsa) joriy qilinadi. Ularning meh nat
o‘rinlari ish qidiruvchi ish sifatida ro‘yxatga olinish saqlab qoli-
na
di. Nizomda ko‘rsatilganidek, korxonalarning tugatilishi, qay-
ta tash kil etilishi xodimlar sonining qisqartirilishi tufayli ishdan
114
bo‘shayot gan xodimlarning kasb ta’lim, ularning xohishiga ko‘ra,
tizi mning is talgan o‘quv bazasida tashkil etilishi mumkin.