5-modul-2-mavzu:TARBIYASI OG’IR BOLALAR BILAN ISHLASH
“Tarbiyasi og’ir” bolalar… Hammaga ma’lum bo’lgan va afsuski, allaqachon ko’nikib ketilgan
bu atama ortida nimalar turadi? Militsiya xodimi uchun - u qo’lida rogatka ushlagan bezori, bola
o’qituvchi uchun - sinfdoshlariga yomon ta’sir ko’rsatuvchi norasmiy, bolalar bog’chasi
tarbiyachisi uchun esa – xarxashali injiq, yengiltak, tinib – tinchimas bola. Ota-onalar uchun-chi?
Har qaysisi uchun u o’zgacha ma’no kasb etadi. Ota-onalar tushunishidagi “tarbiyasi og’ir”
bolaning mumkin bo’lgan barcha variantlarini aytib o’tish foydasiz, chunki har qanday bola ham
tabiatan “qiyin” bo’lishi mumkin.Odatda hamma bolalar ham tug’ilgan vaqtlaridanoq ota-
onalariga ma’lum bir qiyinchilik keltiradi. Ammo ba’zilar uchun muammo bo’lgan narsa,
boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u ko’pgina sabablarga bog’liq. Bolaga
nisbatan ota-onalarining tutgan yo’li, oiladagi qadryatlar tizimi, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarning bor yoki yo’qligi, shuningdek boshqa ko’pgina narsalar bolani tarbiyalash
jarayonida muqarrar ravishda paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab
beradi.
“Tarbiyasi og’ir” bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S Vigotskiy fikricha, “og’ir” o’smir
hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli
faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir
qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga
ba’zi
huquqlarini
berish
yo’li
bilan
ularga
ta’sir
o’tkazish
mumkin.
Shuni aytish lozimki, “tarbiyasi og’ir“ bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular
o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu
xulq – atvorini nazorat qilishdan iboratdir: Bunday nazorat inson yomon hatti-harakatlarini
bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida
olingan natijalarga asoslanadi: Bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun
tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z muhitiga ko’ra ijtimoiy jihatdan
ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya
uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik
xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-
onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ulaning yo’qligi
bolalarga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxorligini bildiradigan so’zlar xatti-harakatlar bola uchun
juda kata ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-
atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin:
xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari
esa qo’llab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorlarni rag’batlantirish va yomon xulq-atvor
hamma bolalarga ham taaluqli emas.
Bolalarni tarbuyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta. Tarbiya
jarayonida g’amxorlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxor ota-
onalarga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolalarning salbiy xulq-atvorini qo’llab-
quvvatlamaganda bola o’z xatti- harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Konfutsiy “Eskini o’zlashtirgan, yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.”
degan edi.
Hamma kishilar ham bir xilda bo’lmaydi, shuningdek, oilalar ham turlichadir. Shubhasiz bolalar
ham bir biriga o’xshamaydi. Bu tabiiy hol. Lekin ko’pincha kattalar buni unutib qo’yadilar,
o’zlaricha qandaydir umumiy tavsiyalardan yordam ko’rishga moyil bo’ladilar va bunda: “
bola… bajarishi kerak”, “bolaga mumkin emas” kabi so’zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola
avval boshidanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas.
Aksincha, kattalar bolaning meyorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida
yashashga o’rgatishlari, ularning his-tuyg’ularini, xohish-istaklarini va ishlarini tushunishlari
lozim. Vaqt o’tishi bilan, payti kelganda uning o’zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nima
qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o’z ota-
onalariga, do’stlariga va nihoyat, o’z bolalariga nisbatan mexr-muhabbat, mexribonligi bilan
uzishni tushunib oladi.
Buning uchun esa bolani qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish, uni tushunishga harakat
qilish va uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u bilan bo’ladigan o’zaro
munosabatlarning qo’shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, balki, aksincha oilada
qadryatli hisoblangan o’zaro hurmat, iliqlik va himoyalanganlik his etishga yordam beradigan
usulini topish kerak. Gap kichkintoy bola haqida borganda “qiyin” atamasi qo’llanilmaydi. Har
holda ota-onalarning “qiyin” chaqaloq, haqidagi shikoyatlarini eshitishga tog’ri kelmaydi, garchi
bu bosqichda qiyinchiliklar ko’p bo’lsa ham. To’g’ri, bu qiyinchiliklar tashqi, psixologik
xarakterda bo’ladi va ko’pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradigan, ammo
vaqtinchalik hodisa sifatida idrok qilinadi. Biroq birinchi qiyinchiliklar o’rniga boshqalari paydo
bo’ladi, ular chaqaloqlik davrida, ayrim hollarda undan ham oldin bolaning tug’ilishini kutish
vaqtlarida yashirilgan bo’ladi. Hali bola go’daklik davrida onasi unga qanday munosabatda
bo’lish to’g’risida unchalik qayg’urmaydi, u ana shu jajji jigargo’shasini parvarish qilishga doir
hamma ishlarga ulgursa va uxlab olsa yetarli.
Shu narsa aniqlandiki uyda xotirjamlik hukm surib, janjal va nizolar bo’lmasa, bola uchun ham
yaxshi, u qattiq uxlaydi, ishtahasi ham bo’ladi. Shunday qilib , onada ham, bolada ham,
bo’ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim ham anglab
yetmaydilar. Faqat ayrimlargina bolaning kechinmalarini obektiv baholashga bo’ladilar. Agar
ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekganida yig’lashi xarxasha qilishini tushunsalar, boshqalar
hech qachon bu haqida o’ylab ham ko’rmaydilar. Ular bolaning injiqligiga yo e’tibor
bermaydilar, yoki uni har qanday usul bilan chalg’itishga urinadilar. Buning sababini o’ylab
ko’rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan
vaziyat vujudga keladi: bola doimo “onaning psixologik holatiga moslashadi”, onasi esa har
doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi his qilayotgan qiyinchiliklarni uqib tushunib
ololmaydi. U faqat kichkintoyini o’ziga qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirayotganini tushunadi
xolos. Shundan keyin bola haqida qiyin, unga xalaqit beruvchi, tashvish uyg’otuvchi, majburiyat
yuklovchi, xavotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil qiladi. Shu tariqa “xulqi
qiyin”, “tarbiyasi og’ir” bolalar paydo bo’ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga
yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bo’lgan nuqsonlarni tuzata
olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini “muloyim” qilib qo’ymasligini anglagan vaqtda
emotsional aloqaning buzilishi tufayli paydo bo’ladi.
Nima uchun kattalar bola bilan bo’ladigan munosabatlarida har qanday qiyinchilikka duch
kelganlarida boladan achiqlanadilar va undan shikoyat qiladilaru o’zlarining imkoniyatlarini
izlab ko’rmaydilar? Ular qarindosh urug’lardan, tanishlardan, pedagoglardan, xatto psixolog va
psixoterapevtlardan maslahat so’raydilar. Ulardan uni, buni qilish, ma’lum vaqtdan keyin esa
mana buni qilish kerak, shunda shikoyatlariga o’rin qolmaydi, hammasi o’z o’rniga tushib
ketadi, qabuldagi aniq bir tavfsiya, yo’l-yo’riqlar kutadilar. Vaholanki bu maslaxatlar ko’p narsa
bermaydi. Faqat ota-onalarning o’zlari vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilishlari va aynan shu
oilada, aynan shu bolaga nisbatan qanday yo’l tutish zarurligini va mumkinligini belgilashlari
mumkin. Mumkin bo’lgan ko’pgina variantlar orasidan to’g’risini tanlashda ota-onalarga
psixologning ham, tajribali pedagogning ham maslahatlari yordam berishi mumkin.
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni ilmiy pedagogik
adabiyotda umuman tarbiya asotsial axloq atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bolalarning
normadan chetga chiqqan hatti-harakatlaridan farqli o’laroq asotsial axloq ijtimoiy jihatdan
determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta’siri, oiladagi nonormal o’zaro munosabatlar, oila
va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni ko’rsatadiki, asotsial axloq faktlarning mazmun-mohiyati tarkibi ham
tug’ma mexanizmlar bilan belgilanmaydi. “Qiyin” yoyinki “Tarbiyasi og’ir” bolalar esa
pedagogik jihatdan qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan o’zgarishini-
pedagogik xatolar oqibatidir.
Shaxsni kuzatish talab etiladigan keng doiradagi bolalar “qiyin” bola atamasi bilan belgilanadi.
Kattalarning talablari maslaxatlariga qarshilik ko’rsatadigan, ularning so’zga kirmaydigan, injiq,
o’jar bolalar shu toifadagi bolalar qatoriga kiritiladi. Ularning tarbiyasidagi bunday og’ishlarning
sababini aniqlash, bolaga nisbatan talabchanlik ko’rsatish bilan bir vaqtda uning ehtiyojlari,
qiziqishlariga e’tibor berish va faoliyatining kollektiv shakllariga jalb etish–bolaning fe’l-
atvorida paydo bo’ladigan injiqlik, o’jarlik, itoatsizlikning oldini olish va ularni bartaraf
etishning asosiy yo’lidir.
Bolalarning ma’lum qismi sho’xligi, intizomsizligi, qo’rsligi bilan ajralib turadi. Bunday
o’quvchilarga individual yondashish va ularning intizomsizlik sabablarini aniqlash lozim.
Bunday bolalar bilan olib boriladigan ishlar ularning faolligini maqsadga muvofiq tashkil etish,
qadr-qimmati, ma’lum darajada mustaqillikka bo’lgan huquqlarni hurmat qilishni nazarda tutadi.
Qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar nazokat, individual yondashuvni talab etadi. Bu
yondashuv birinchidan bolaga e’tibor bilan, hayrixox munosabatini, ikkinchidan uning ijobiy
fazilatlariga tayanishni va uchinchidan uning axloqiy kuchlari, potensial imkoniyatlariga
ishonishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo’l qo’yiladigan
qonunbuzarliklarning oldini olishda maktabning roli katta. Eng yangi pedagogik texnologiyalar
bilan qurollangan o’qituvchi tarbiyaviy jarayonning bosh tashkilotchisi, o’quvchiga, o’quvchilar
jamoasiga,oilaga ko’rsatiladigan pedagogik ta’sirlarning muvofiqlashtruvchisi sifatida namoyon
bo’lmoqda.
Balog’atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab
tomonidan amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon
doirasida pedagoglarning sayi-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:
O’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini
olishga, bola huquqlarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o’quvchi tarbiyasining
qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo’qotishga;
Butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro’y beradi;
a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to’xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni engib
o’tish;
b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib
toptirish. Uning asosida haqiqat, to’g’rilik, yaxshilik, go’zallik, ma’suliyat, ong va xatti-
harakat birligi yotadi.
O’qituvchi yo’l qo’yadigan:
Birinchi xato - o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini bilmaslik yoki e’tiborga
olmaslikdir. Bola o’zining individualligi bilan boshqalarga o’xshamaydi, u betakror. Uning
o’ziga xos individual xususiyatlarini bilmay turib o’quv-tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq
tashkil etish va o’quvchilarga puxta bilim berish mumkin emas. Ko’pchilik o’qituvchilar
o’quvchining xarakterli xususiyatlarni aniqlashda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Ayrim
o’qituvchilar o’quvchidagi chetga chiqish xollarini ko’rmaydilar. Vaholanki bu chetga chiqish
bolaning xul-atvoridagi noxushliklarning asosiy manbai bo’lishi mumkin. Bu esa o’qituvchining
puxta o’ylagan pedagogik qaror qabul qilishiga imkon bermaydi. Agar yosh pedagoglar
o’quvchilarning xatti-harakatlaridagi salbiy tomonlarni o’z vaqtida ularga ko’rsata bilmasalar,
hozirgi holatda bolalar uchun ancha ahamiyatli bo’lgan faoliyat turlariga jalb qilish yo’li bilan
ulardagi o’tkazib yuborilgan nuqsonlarni tuzatish qiyin bo’ladi.
Ikkinchi xato - bolalarda ro’y berayotgan fikrlash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatini
yetarlicha hisobga olmaslik, ularning bilimlarini o’zlashtirish sur’atidagi ortiqcha baho berish
o’quv jarayonida o’rtacha o’quvchiga qarab ish yuritish, bolalardan har birining nerv sistemasi
xususiyatini e’tiborga ola bilmaslikdir. Ayrim bolalar muayyan sharoitda darxol to’g’ri yo’l topa
oladilar, vazifalarni tez bajaradilar, boshqalari esa sustkash, harakatlari ham erkin bemalol emas.
Uchinchilarda – bilimlarni o’zlashtirish sur’ati juda sekin va hakozo.
Agar o’qituvchiga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa uning o’qishda orqada qolishi kuchayadi u
jamoada psixologik muvozanatsizlik, yolg’izlik, ishonchsizlik ranj-alam hissini boshdan
kechiradi. Pedagogik jihatdan qarovsiz bolaning uzoq vaqt yomon holatda bo’lishi uning
shaxsini o’zgarishiga olib kelmaygina emas, balki yana tashkil etilgan va ijobiy yo’nalishda
bo’lgan jamoaning unga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirib yuboradi.
Umuman olganda o’qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi sistemali
bilimlardan iborat bo’lib axloqiy psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali
tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchining o’z xatolarining oldini olish va ularni
bartaraf etish qobiliyati pedagoglik mahorati bilan chambarchas bog’langan. Kasbiy maxorat
darajasini oshirish ishlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish yuzasidan olib boriladigan
kundalik amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bu o’rinda;
a) psixologik-pedagogik adabiyotlarni muntazam ravishda o’qib borish;
b) har bir pedagogning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga yordam beruvchi ijodiy muhit
yaratish;
v) metodik seminarlar va fan seksiyalari tashkil etish asosiy yo’llardan hisoblanadi.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchini tushunish, uni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va uning
rivojlanishini davom ettirish uchun faqat tarbiyasi og’ir o’quvchilarning tashqi belgilarini ko’ra
bilishgina emas, balki avvalo tarbiyasi qiyinlik manbaalarini o’rganish lozim. Yomonlikka qarshi
kurashishdan oldin, uni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qodirligingizni o’ylab
ko’ring.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchilarning uchta asosiy guruhini va tegishli ravishda ular bilan olib
boriladiga tarbiyaviy ishning uch yo’nalishini ajratib ko’rsatishga harakat qilamiz.
Birinchi guruh – tarbiyasi og’irligini “o’tish davri” ning o’ziga xos xususiyatlari bilan
belgilanadigan o’quvchilar. Hayoti va tarbiyasining noqulay sharoitlarida ba’zi bolalarda krizis,
ya’ni jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishdagi jiddiy o’zgarishlar davrida qiyinchiliklar
paydo bo’lishini sezish qiyin emas. Bu davrda bola va o’smirning rivojlanishi ikki xususiyat:
intensiv va notekis rivojlanish bilan harakterlanadi. Mana shuning uchun ham bolaning jismoniy,
psixik va ijtimoiy rivojlanishida to’xtalish, xatto nomutanosibliklar bo’lishi mumkin. Shuni
qo’shimcha qilish kerakki, jismoniy rivojlanishidagi chetga chiqishlar psixik omil sifatida ham
namoyon bo’ladi va jismoniy nosog’lom bolalarning emotsional holatiga ta’sir etadi. Bunday
bolalarning psixik rivojlanishida ham chetga chiqish kuzatiladi: psixikaning ayrim funksiyalari
notekis rivojlanadi yoki rivojlanishda orqaga qoladi, surunkali psixik kasalliklar, yomon irsiyat,
nevroz, psixozisteriya xastaligi, nevrasteniya va hakozo. Bularning hammasi bolalarning xulq-
atvorida tajovuskorlik, dag’allik, qo’pollik, urishqoqlik, o’y-hayolga botish, loqayd bo’lib qolish,
beparvolik paydo bo’lishida ifodalanadi. Tabiiyki, bunda bolalarning ta’lim va tarbiyasida
qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Bunday bolalarning tarbiyasi qiyinligini bartaraf etishga yondashuv
– bu kasallikning davolanishini “rahm-shavqat pedagogikasi“ ning alohida tadbirlari bilan
qo’shib olib borishdan iborat. Uning asosida o’quv – tarbiya jarayoni talablarini amalga
oshirishda, jazolashdan oldin rag’batlantirishi metodining ustun kelishida, psixoterapevtik ta’sir
metodlari va usullarini qo’llashda kasal bolalarga individual yondashishni o’z ichiga oluvchi
davolash pedagogikasi asoslari yotadi.
Ikkinchi guruh – tarbiyasi qiyinligi jismoniy va psixik rivojlanishida chetga chiqish holatlari
bilan bog’liq bo’lgan bolalar va o’smirlardir. Bu aqliy jihatdan o’smay qolgan yoki xaddan
tashqari erta va jadal rivojlangan bolalardir. Bundan tashqari u turli organlarning rivojlanishida
jismoniy kamchiligi bor, jismoniy majruh va mayiblar ham bo’lishi mumkin. Yana bu bolalar
xaddan tashqari kasalmandligi, odatdagi, surunkali kasallik, turli tipdagi bolalar xastaligi va
boshqalardir.
Uchinchi guruh – bu tarbiyasi qiyinlik holati pedagogik qarovsizlik bilan belgilanadigan bolalar
va o’smirlardir. Bunda ularning ongida xulq-atvorida va emotsional-irodaviy chetga chiqish
pedagogik sabablar bilan bog’liq bo’lib, barqaror xarakter kasb etgan bo’ladi. Pedagogik
qarovsizlik belgilari: ongidagi chetga chiqish asosiy hayotiy tushunchalarni, axloqiy, estetik,
siyosiy, iqtisodiy va boshqa kategoriyalarni noto’g’ri tushunish, baholashning buzilgan
mezonlari bilan xarakterlanadi.
Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator hatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va
jinoyatlar sodir etishdan iborat bo’lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga
to’g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko’p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik, bezorilik,
shaxsiy va jamoat mulkini o’g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya
harakatlardir.
Emotsional-irodaviy sohadagi chetga chiqishlar xilma-xil voqea hodisalardan turlicha
emotsional ta’sirlanish; voqea va hodisalarni turli xilda idrok qilish; turli xildagi jazava
xolati. Shuningdek g’amginlik, xafalik, loqaydlik, kek saqlash, darg’azab bo’lish,
yig’loqilik, o’zining emotsional holatini boshqara olmaslik, qo’zg’alish va tormozlanish
jarayonlarining betayinligi, yaqin kishilarga nisbatan beparvolik, mehr-muhabbat va
yaqinlik tuyg’usining yo’qligi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chetga chiqish turlari bolalarning insonning rivojlanishiga, uning
boshqa kishilar bilan bo’ladigan aloqalariga, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan xilma-xil faoliyat
turlariga kirishishning muvaffaqiyatli yoki muvofaqqiyatsiz bo’lishiga ta’sir etadi. Bu chetga
chiqishlarning paydo bo’lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo’lqligi, bolaning yolg’iz ota
yoki yolg’iz onaning tarbiyalashi, tashqi o’quv-tarbiya muassasalari ta’sir yo’qligi bunday
sabablardan hisoblanadi. Bulardan tashqari tarbiyaviy ta’sirning omillari: ota-onalarning
ichkilikbozligi va axloqsizligi, madaniy muhitning yo’qligi, bolalarni huquq normalariga zid
faoliyatga jalb etish, ularni huquqlarini poymol qilish, bolalarga jismoniy va psixik zulm
o’tkazish, tengdoshlarining salbiy ta’siri, maktab va oiladagi “tarbiyaning g’ayri pedagogik”
metodlari ham bor.
O’quvchilarni pedagogik qarovsizlik sabablarini xali yosh, sharoitlar yomon, axir odam tarbiya
ko’rmay o’sadida qabilidagi ochiq-oydin talqin qilishdan ogoh bo’lish qilish lozim. Hamma
narsa bolaning muxitining ijobiy va salbiy ta’sirlarini qanday idrok qilishga bog’liq.
G.A.Fortunatov shunday deb yozgan edi: “bolaning harakteri faqat muhitning ta’siri ostida
rivojlanmaydi, balki bolaning munosabatlari o’z muhitida qanday shakllanganligi, u shu muhitda
nimalarga qiziqishiga ham bog’liq bo’ladi… Agar bir bolada ichkilikbozlik, beadablilik va
sho’xliklar qiziqish uyg’otsa, boshqasida ular qo’rquv, vahima, jirkanish yoki nafrat va qarshilik
xissini uyg’otish mumkin” . Pedagogik qarovsiz qarovsiz bolalar va o’smirlarning belgilarini
ancha batafsil ta’riflagach, shuni ta’kidlaymanki, bu tarbiyasi qiyinchilikning ancha murakkab
tipi. Bolalar bu nuqsonni yengib o’tish uchun maxsus yondashuvga, aynan qayta tarbiyalashga
ehtiyoj sezadilar. Bu jarayon esa bola shaxsining uch sohasiga: ongiga, axloqiga va emotsional-
irodaviy sohalariga uzoq vaqt davomida pedagogik ta’sir ko’rsatishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |