5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari



Yüklə 184,78 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü184,78 Kb.
#193780
1   2   3   4   5   6
5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari

Tarmoq texnologiyalari – Tarmoq texnologiyalari kompyuter tarmoqlarini tashkil etish qonun-qoidalarini, dasturiy va texnik ta’minotini o’z ichiga oladi. Kompyuter tarmoqlari ulanish turiga(interfeys) ko’ra simli yoki simsiz bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmoqlarida asosan raqamli signallardan foydalaniladi. Kompyuterni o’zi ham raqamli signallar bilan ishlaydi. Kompyuter tarmoqlariga misollar: Ethernet, Internet, Bluetooth, Wi-Fi, WiMax va boshqalar.


Ethernet – simli lokal tarmoqlarni tashkil qilishda yoki kompyuterlarni simli ulash uchun ishlatiladi. Kompyuter ushbu tarmoqlar bilan ishlashi uchun RJ-45 portidan foydalaniladi, Ikkita kompyuter shu port orqali sim bilan ulanadi. Agar ikkita kompyuter emas, undan ko’p kompyuter ulanishi kerak bo’lsa, Hub, Switch lardan foydalaniladi. Shuningdek modem yoki routerlardan foydalanish mumkin, ular ham RJ-45 portiga ega bo’ladi.


Bluetooth – Ikki kompyuterni simsiz ulanishi uchun ishlatiladi. Asosan ma’lumot almashinish uchun ishlatiladi. Lekin Bluetooth texnologiyasida boshqa xizmatlar ham bor. Bluetooth 2.4Ghz chastota diapazonida ishlaydi. Kompyuter Bluetooth tarmoqlar bilan ishlay olishi uchun Bluetooth kengaytirish kartasi kerak bo’lishi mumkin. Blutooth – Ko’k tish degani. WPAN – Wireless Personal Area Network – Simsiz shaxsiy tarmoq texnologiyasi hisoblanadi
Wi-Fi – simsiz lokal tarmoqlarni tashkil qilishda yoki kompyuterlerni simsiz ulash uchun ishlatiladi. Asosan kompyuterlarni internetga ulash uchun ishlatiladi. Wi-Fi 2.4Ghz yoki 5Ghz chastota diapazonida ishlaydi. Kompyuter Wi-Fi tarmoqlar bilan ishlay olishi uchun WiFi kengaytirish kartasi kerak bo’lishi mumkin. Wi-Fi – Wireless-Fidelity – Simsiz vafolik degani. WLAN – Wireless Local Area Network – Simsiz mahalliy tarmoq texnologiyasi hisoblanadi.


Internet – Internet qisqartmasi Interconnected Network so’zlaridan tashkil topgan. Butun dunyodagi mavjud bo’lgan deyarli barcha kompyuter tarmoqlarini o’z ichiga olgan eng katta kompyuter tarmog’i hisoblanadi. Internet tarmog’iga ulangan kompyuter, internetga ulangan boshqa kompyuter tarmoqlari yoki kompyuterlar bilan axborot lmashinadi yoki turli xil xizmatlardan foydalanadi. Har bir internetga ulangan kompyuter o’z navbatida lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarni bir nechtasiga ulangan bo’ladi. Internet tarmoqlar aro ishlaydi, o’z ichiga ko’plab kompyuter tarmoqlarini oladi. Internetga ulanish to’g’ridan to’g’ri amalga oshirilmaydi. Sabab butun dunyoni tarmoqlar bilan qoplash oson ish emas va qimmatga tushadi. shuning uchun internetga ulanish telefon tarmog’i orqali amalga oshiriladi. Telefon analog signallar bilan ishlaydi, kompyuter esa raqamli signallar bilan ishlaydi. Kompyuterni shundayligicha telefon tarmog’iga ulab bo’lmaydi. Ulashimiz uchun modem qurilmasi kerak bo’ladi. Modem qisqartmasi Modulator va Demodulator so’zlaridan tashkil topgan. Modulator – raqamli signalni analog signalga aylantirish va Demodulator – analog signalni raqamli signalga aylantirishdir. Shu ikki vazifani modem amalga oshiradi. Modem so’zi Mo – modulator va Dem – demodulator so’zlarining qo’shilmasidir. Turli modemlar internetga turli xil ulanish texnologiyasiga ega bo’ladi. Misol: ADSL, VDSL, Dial-UP va boshqa texnologiyalarda ishlaydigan modemlar bor. Ammo telefon tarmog’i orqali internetga ulanilganda internet tezligi past bo’ladi. Hozirgi kunda telefon tarmog’i orqali internetga ulanish zamon talabiga javob bermaydi. Shuning uchun Optik kabellar internetga ulanish uchun ishlatilyapdi. Bunda tezligi ancha yuqori bo’ladi.


Intranet-biror yurodik shaxs (vazirlik, kompanya, tashklot, korxona, ta’lim muassasalari va shunga o’xshash)ga tegishli kompyuter tarmog’i bo’lib, u internetda sinovlardan yaxshi o’tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi.



Yüklə 184,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin