5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari



Yüklə 184,78 Kb.
səhifə5/6
tarix25.12.2023
ölçüsü184,78 Kb.
#193780
1   2   3   4   5   6
5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari

Internet xizmatlari – Internet xizmatlaridan deyarli barchamiz hozirda foydalanamiz. Hozir keng foydalaniladigan internet xizmatlari haqida ma’lumot keltiraman.


IP-telefoniya – Internet orqali ovozli qo’ng’iroqlar amalga oshirish xizmati.
IP-televideniya – IP-televideniya yoki qisqacha IPTV deb yuritiladi. Internet orqali TV dasturlarni namoyish etish xizmati.
Chat – internet orqali kishilarning ovozli, matnli va boshqalar yordamida muloqot qilish xizmati.
Elektron pochta – Oddiy pochtaning elektron shakli. Oddiy pochtada pochtaning manzilga yetib borishi ancha vaqtni olsa, elektron pochtada ancha tez soniyalar ichida pochtaning manzilga yetib borishi mumkin.
Bulut – Bulut xizmati axborotlarni internet tarmog’ida saqlash uchun xizmat qiladi.
Video konfrensiya – Internet orqali video anjumanlar tashkil qilish xizmati.
Qidiruv tizimi – Internetdan qidiruv xizmati. Internetdan kerakli axborotni tezroq topishga yordam beradi.
Hosting – Internet saytlarini axborotlarini saqlash uchun joy ajratish xizmati.
Proxy – Mijozlarni internetga ulaydigan server xizmati. Internetga ulanmagan yoki ulanishi mumkin bo’lmagan kompyuterlarni internetga ulashda ishlatish mumkin.
VPN – Virtual shaxsiy tarmoq xizmati. Tarmoq ichida tarmoq tashkil qilish mumkin.
DNS – Domen nomini aniqlash xizmati. Domen nomiga ulangan ip manzilni aniqlab beradi.

Internet tushunchalari Internet bilan ishlar ekanmiz, ba’zi bir tushunchalarni bilish o’zimiz uchun foyda bo’ladi. Asosiy internet tushunchalarini keltirib o’taman.


Server – Tarmoqqa ulangan kompyuterlarga xizmat ko’rsatadi, tarmoqni boshqaradi. Server va mijoz dasturiy va texnik qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Serverga misol qilib Elektron pochta, bulut, hosting, printer, fayl, DNS, Proxy va VPN serverlarini keltirish mumkin. Server xizmatlarini ko’rsatadigan kompyuter server kompyuteri va server xizmatlarini ko’rsatadigan dastur server dasturi deb ataladi.
MijozTarmoq foydalanuvchisi, server ko’rsatadigan xizmatlardan foydalanadi. Mijoz server bilan ishlashi uchun brauzerlar yoki maxsus dasturlardan foydalaniladi.

Yüklə 184,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin