Atmosfera ifloslanishining oqibatlari. Antropogen ta’siri natijasida atmosfera havosi ifloslanib, tarkibida o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu esa iqlimning global masshtabda o’zgarishiga olib kelmoqda.
Atmosfera havosi tarkibida (SO2) karbonat angidrit va metan miqdorining oshib borishi natijasida “Issiqxona effekti” vujudga keladi. Bunda SO2 gazi quyoshning qisqa to’lqinli nurlarini bemalol yer yuzasiga o’tkazib yuborib, yer yuzasidan tarqaladigan uzun to’lqinli nurlarni ushlab qoladi, natijada Yerning o’rtacha harorati ko’tariladi. Oxirgi 100 yilda atmosferada SO2 miqdori 25% ga, metal 100% ga oshdi. Buning natijasida 2000 yilda yer yuzasi harorati XIX asr oxiridagiga nisbatan Q 1,20S isidi. Bu ko’rsatkich 2100 yilda Q 60S yetishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Natijada muzliklar erib, okean suvlari ko’tarilib, aholi zich yashaydigan qirg’oqlarini suv bosadi, zonalarning chegarasi va tabiat o’zgaradi. 2050 yilga borib iqlim mintaqalari ekvatordan qutbga qarab 500 km. ga surilishi bashorat qilinmoqda.
Buning ustiga kimyoviy gazlar (xlor, ftor, uglerod) me’yordan oshib ketishi oqibatida quyoshning ultrabinafsha nurlarini ushlab qoluvchi ozon qatlami yemirilib, yupqalashmoqda (1990 yilda jahonda ozonni yemiruvchi moddalarni ishlab chiqarish 1300 ming t.ni tashkil etdi). Natijada ultrabinafsha nurlar yer yuzasiga ko’proq tushib, insonlarda har xil kasalliklarni ko’paytiradi, okeanlarda planktong va chig’anoqsimon organizmlarning qirilib, ekinlar hosilining kamayib ketishiga olib keladi.
Atmosfera ifloslanishining iqlim elementlariga ta’siri. Atmosferaning antropogen ifloslanishi tufayli iqlimning global o’zgarishidan tashqari uning elementlari (yog’in) holatida ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.
Atmosfera ifloslanishi tufayli Moskvada atmosferaga nisbatan 11 % yog’in ko’p tushadi. Samarqand shahri atrofiga nisbatan 1 yilda 6 kun tuman ko’p tushib, 11 mm yog’in ko’p yoqqan. Sanoati rivojlangan shaharlar atrofiga nisbatan yillik o’rtacha harorat yuqori bo’lishi kuzatilgan. Bunga sabab kishilar foydalanadigan barcha energiyani issiqlik eenrgiyasiga aylantiradi va uning bir qismi yer yuzasining qo’shimcha isituvchi manbasi bo’lib qoladi. Shu sababli sanoati rivojlangan va aholisi 100 mingdan 500 minggacha bo’lgan shaharda o’rtacha yillik harorat atrofdagiga nisbatan 10 S yuqori bo’lsa, aholisi 0,5 - 1,0 mln bo’lgan shaharda 1,1 - 1,20 S, 1 mln. dan ortiq bo’lgan shaharda 1,3 - 1,50 S yuqori bo’ladi. Shu sababli Toshkent shaharining markazida yillik o’rtacha harorat shahar atrofdagiga nisbatan 1,30 S yuqori bo’lsa, bu farq Samarqandda 0,50 S ga, Parij va Stokgolmda 0,70 Sga, Moskvada 20 Sga yetadi.