5-seminar mashg’ulot. Dunyo iqlimidagi global muammolar (2soat) Umumiy ma’lumot. Ozon qatlamlarining yemirilishi



Yüklə 22,6 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2023
ölçüsü22,6 Kb.
#89089
  1   2   3   4
5-seminar


5-seminar mashg’ulot. DUNYO IQLIMIDAGI GLOBAL MUAMMOLAR
(2soat)


Umumiy ma’lumot. Ozon qatlamlarining yemirilishi. Hozirgi kunda dunyoda 130 ming tonna ozon qatlamlarini yemiruvchi moddalar ishlab chiqariladi. 1989 yilning birinchi yanvarida Monrealda qabul qilingan protokol (hujjat) ga muvofiq 1999 yilda freonlarni ishlab chiqarish dunyo bo’yicha 50 foizga kamaytiriladi. Ana shu tadbirlar amalga oshirilsa, ozon qatlamlarida hosil bo’layotgan “Ozon teshiklari”ni kamaytirish mumkin, bu esa ozon qatlamini saqlab qolish imkonini beradi.
Kislotali yomg’irlar. Keyingi davrlarda texnogen sulfidning havoga ko’plab chiqarilishi biosferada sodir bo’lib turadigan moddalarning aylanma harakatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
YUNYESKO ekspertlarining ko’rsatishiga qaraganda, 1980 yilning boshlarida havoga chiqarilgan sulfidlar miqdori 251 mln. tonnaga teng bo’lgan, Shundan Yer kurrasining shimoliy zonasiga - 174, janubiga esa 77 mli. tonnasi to’g’ri kelgan. Bu yomg’irning ta’siri tufayli AQShdagi ko’llarning 80 foizida hayot umuman yo’qolgan.
Kanada, Shvetsiya, Norvegiya va boshqa bir qancha davlatlardagi suv havzalari ana shu yomg’irlarning ta’siri tufayli zararlangan, kislotali yomg’irlarning ta’siri natijasida har yili 31 mln. gektarga yaqin yerlardagi o’rmonlar qurib yo’qolib ketmoqda, shuningdek, tuproqdan olinayotgan mineral moddalar miqdori ko’payib bormoqda. Bular hammasi tabiiy o’simliklar jamoasining o’lishiga yoki bo’lmasa ularning biologik mahsuldorligining kamayishiga olib keladi. A. V. Yablokov tomonidan 1989 yilda o’tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, kislotali yomg’irlar ta’sirida o’rmonlar ham ko’chli shikastlanadi.
Tuproq unumdorligining kamayishiga inson faoliyatining ta’siri. Tabiatdagi biologik aylanishga inson faoliyati katta ta’sir ko’rsatadi, bu aylanish moddalarning sirkulyatsiya qilinishi tufayli vujudga keladi, bu sirkulyaiiyalar asosan tuproq, o’simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar o’rtasida sodir bo’ladi. Tuproq bu biosferaning muhim qismi bo’lib, u barcha jarayonlarda qatnashadi, ya’ni moddalar migratsiyasida va ularning transformatsiyasida ham ishtirok qiladi. Yer osti boyliklarini ochiq qazib olish, yerlarni quritish va sug’orish, mineral ozuqalardan va pestitsidlardan ko’plab foydalanish tuproq unumdorligining pasayishiga va yemirilishiga olib keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, har yili dunyoda eroziya va deflyatsiya natijasida 7 mln. gektar haydaladigan yer (qaytarilmaydigan holda) qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib qoladi. Ayniqsa bunday holat Hindiston, Pokiston, Meksika va boshqa mamlakatlarda ko’plab sodir bo’lmoqda. Keyingi yillarda mo’’tadil iqlimli sharoitlarga ega bo’lgan zonalardagi yerlarning qayta sho’rlanishi kuchayib bormoqda.
Butun dunyoda bunday sho’rlanish sug’orib dehqonchilik qilinadigan yerlarning 40 foiziga to’g’ri keladi, shu narsani alohida qayd qilish kerakki, juda ham kuchsiz sho’rlangan joylardagi ekinlarning hosili keskin pasayib ketadi. Masalan, g’o’za va bug’doyning hosili 50 - 60 foizga, makkajo’xorining hosili esa 40 - 50 foizga kamaydi. Ko’plab o’g’it va har xil pestitsidlarni ishlatish ham tuproq qatlamlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bular hammasi tuproqda zararli komponentlarning yig’ilishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun keyingi davrda butun dunyoda mineral o’g’itlarni ishlatishni kamaytirish va pestitsidlarni umuman ishlatmaslik, iloji bo’lmagan vaqtda esa kam miqdorda ishlatishga e’tiborni qaratmoqdalar.
Hozirgi davrning eng xavfli va global (muhim) masalalaridan biri sug’orilib dehqonchilik qilinadigan rayonlarning cho’lga aylanishidir. Bu har xil iqlim sharoitlarida vujudga kelishi mumkin, u asosan qurg’oqchil iqlimga ega bo’lgan yerlarda tez kechadi. Har yili dunyo bo’yicha 6 mln. gektar dehqonchilik qilinadigan yerlar cho’lga aylanadi. 20 mln. gektar yer hosildorligini yo’qotadi. Bunday holat bizda ham kuchaymoqda. Masalan, atrof muhitning buzilishi tufayli Orol bo’yida katta cho’llar yuzaga kelmoqda. Bu cho’llarni “Orolqumlar” deb nomlanildi. Bu zonada cho’llar hosil bo’lish jarayonlarini to’xtatish maqsadida bir qancha chora va tadbirlar belgilanib, bugungi kunda ular amalga oshirilmoqda.

Yüklə 22,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin