5-sinf 1-dars. Kirish. Takrorlash. Sintaksis va punktuatsiya. Morfologiya. (3-117-betlar) Reja: L. Kirish. Takrorlash. Sintaksis va punktuatsiya. Morfologiya. Kirish



Yüklə 22,51 Kb.
səhifə4/6
tarix31.10.2022
ölçüsü22,51 Kb.
#66996
1   2   3   4   5   6
5 sinf ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

Fonetika. Grafika
1. Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi…
A) grafik B) orfoepiya C) fonetika D) orfografiya
2. Tovushlar o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shligida to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) unli va undosh tovushlar B) jarangli va jarangsiz tovushlar C) til va lab tovushlari D) portlovchi va sirg’aluvchi tovushlar
3. Qaysi qatordagi so’zlarda a unlisi o kabi talaffuz qilinadi?
A) komandir, avtomat B) savob, zamon C) baho, qayg’u D) kombayn, kovak
4. Nutq a’zolari keltirilgan javobni toping.
A) o’pka, tish, tog’ay B) un paychalari, lablar, og’iz bo’shlig’i C) barcha javoblar to’g’ri D) bo’g’iz bo’shlig’i, til, burun bo’shlig’i
5. Qaysi qatordagi so’zda lab tovushi mavjud emas?
A) vatan B) ilm C) bob D) istak
6. Tarkibida lab-tish undoshi mavjud bo’lgan yasama so’zni toping.
A) va’da B) foydali C) baxtli D) maftun
7. Bilim baxt keltirar. Ushbu gap tarkibida nechta til tovushi mavjud?
A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 9 ta
8. Qaysi qatordagi so’z tarkibida til o’rta undoshi mavjud?
A) imkon B) ko’ngil C) buyuk D) afsungar
9. Xayrli ishning kechi yo’q. Ushbu gap tarkibida nechta til oldi undoshi mavjud?
A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta
10. Tarkibida burun undoshi mavjud bo’lgan so’zni toping.
A) dengiz B) shamol C) qudratli D) A, B
11. Qaysi qatorda bo’g’iz undoshi xato qo’llangan?
A) hasad B) mahnatkash C) hokkey D) hovuz
12. Qaysi qatordagi so’zlar alifbo tartibida berilgan?
A) daraxt, ilhom, firoq B) elak, tarmoq, jurnal C) qudrat, ulug’, parcha D) foyda, osmon, zilol
13. Buloq, qishloq so’zlariga qanday qo’shimcha qo’shilganda. o’zak-negiz tarkibidagi jarangsiz undosh jarangli undoshga aylanadi?
A) jo’nalish kelishigi B) qarashlilik qo’shimchasi C) egalik qo’shimchasi D) chiqish kelishigi
14. Qaysi qatordagi so’zlarda ng harf birikmasi ishtirok etmagan?
A) dangasa, tanga B) kongress, shtanga C) ingramoq, kenglik D) yangi, yengil
15. Qo’shimcha qo’shilishi natijasida o’zgarishga uchragan so’zlar qatorini toping.
A) sana, dumaloq B) o’roq, qaynoq C) angla, sayla D) bo’yoq, tuproq
16. Qator unlilar ishtirok etgan so’zni toping.
A) taassuf B) mudofaa C) muattar D) A, B, C
17. Qaysi qatordagi so’zda o’ tovushi kengroq talaffuz qilinadi?
A) jo’ra B) mo’tabar C) ro’mol D) ko’l
18. Tabiat qanday go’zal. Ushbu gap tarkibida jarangsiz juftiga ega bo’lgan nechta jarangli undosh mavjud?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta
19. Qaysi qatorda g’ tovushining jarangsiz jufti qo’llangan?
A) paxta B) sanoq C) ko’ngil D) g’ tovushining jarangsiz jufti mavjud emas
20. Qaysi tovush bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilganda o’zak va qo’shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar o’zgarmaydi?
A) k B) g’ C) q D) B, C
21. Buloq, qishloq so’zlariga qanday qo’shimcha qo’shilganda. o’zak-negiz tarkibidagi jarangsiz undosh jarangli undoshga aylanadi?
A) jo’nalish kelishigi B) qarashlilik qo’shimchasi C) egalik qo’shimchasi D) chiqish kelishigi
22. Qaysi qatordagi so’z tarkibida til oldi, portlovchi, jarangli tovush mavjud?
A) jirafa B) maktub C) jo’ja D) zolim
23. Qaysi so’z tarkibida 3 ta til oldi undoshi mavjud?
A) kongress B) singil C) shtanga D) sening
24. Tarkibida ham qo’sh undosh, ham qator undosh mavjud so’zni toping.
A) minnatdor B) kongress C) milliard D) B, C
25. Qaysi qatorda tutuq belgisi unlini cho’ziqroq aytilishini ifodalagan?
A) san’at B) shu’la C) mo’jiza D) qat’iy
26. Qaysi gap tarkibida qator undosh mavjud?
A) Kapalak xursand bo’ldi, sevinib qanot qoqdi. B) Odamning ko’ngli nozik. C) Ravon nutq – insonning ko’rki, fazilati. D) A, C



Yüklə 22,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin