5-sinf 3-nazorat ishi Qaysi o’simlik(lar) zax yerlarda, zax bosgan devorlarda yashil chim hosil qiladi ?
a) qirqquloq b) qirqbo’g’im s) yo’sin d) barchasi
Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka xos ?
Ingichka poyasida barglari ketma-ket o’rnashgan bo’lib, ildizi bo’lmaydi. Tuproqqa rizoidlari bilan birikadi. Sporalari yordamida ko’payadi. Sporalari qo’ng’ir rangli ko’sakchalarda yetiladi.
a) archa b) qirqbo’g’im s) yo’sin d) qirqquloq
O’zbekistonda 4500 da ortiq qanday o’simliklar bor ?
a) dorivor b ) yuksak s) suvo’tlar d) tuban
Namatak tarkibidagi qaysi vitamin qonni suyultiradi ?
a) A b) B s) C d) D
Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli ? Atirgulning yovvoyi turi bo’lib, asosan, uning mevasidan ko’proq foydalaniladi. Odamning quvvati kamayganida, erta bahorda organizmda vitaminlar yetishmaganda uni qaynatmasi tavsiya etiladi
a) isiriq b) shirinmiya s) na’matak d) aloe
Ayniqsa yosh bolalar shamollaganda qaysi dorivor o’simlik(lar) bilan davolash tavsiya etiladi
a) aloe b) qizilmiya s) na’matak d) isiriq
Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka xos ? Ildizpoyali ko’p yillik o’t. Xalq tabobatida ildizpoyasidan tayyorlangan qaynatma quruq yo’tal, tomoq og’rig’iga davo sifatida ishlatiladi.
a) aloe b) qizilmiya s) shirinmiya d) b va s
Isiriqning dorivorlik xususiyati qachon eng yuqori bo’ladi ?
a) barg chiqarganida b) meva berganida s) quritilganida d) barchasida bir xil
Qaysi o’simlikning barcha qismi zaharli hisoblanmaydi ?
a) yalpiz b) bangidevona s) mingdevona d) a va s
Hayvonlarning sanoat xomashyosi nima ?
a) tuxum b) go’sht s) jun d) zahar
Yumronqoziq, olmaxon, qushlar tabiatda qanday ahamiyatga ega ?
a) 2,5 mln tur b) 1500 mln tur s) 2000 tur d) 500 ming tur
Palmaga o’xshab tez o’suvchi manzarali o’simlik sifatida o’stiriladigan o’simlikni aniqlang ?
a) xurmo b) makkajo’xori s) terak d) kanakunjut
Ushbu ta’rif qaysi o’simlikkar xos ? Uning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Uning tutuni esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga, xona havosini tozalaydi, kasalliklarni keng tarqalishining oldini oladi.
a) qizilmiya b) aloe s) isiriq d) yalpiz
Qaysi o’simiklarning ildizi bo’lmaydi ?
a) yo’sin b) suv qaroqchisi s) a va b d) qirqbo’g’im