Mavzu:Tuproq hosil bo’lish jarayonlari. REJA: I. Kirish. 1. Umumiy tuproqshunoslik va tuproqlar.
II. Asosiy qism. 1. Tuproq hosil qiluvchi jarayonlar. Tuproq hosil bolishi haqida nazariyalar.
2. Tuproq hosil bo’lishining dastlabki bosqichlari.
3. Tuproq hosil bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar.
4. Nurash jarayonlari. Tuproq hosil qiluvchi tog’ jinslari.
III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
I. Kirish. 1. Umumiy tuproqshunoslik va tuproqlar. Tuproqshunoslik tabiatshunoslikning tarkibi bo`lib, fanning predmeti, maqsadi va vazifalarini o`rganadi. Tuproqshunoslik – tuproqlar xaqidagi fan bo`lib tuproqlarning tabiiy – tarixiy paydo bo`lishi, xalq xo`jaligi va qishloq xo`jaligida mexnat ob’ekti sifatida foydalanish, tuzilishi, tarkibi xossalari, unumdorligi geografik tarqalish qonuniyatlari, tashqi muhit bilan o`zaro bog`liqlik jarayonlari, dexqonchilik madaniyatini yaxshilashga qaratilgan choralar sharoitida tuproq qoplamining o`zgarib borishi xaqidagi fandir. Uzoq o`tmishdayoq insonlar tuproq bilan qiziqib, uni o`rganib kelishgan.
Tuproq xaqidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan 3–4 ming yil ilgari xitoyliklar, greklar, rimliklar yozib qoldirgan asarlarda uchraydi.Eramizdan III asr ilgari yashagan yunon faylasufi Aristotel va botanik Teofrast asarlarida eng yaxshi, yaxshi, unumdor, kambag`al, maxsuldorsiz tuproqlar bo`lishi xaqida fikrlar berilgan. Eramizdan bir asr ilgari yashab o`tgan italiyalik olimlar M.S.Katon, M.T.Varron, L.Yu.Kolumella, P.M.Vergiliy asarlarida tuproq xaqida ma’lumotlar berilib hatto tuproq unumdorligini oshirish xaqida ham fikrlar yuritilgan.
O`zbek xalqining O`rta asrda yashab ijod qilgan ulug` olimi Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) litosferadagi foydali va qimmatbaxo minerallarning fizikaviy xossalarini o`rganish va aniqlashda olamshumul ilmiy tadqiqotlar olib bordi va bu sohada “Kitobul Jamaxir fi ma’rifatil javoxir” (Javoxirni bilishga oid ma’lumotlar to`plami) nomli asar yozib qoldirdi. Beruniyning bu qimmatli asari ona jins va tuproq mineral qismining fizikaviy xossalarini o`rganishda dastlabki muhim dastur – qo`llanma hisoblanadi. Beruniyning litosferadagi foydali qazilmalar qatlamining paydo bo`lishi, jinslar emirilishining ahamiyati, tog` jinslarining nurashi xaqidagi xulosalari katta ahamiyatga ega, chunki X asrda aytilgan bu ilmiy fikr dunyo miqiyosida birinchi bo`lib hozirgi tuproqshunoslik fanida tuproq ona jinsi xaqida aytilgan dastlabki kashfiyot edi.
Lekin bu rivojlanmagan tarixiy davrda inobatga olinmay qolib ketdi. XVI asrga kelib yana tuproq va o`simliklarning oziqlanishiga doir masalalar o`rganila boshlandi. 1629 yilda Belgiya olimi Van Gelmond o`simliklar faqat suv bilan oziqlanadi degan nazariyani e’lon qildi.
1725 yilda Rossiyada fanlar akademiyasi tashkil etildi va rus olimlari tomonidan tuproqni dastlabki o`rganishlar boshlanadi. Tuproqshunoslik xaqida ko`pgina amaliy bilimlar to`plagan olim M.V. Lomonosovning “Yer qatlamlari” asarida tuproqning paydo bo`lishi xaqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, tuproqshunoslik faniga asos soldi, hamda ungacha mavjud bo`lgan o`simliklarning organik moddalar bilan oziqlanishi xaqidagi noto`g`ri nazariyani uzul – kesil isbotlab berdi.
1863 yilda fransiyalik olim Bernar Polessining “Qishloq xo`jaligidagi turli tuzlar xaqida” nomli asarida tuproq o`simliklarini mineral oziqlar bilan ta’minlab turuvchi asosiy vosita ekanligi to`g`ri ifoda etiladi. Tuproqlar geografiyasi va tuproq qoplamini kartogrammalash sohalarida qator olimlarning xizmatlari katta. L.I. Prasolov (1875-1954) raxbarligida tuproq kartografiyasi va MDX ning tuproq turlari bo`yicha yer fondlarini baholash ishlari olib borildi. Bu ishlar qishloq xo`jaligi hamda tuproqlar geografiyasining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Uning raxbarligida O`rta Osiyo, Sibir, Shimoliy Kavkaz tuproqlarining geografik jixatdan tekshirilishi ahamiyati katta bo`ldi.
O`zbekiston hududi tuprog`i, tabiati suv manbalari, o`simliklar dunyosi va hayvonot olami haqidagi ilmiy jihatdan ancha mukammal ma’lumotlar IX-XII asrlarda yashab o`tgan qomuschi allomalarimiz Muhammad Ibn Muso Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Narshaxiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qashg`ariy kabi ulug`larimiz tabiat va undagi muvozanat, o`simlik va hayvonot dunyosi, dorivor o`simliklar bilan insonni davolash, er va uning geografiyasi, relef va nishablik kabi holatlar bo`yicha qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Atrof-muhit, tuproq va suv musaffoligiga to`xtalib Muhammad Muso Al-Xorazmiy (782-847) bunday deydilar: “Bilingki, daryolarning ko`zlari yoshlansa, uning boshiga g`am, kulfat tushgan bo`ladi. Odamlar daryodan mehringizni darig` tutmanglar”. Shu o`rinda bu ulug` inson, ariq va daryo suvlarini yoki tuproqni ifloslanayotganligini, isrof bo`layotganligini nazarda tutdimikan? Nima bo`lganda ham alloma ariq va daryo misolida atrof-muhit bilan insonlar orasida mehr-oqibat bo`lishini nazarda tutganlar. Shuningdek, “Surat ul-arz” asarlarida er yuzidagi 537 geografik muhit, jumladan 200 dan ortiq tog`larning tavsiloti haqida ma’lumotlar qoldirganlar. Ibn Rustod esa zahkash, botqoqlar, ko`llar (Orol haqida) va ularning landshaftlari haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.Tabiatda o`zaro aloqalar mavjudligi to`g`risidagi ma’lumotlar fanning turli soha mutaxassilari tomnidan qadimdan to`plangan. Har bir hodisa boshqa bir hodisaga ta’sir qiladi yoki aks ta’sir qiladi. Insonning ba’zida tabiatga nisbatan noqobil yondashuvi tabiiy hodisalarning o`zaro bog`liqligi va muvozanati qonuniyatlarini bilmasliklaridan kelib chiqadi. Masalan, Kichik Osiyo, Gresiya, Mesopotamiya aholisi o`z hududlarida yangi ekin maydonlarini ochish uchun o`rmonlarni kesdilar, o`t qo`ydilar, oqibatda, nam yig`iladigan va saqlanadigan manbalardan mahrum bo`lib, maydonlarning abadiy cho`lga aylanishiga sababchi bo`lganliklarini hoynahoy o`zlari ham bilmay qoldilar.
Tuproqshunoslik buyuk rus olimlari V.V.Dokuchaev, P.A. Kostichev, N.M. Sibirsev mexnatlari tufayli XИX asr oxirlarida fan sifatida shakllandi. Tuproq xaqidagi tushunchani birinchi bo`lib V.V. Dokuchaev ta’riflab, tuproq tabiiy jism bo`lib o`zi kelib chiqqan tog` jinslaridan farq qiladi, suv, havo va turli xil tirik organizmlarning o`zaro ta’siri natijasidagi tabiiy o`zgarishlardan iborat degan edi. U er yuzasidagi barcha tuproqlar maxalliy, iqlim, o`simlik va hayvonot organizmlari, tog` jinslarining tarkibi va tuzilishi, joyning relefi (past-balandligi) ning o`zaro bog`lanishi natijasida paydo bo`lgan deb ta’rifladi.
1883 yilda V.V. Dokuchaevning “Rus qoratuprog`i” nomli asari chop etildi. P.A. Kostichev esa agronomik tuproqshunoslikning asoschisi hisoblanadi. U o`simlik ildizlari miqdori (massasi) dan iborat bo`lgan erni ustki qatlamini tuproq deb ta’rifladi.Tuproqqa yanada aniqroq qoidani V.R. Vilyams berib uning ta’biricha tuproq planeta er usti qatlamining iqlim, tirik organizmlar va inson ta’siridatog` jinslaridan paydo bo`lgan o`simlik hosilini yaratuvchi g`ovak qismiga aytiladi. O`simlikning o`sishiga ta’sir ko`rsatuvchi tuproqning asosiy xususiyating unumdorligidir. Tuproq unumdorligi deb o`simlikning hosil berish uchun er omillariga (oziqa, suv) bo`lgan talabini qondirish qobiliyatiga aytiladi.
Tuproqshunoslik sohasi bo`yicha O`zbekiston olimlari M.Baxodirov, A Rasulov, M.A. Pankovlarning xizmatlari katta 1963 yili M A Pankov, 1961 yili M Baxodirov, 1970 yili M Baxodirov va A Rasulovlar tomonidan tuproqshunoslik darsliklari bosilib chiqdi.Tuproqshunoslik bazasida quyidagi fanlar mustaqil fan sifatida shakllandi: tuproq geografiyasi, tuproq genezisi, tuproq biologiyasi, tuproq mikrobiologiyasi, tuproq kimyosi, tuproq fizikasi, tuproq ekalogiyasi, tuproq gidrologiyasi.Tuproqlarning va tuproq qoplamining rivojlanishi, tuproq unumdorligining shakllanishi kabi ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning rivojlanishi tuproq hosil bo`lishining tabiiy omillari hamda kishilik jamiyatining xilma – xil ta’siri bilan chambarchas bog`liqdir. Tuproq hosil bo`lishida tirik organizmlar, ayniqsa yashil o`simliklar va mikroorganizmlar muhim rolni o`ynaydi. Ular tufayli tog` jinslarining tuproqqa aylanish jarayoni amalga oshadi va uning unumdorligi shakllanadi.Organik moddalarning parchalanishi va sintezi, o`simlik hayotiy faoliyati, mikronizmlar, tog` jinslarining mineral birikmalari bilan bog`lanishi vujudga keladi. Iqlim sharoitlari, o`simliklari, tog` jinslari relefi ba’zi xududlarining turli yoshi tuproqning tabiatda har xil bo`lishiga olib keladi.Ularning geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproq hosil bo`lish omillari bilan bog`langan holda aniqlanadi er shari va ba’zi materiklar uchun bu qonuniyatlar iqlimlining va o`simliklarning hududlar bo`yicha o`zgarib borishi bilan bog`liq bo`lib tuproqning gorizontal va vertikal zonalligining rivojlanishida aks etadi.
1-jadval.