Mavzu: Tuproq hosil bo’lish jarayonlari. Reja: I. Kirish. Umumiy tuproqshunoslik va tuproqlar. II. Asosiy qism


Tuproqshunoslik amaliy fanlar tizimida. (M.A.Glazovskaya)



Yüklə 388,51 Kb.
səhifə2/5
tarix05.05.2023
ölçüsü388,51 Kb.
#107862
1   2   3   4   5
Mavzu Tuproq hosil bo’lish jarayonlari. Reja I. Kirish. Umumiy

Tuproqshunoslik amaliy fanlar tizimida. (M.A.Glazovskaya)

Davomi.


Tuproqshunoslik amaliy fanlar tizimida. (M.A.Glazovskaya)
II. Asosiy qism.
1. Tuproq hosil qiluvchi jarayonlar. Tuproq hosil bolishi haqida nazariyalar.
Tuproq hosil qiluvchi omillarning o`zaro ta’sirida tuproq hosil bo`lish jarayonining murakkab kompleksi vujudga keladi. A.A. Rode buyicha tuproq hosil bo`lishining bir necha xil jarayonlari vujudga keladi: mikrojarayonlar, mezojarayonlar,makrojarayonlar.
Mikrojarayonlar – birinchi tartib elementar tuproq jarayonlari bo`lib, tuproq profili va gorizontlarida tuproq rejimlarini shakllantiradi.
Mezojarayonlar – ikkinchi tartib aniq tuproq jarayonlari tuproq xossasining muhim genetik kompleksini vujudga keltiradi.
Makrojarayonlar – mikrojarayonlar, mezojarayonlar umumiyligi bo`lib tuproq tipini shakllantiradi.
Tuproq hosil qilish rejimlari tuproq yuzasiga quyosh energiyasi va namlikning kunlik, yillik va ko`p yillik tushib turishi va o`simliklar rivojlanishida biologik jarayonlarning bir maromda takrorlanib turishi tuproq hosil bo`lishida aniq mavsumiy hodisalarning yuzaga kelishiga yordam beradi. Asosiy tuproq parametrlarining qonuniy o`zgarishi (harorat, namlik, aerosiya, tuproq qoplami va havosining kimyoviy tarkibi) ko`p yillik ma’lumotlardan tuproqlar rejimi nomini olgan.Tirik organizmlarning o`rab turgan atrof muhitdan mineral elementlarni singdirishi va turli organikmineral birikmalarning yashash jarayonidan chiqib turishidan iborat.
Ikki karama-karshi va o`zaro bog`liqlik birligi har qanday tuproq hosil bo`lishi jarayonining mohiyatini tashkil etadi.
Tuproq hosil bo`lishiga xos qarama qarshi quyidagi juftlikni qo`rsatish mumkin:
1.a) Tirik organizmlar tomonidan tuproqdagi mineral moddalarni singdirishi va organik moddalarni sintez qilishi;
b) Tirik organizmlarning organik va mineral birikmalarni tuproq eritmasiga va tuproq havosiga chiqarib turishi;
2.a) Organik qoldiqlarning parchalanishi va minerallashishi;
b) Organik va mineral birikmalardan tuproqning gumusli
moddasini sintez qilish ;
3.a) Organik kislotalar bilan tuproq eritmasini nordonlashtirish;
b) Vodorod organik kislotasining almashinish reaksiyalarida
tuproq eritmasini neytrallash;
4.a) Tuproq hosil qiluvchi birlamchi minerallarni buzish;
b) Ikkilamchi minerallarni va organo-mineral komplekslarni
sintez qilish;
5.a) Organik, organo-mineral, mineral kolloidlar koagulyasiyasi;
b) Tuproq kolloidlari peptizasiyasi;
6. a) Mineral birikmalar gidrotasiyasi ;
b) Ularning degidrotasiyasi;
7. a)Tuproq qatlamiga kislorodning erkin kirishida oksidlanish jarayoni;
b) Doimiy yoki davriy namlikning turib qolishi natijasida kislorod etishmovchiligi;
8. a) Eritmalarning yuqoriga harakati va yuqori qatlamda harakatchan birikmalarning to`planishi ;
b) Eritmalarining pastga harakat qilishi , erishi va harakatchan birikmalarning chiqib ketishi;
9. a) Tirik organizmlar tomonidan elementlarning singdirilishi;
b) Elementlarning erib ketishi va chiqishi;
10.a) Tuproqda yashovchi tirik organizmlarning atmosfera gazlarini
singdirishi;
b) Organizmlarning nafas olishida gazlarni tuproq va tuproq
ustki atmosferasiga ajralishi;
11. a) Tuproq genetik gorizontlarining shakllanishi;
b) Fizik-mexanik jarayonlar tufayli tuproq gorizontining
buzilishi.
V.V. Dokuchaev, P.A.Kostichev, N.M.Sibirsev, V.X.Vilyams, P.S.Kossovich, K.A.Glinka va boshqalar tomomnidan ishlab chiqilgan. Ushbu jarayon xaqida zamonaviy nazariy bilimlarning rivojlanishida I.I. Gerosimov, V.V. Kovda, V.V. Polnov, I.V.Tyurin, A.A.Xode, S.P.Yarkov va boshqalarning xizmatlari katta.Tog` jinslarining tuproqga aylanishi tuproq hosil bo`lish jarayonida sodir bo`ladi. U tog` ona jinsining tirik organizmlar, ularning hayot faoliyati maxsulotlari, suv va atmosfera elementlari bilan uzoq davom etadigano`zaro ta’siri natijasida amalga oshadi.Moddalarning katta geologik aylanishida tog` jinslarining nurashi natijasida paydo bo`lgan magmatik, metomorfik va cho`kindi jinslardan iborat yumshoq qatlam vujudga keladi.Nurash qatlamida o`simliklarning o`rnashishi va tuproq hosil bo`lishining rivojlanishi uchun sharoit vujudga keladi, u g`ovaklik, suv va havo o`tkazuvchanlik, o`simliklarning saqlanishi uchun qulay elementlarning vujudga kelishiga olib keladi.
Moddalarning katta geologik aylanishi umumiy xususiyati shundaki o`simliklar oziqlanishi uchun kerakli elementlarning gidrosferaga yuvilib turishi natijasida ular miqdorining tog` jinslariga kamayib borishidir.Moddalarining kichik biologik aylanishi tirik organizmlar hayotiy faoliyati, yashil o`simliklar bilan bog`liq bo`lgan.
Kichik biologik aylanishning tavsifli belgilari quyidagilardan iborat:
• Tog` ona jinslaridan, tuproqdan oziq elementlarningchiqib turishi;
• Biomassa sintezi va oziq elementlarni murakkab, suvda erimaydigan organik birikmalarga qo`shilishi;
• Har yili er ustiga tushib turgan biomassalar va ildizlarning shakllanayotgan tuproqqa qayta qo`shilishi.
Biologik aylanishning asosiy yakuni tuproqning ildiz joylashganqatlamida oziq elementlarning biologik to`planishi sodir bo`ladi va tuproq unumdorligi rivojlanib boradi.Biologik moddalar aylanishi intensivligi fizik- geografik sharoitlar va o`simliklar tavsifi (tavsifi) ga qarab turlicha bo`ladi. L.E.Rodina va N.I.Bazilevich ma’lumotlari bo`yicha organik moddalarning maksimal tuzilishi o`rmonlarda kuzatiladi. Subtropik va tilog`och o`rmonzorlarda ularning miqdori gektariga 4000-4600 s.ga etadi, namli tropik o`rmonlarda 5000 sentenergacha, Braziliya tropik o`rmonlarida esa 17000 sentenergacha boradi. Eng ko`p biomassaning to`planishi tropik va subtropik o`rmonlarda bo`ladi, eng kam to`planishi esa arktika tundrasi va sho`rxok erlarda uchraydi.
To`proq hosil bo`lish jarayonining rivojlanishi va tuproqning shakllanishi tuproq hosil bo`lish omillari kompleksi ta’sirida kechadi: iqlim, tuproq hosil qiluvchi jinslar, relef, o`simliklar va hayvonot dunyosi, vaqt.Tuproqlarning va tuproq hosil bo`lish sharoitlarining o`zgarishida inson faoliyati omili muhim rolni o`ynaydi va muhim tuproq hosil qiluvchi omil sifatida ajralib turadi.

Yüklə 388,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin