4. Nurash jarayonlari. Tuproq hosil qiluvchi tog’ jinslari.
Nurash. Atmosfera, gidrosfera, biosfera ta’sirida tog` jinslarining va minerallarning son va sifat jixatdan o`zgarishidan iborat murakkab va xilma xil jarayonlar umumiyligidir. Tog` jinslari er yuzasiga chiqishi bilan o`zining barqarorligini yo`qotib turli jarayonlarga uchraydi va kuchli o`zgaradi. Nurash jarayoni kechadigan tog` jinslarining garizontlari nurash qobig`i deyiladi unda 2 hudud farqlanadi: ustki yoki zamonaviy nurash va chuqur qadimiy nurash hududi. Tuproq hosil bo`lish jarayoni kechadigan zamanoviy nurash quvvati bir necha sm dan 2 – 10 metrgacha boradi. Tog` jinslari tashqi mexanik kuchlarning tasiri va bu jarayonlarningbeto`xtov davom etishi natijasida suvni singdiradigan, o`zida ushlab qoladigan, havoni o`tkazadigan xususiyatlarga ega bo`ladi va unga ruxlyak deyiladi.
3-jadval.
Jinslarning maydalanishiga qarab zarralar sirtining ortib borishi
Kub qirrasi uzunligi
mm
|
Kublar soni
|
Kublarning sirti mm2
|
1
|
1
|
6
|
0.1
|
1000
|
60
|
0.01
|
1000000
|
600
|
0.001
|
1000000000
|
6000
|
Nurash jarayonida omillarning ta’sir etish xususiyatiga qarab 3 xil nurash farqlanadi –fizik, kimyoviy, biologik.
1. Fizik nurash deb tog` jinslarining dastlab haroratning o`zgarib turishi va boshqa mexanik kuchlarta’sirida ( muz va kapilyar bosim) kimyoviy tarkibi o`zgarmagan holda mexanik jixatdan turli bo`laklarga parchalanishiga ya’ni emirilishiga aytiladi. Fizik nurashning asosiy omillari yil va kun fasllari bo`yicha quyoshdan tog` jinslari ustiga tushayotgan haroratning bir xil bo`lmasligidir. Tog` jinslari ustki va ichki qatlamining kun bo`yi, oylar, yillar davomida bir xilda qizimasligidan sovuq va issiq almashinishi, tog` jinslarining sovuqdan torayishi, issiqdan kengayishi oqibatida ularda darzlar ya’ni har xil yoriqlar paydo bo`lishi, yoriqlarga suv kirishi uning muzlashi natijasida o`z xajmining 10% ga ortishi va tog` jinslarning 1sm2yuzasiga 890 kg yuk bilan bosishi, hamda suv kapilyar bosimi ta’sirida 1sm2jins yuzasiga 1500 kg yuk bilan bosishi sababli jinslarning emirilishi, qayta emirilishi, maydalanishi to`xtovsiz sodir bo`lib turgan. Issiq va sovuqning intensiv o`zgarib turishi ayniqsa cho`l hududlarida namoyon bo`lib kunduzi 60-700S gacha qizishi va kechasi 00 S gacha tushishi bu jarayonlarni yanada tezlashtirgan.
2. Kimyoviy nurash deb tog` jinslarining kimyoviy reaksiyalar natijasida, kimyoviy tarkibi o`zgargan holda emirilishiga aytiladi. Kimyoviy nurashda suv, kislorod va minerallar o`rtasida kimyoviy reaksiyalar ketishi natijasida er qatlami ustida termodinamik sharoitlarga chidamli yangi birikmalar paydo bo`lgan, harorat har 100S ga oshganda kimyoviy reaksiyalar ham 2 barobar tezlashib borgan. Kimyoviy nurash asosida 3 jarayon:–gidroliz, gidrotasiya va oksidlanish turadi. Gidroliz jarayonida tog` jinslari suv bilan reaksiyaga kirishib, yangi minerallar hosil bo`ladi. Masalan:
K2 Al 2Si 6O 16 + 2H2O + CO2 = H2Al2Si2O8 + H2O + K2CO3 + 4SiO2
Ortoklaz Kaolonit potash kvarts
Gidrotasiya ya’ni suvlanish hodisasi tufayli minerallar o`z xossa va xususiyatlarini o`zgartiradi, masalan:
2Fe2O3 + 3 H2O = 2FeO3 . 3H2O CaSO4+ 2H2O=CaSO4 . 2H2O
Gemotit Limonit Angidrid gips
Bunda gips o`z xajmini angidritga nisbatan 33% ga oshiradi. Oksidlanish minerallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishidir, masalan:
4FeCO3 + 3H2O+O2 = 2 Fe2O3 + 3H2O+4CO2
Tog` jinslari tarkiibidagi mavjud sulfid shaklidagi oltingugurt birikmalari suv va kislorod ta’sirida sulfat kislotaga aylanadi, ular esa ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib boshqa sulfadlar hosil qiladi. Sekin siljiydigan fosfor birikmalari kimyoviy nurash natijasida har xil fosfor kislota tuzlariga aylanadi. Shunday qilib kimyoviy nurash natijasida birlamchi (0.001mm dan katta ) va ikkilamchi (0.001 mm dan kichik ) minerallar hosil bo`lib, uning tarkibidagi moddalar suvda erib o`simlik o`zlashtiraoladigan karbonat, sulfat, fosfat tuzlarga aylanadi, ko`p to`planib qolganda esa ekinlarga zarar keltiradigan natriy sulfat, magniy xlorid va magniy sulfat tuzlarga aylanadi. Birlamchi minerallarga kvars, dala shpati, amfibollar, piroksenlar, slyudalar va boshqalar mansub, ikkilamchi minerallar kolsit(саСО3), magnezit(Мг2сО3), soda На2сО3.10Ҳ2О), gips (саСО4.2Ҳ2О), galit НасЛ, loyqasimon minerallar (СиО2. нҲ2О(2-30%), kremniy gidroksidi, gematit (Фе2О3) , montmorillonit minerallari, kaolinit minerallari, gidroslyudalar va boshqalar kiradi. Shunday qilib ruxlyak paydo bo`lishi fizik va kimyoviy nurash maxsulotidir.
Biologik nurash. Biologik nurash deb erning ustki qavatida o`simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar yashashi, ularning nobud bulishi natijsida hosil bo`lgan organik qoldiqlar ta’sirida tog` jinslarining erishi va emirilishiga aytiladi. Tirik organizmlarga minerallarga dastavval mexanik ta’sir ko`rsatadi. O`simlik ildizlari kichik yoriqlari orqali qatlamlarga kirib borib, undagi bosimni oshirib, hatto zich qatlamlarni ham parchalash xususiyatiga ega. Tog` jinslari va minerallarning emirilishida o`t o`simliklarning ahamiyati katta. Ular jins tarkibidagi oziq moddalarni ko`proq qabul qilib, nobud bo`lishidan so`ng boshqa o`simliklarning yashashi uchun yanada yaxshiroq sharoit paydo bo`lishiga olib keladi. O`tsimon o`simliklar va mikroorganizmlarning tuproqqa 1 yilda gektariga organik qoldiq qoldirish nisbati 3/1 bo`lib, hayvonlar esa kam qoldiq qoldiradi (200-300 kg) Tirik organizmlarning chirishi natijasida ulardagi oziq moddalar har xil birikmalar shaklida tuproqga kirishi natijasida tuproqning gumusli xislatlari paydo bo`ladi. Ular birlamchi minerallar va tog` jinslari emirilishini yanada kuchaytiradi. Shuning bilan birgalikda mikroorganizmlar va quyi o`simliklar tog` jinsi ustki qatlamini yanada organik va oziq moddalarga boyitadi. Ular jinslarni oliy o`simliklar o`sishiga tayyorlaydi va shu tariqa tuproq hosil bo`lish jarayonining boshlanishini ifodalaydi. Biologik nurashda tuproqda yashovchi hayvonlar (chayonlar, soxtachayonlar, dumoyoqlar, bo`g`imoyoqlar, qo`ng`izlar, chumolilar, xasharotlar, yomg`ir chuvalchanglari, ko`rsichqonlar, yumronqoziqlar va boshqalar) ahamiyati katta hisoblanib, ular tog` jinslari tarkibini organik moddalar bilan boyitadi, hamda kimyoviy tarkibining o`zgarishiga kuchli ta’sir ko`rsatadi, natijada fizik va kimyoviy nurashni ham tezlashtiradi.
TUPROQ HOSIL QILUVChI JINSLAR.Tuproq qattiq, suyuq, gazsimon moddalardan va mikroorganizmlardan tarkib topgan bo`lib, ular mineral, organik, organik-mineral moddalardan iboratdir. Tuproq massasiningasosiy qismi (85-90%) mineral birikmalardan tarkib topgan. Mineral moddalar tuproqqa tog` jinslaridan ularningnurashi ya’ni emirilishi natijasida o`tib er shari qobig`ini yuqori po`stini vujudga keltirgan. Tog` jinslaridan iborat bo`lgan erning qattiq qobig`i – litosfera kelib chiqishiga qarab magmatik, metamorfik va cho`kindi jinslaridan iborat. Magmatik jinslar zich kristall jinslar bo`lib, erning chuqur qavatida erigan magmalarning er betiga oqib chiqishi va qotishi natijasida hosil bo`ladi. Magmalarning qotishi natijasida paydo bo`lgan jinslarga granit, sienit, bazalt, porfirit va boshqalar misol bo`la oladi. Magmatik jinslar tuproq hosil qiluvchi jinslarning 95 % ini tashkil qilsa ham, tuproq hosil bo`lishida o`rni kam. Metamorfik tog` jinslari magmatik jinslarning qayta o`zgargan ko`rinishidir. Bu jinslar uchlamchi davr maxsuloti bo`lib, bevosita tuproq hosil bo`lishida qatnashmagan. Cho`kindi tog` jinslari er litosfera qatlamining asosiy qismini qoplab olgan, g`ovak, bo`sh tog` jinslaridir. Cho`kindi tog` jinslari quyidagi yo`l bilan paydo bo`ladi:
1. Zich kristall tog` jinslarining atmosfera (harorat, yog`ingarchilik) mexanik (suv oqimi, muzlikning ko`chishi, shamol) ta’sirida emirilishi;
2. Eritmadagi har xil tuzlarning (gips, tosh tuz, kaliy tuzi, karbonat tuzlari) quyqum shaklida cho`kindiga aylanishi;
3. O`simlik va hayvonot qoldiqlarining to`plana borishi (oxaktosh, bo`r, toshko`mir) natijalarida paydo bo`lishi.
Uning 2 xil ko`rinishi: qadimiy cho`kindi jinslar va yosh cho`kindi (g`ovak, bo`sh) jinslar holati mavjud. Qadimiy cho`kindi jinslar to`rtlamchi muzlik davrigacha hosil bo`lib, ular o`z g`ovakligini yo`qotib, qattiq holatga o`tgan jinslardir. Nurash jarayoni natijasida magmatik, metamorfik va qadimiy cho`kindi jinslardan qayta yotqiziqlarning vujudga kelishi natijasida yosh, g`ovak, bo`sh cho`kindi jinslar paydo bo`lib, ular asosiy tuproq hosil qiluvchi jinslar hisoblanadi yoki tuproq ona jinsi deyiladi.Tuproq asosan yosh g`ovak cho`kindi jinslardan hosil bo`lgan. Hozir ham erda tuproq hosil bo`lish jarayoni xuddi shunday tartibda davom etmoqda. Yer yuzida tarqalgan tuproklarning ona jinslari asosan kaynazoy (yangi hayot) erasining to`rtlamchi davrida suv, shamol, muzliklar harakati natijasida hosil bo`lgan har xil qalinlikdagi yotqiziqliklar bo`lib, ular kelib chiqishiga ko`ra quyidagi tiplarga bo`linadi.
Elyuvial’ yoki elyuviy maxsulotining nurash qobig`ida o`z o`rnida to`planinshi natijasida hosil bo`lgan yotqiziqlardir. Elyuviy yotqiziqlar shamol, suv va muzliklar ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko`chmaydigan g`ovak holdagi jinslar har xil qalinlikda bo`lib asosan tekisliklarda uchraydi. Kimyoviy va minerologik tarkibi hamda xossasiga ko`ra ular dastlabki boshlang`ich jinslardan uncha ko`p farq qilmaydi. Elyuviy tog` yon bag`irlari qiyaliklarda deyarli tarqalmagan. Tarkibida har xil zarra va minerallar bor.
Delyuvial’ yoki delyuviy nurash maxsulotlarining yomg`ir va erigan qor suvlari harakati ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlarida to`planishidan vujudga keladi. Delyuvial yotqiziqlar ma’lum qalinlikda qat-qat joylashgan bo`lsada, birok qiyalikning yuqori qismida ko`pincha yirik zarralar va quyi qismida esa mayda zarralar uchraydi. Delyuviylar mexanik tarkibiga ko`ra har xil-qum, qumlok va soz tarkibli bo`lishi mumkin. Relefning yon bag`ir va qiyaliklar tavsifiga va atmosfera yog`inlar miqdoriga ko`ra delyuviylar qatlamining qalinligi va mexanik tarkibi turlichadir.Umuman er yuzasining notekis relefli joylarida har xil tarkibli delyuviy uchraydi. Delyuviy kimyoviy va mineralogik tarkibi jixatidan dastlabki boshlang`ich jinsga nisbatan bir oz o`zgargan bo`ladi.
Prolyuvial yoki prolyuviy tog` etaklari va adirlarda sel suvlari to`plangan tosh, shag`al, qum singari har xil mexanik elementlar aralashmasidan tashkil topgan. Prolyuviylar asosan sel suvlari ta’sirida yuzaga kelganligidan ular sel yotkiziklari ham deb yuritiladi. Prolyuvial yotqiziqlar har xil tog` jinslaridan iborat bo`lib, ular asosan tog` etaklari va tog`lar oralig`idagi vodiylarining adir qismida <> o`xshash maydonlarni hosil qiladi. Masalan, Farg`ona vodiysidagi <>lar ana shunday Prolyuvial yotqiziqlardir. Bu yotqiziqlar asosan yirik zarralardan iborat bo`lganligi uchun ularning fizikaviy xossalari va suv, havo rejimlari noqulay hamda kimyoviy tarkibi jixatdan uncha boy emas. Prolyuviylar har xil tuproqlar, ko`prok taqir tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Allyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy oqar daryo suvlari oqizib keltirgan va daryo toshqinlari vaqtida hosil bo`lgan har xil qalinlikdagi gorizontal qatlamdan iborat bo`lib, daryo vodiylarida keng tarqalgan. Daryo o`zanlari, vodiylari va deltalarida ma’lum territoriyani egallagan bu allyuvial yotqiziqlar har xil mexanikaviy tarkibli va o`zining qat-qatligi bilan boshqa yotqiziqlardan keskin farq qiladi. Daryo suvining ko`p-ozligi va oqimining tezligiga ko`ra har qaysi qatlamda o`ziga xos mexanik elementlar guruxidan iborat xilma-xil qalinlikdagi gorizontal qatlamlar bo`ladi. Allyuviy qatlamlari orasida o`simlik va hayvon organizmlarining qoldiqlari, qadimgi allyuvial yotqiziqlari qatlamlarida esa ba’zan torf ham uchrab qoladi. Bundan tashqari, allyuviylarda suvda oson eriydigan tuzlar va har xil oksidlar guruxidan iborat gleyli qavatchalar ham bo`ladi. Allyuvial yotqiziqlar o`ziga xos gidrologik sharoitga va kimyoviy tarkibga ega bo`lgan daryo sohili, vodiylar va deltalarda tarqalgan unumdor tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. Allyuvial yotqiziqlar O`rta Osiyoning Amudaryo,Sirdaryo,Surxondaryo,Qashqadaryo,Zarafshon,Chirchiq,Oxongaron singari daryo vodiylarida ancha katta maydonni egallaydi.
Dengiz yotkiziklari dengiz tagida va qirg`oklarida uchraydigan har xil mexanik tarkibidagi to`plam qoldiqlaridan iborat. Dengiz qirg`oklarida asosan mayda shag`al, yirik qum va qum kabi yirik mexanik elementlar yig`ilgan bo`lib, qirg`oklardan uzoqlashgan sayin fizik loy va loyqalarga o`xshash mayda zarralar ko`payadi.Dengiz yotqiziqlari tarkibida ko`p miqdorda turli kimyoviy birikmalar,jumladan xlorid va sulfatlardan iborat suvda tez eruvchan tuzlar ko`p, ular ma’lum darajada sho`rlangandir. Shuningdek,to`rtlamchi davr dengiz yotqiziqlarida chig`anoqli hayvon organizmi qoldiqlarining bo`lishi tavsiflidir. Dengiz yotqiziqlari Shimoliy muz okeani qirg`oklaridan boshlab, Orol va Kaspiy dengizi qirg`oklariga yaqin bo`lgan pasttekistliklargacha tarqalgan; u yotqiziqlarda sho`rlangan tuproqlar paydo bo`ladi.
Zol yotqiziqlari qadimiy va hozirgi zamon zol xavzalarida tarqalgan bo`lib, ma’lum qalinlikdagi qatlamlar holida to`plangan og`ir mexanik tarkibli jinslardir.Tarkibida xlorid va sulfat singari har xil tuzlar ko`p bo`lganda sho`rlangan,tarkibida kalsit va dolomit singari karbonatli tuzlar ko`p to`planganda esa yotqiziqlar sho`rlanmagan bo`ladi. Ko`l yotqiziqlarining qatlamlari orasida mergel va organik qoldiqlar ham uchraydi. Ko`l yotqiziqlaring tarkibi va turli xususiyatlari shu hududning tabiy,fizik –geografik sharoitlariga ko`ra xilma-xildir. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi ayrim geografik hududlarda tarqalgan ko`l yotqiziqlarining tarkibi va boshka xususityatlari ham bir xil emas.
Muzlik yotkiziklari Rossiyaning Evropa qismida va G`arbiy Sibirda ko`p tarqalgan, bu jinslar qalin muzlik ta’sirida nurash maxsulini ko`plab olib kelishi natijasida hosil bo`lgan. Muzlik yotqiziqlari to`planish tavsifiga ko`ra morena, flyuviogisial va muzlik-ko`l yotqiziqlariga bo`linadi. Muzliklarning o`z o`rnidan qo`zg`alib harakat qilishi va siljishi natijasida hosil bo`lgan g`ovak holdagi yotqiziqlar to`plamiga morena deyiladi. Morenalar mexanik tarkibida turli (magmatik, metamorfik va boshka) tog` jinslarining har xil nurash maxsullari (valun, shag`al, qum to`zon va loyqa) saralanmagan aralashma holda bo`ladi. Morenalar ko`pincha muz yotqiziqlari tarqalgan maydonlarning yuqori qismlarida o`ziga xos tizma tepalar hosil qiladi. Muzlik suvlari harakati natijasida hosil bo`lgan keltirilmalarga muzlik suvlari yotqiziqlari deyiladi. Bu yotqiziqlarning mineralogik tarkibi xilma-xildir. Mexanik tarkibida ko`pincha qumli qatlam, ora sira to`zon shag`al bor. Muzliklar atrofi va yaqinidagi botiq erlardagi ko`l xavzalarida uchraydigan qum-loyqa qatlamli keltirilmalarga muzlik ko`l yotqiziqlari deyiladi. Bu yotqiziqlarning tavsifli belgisi shuki, qalin qatlamli loyqalar orasida mayda qumlardan iborat yupqa qatlam ham uchraydi.
Eol (shamol) yotqiziqlari. Quruk iqlimli saxro hududlarida har xil tezlikda esadigan shamol ta’sirida turli shakllarda to`plangan nurash maxsulining yig`indisiga eol (shamol) yotqiziqlari deyiladi. Eol yotqiziqlari dengiz va daryo qirg`oqlariga yaqin bo`lgan joylarda ham bo`ladi. Eol yotqiziqlari O`rta Osiyoning Qoraqum, Qizilqum va Muyinqum singari saxrolarida ko`pgina maydonlarni egallaydi, Orol bo`yi va Farg`ona vodiysida ham uchraydi. Bu yotqiziqlar mineralogik tarkibini asosan kvars tashkil etadi. Mexanik tarkibida ayniksa mayda qum zarralari (0,05-0,25 mm) ko`pdir. Saxrolardagi eol yotqiziqlari joyning relefi va shamol esish tezligiga ko`ra har xil barxanlar, dyunalar va qum tizma tepachalari kabi shakllar uchraydi. Eol yotqiziqlari engil mexanik tarkibli bo`lganligi sababli ularning fizik va suv xossalari uncha yaxshi emas. Tarkibida mineral va organik moddalar ham juda kam. Bu yotqiziqlar saxro hududiga xos cho`l tuproqlarning ona jinslari hisoblanadi.
Lyoss yotkiziklari.Lyosslar Janubiy va janubi—sharkiy hududlarda, O`rta Osiyoda shimoliy Qozokistonda, Xitoy va Mongoliyada katta maydonni egallaydi. Lyoss (Sog` tuproq) to`rtlamchi geologik davrda vujudga kelgan sarg`ish sur tusli yumshok va g`ovak holdagi karbonatli tog` jinsidir. Mexanik tarkibiga ko`ra qumoqli bo`lib, yirik qumoqli(0,05-,001) miqdori 50 prosentni, ba’zan undan ko`p miqdorni tashkil etadi. Loyka (0,001mm) juda oz va qum (0,25mm) zarralari deyarli uchramaydi. To`rtlamchi davr geologiyasini uzok yillar mobaynida tekshirgan O`zbekiston Fanlar Akademiyasining xaqiqiy a’zosi professor G.Mavlonov O`rta Osiyoning mayin tuproqlari ona jinsini lyoss va lyossimon jinslarga bo`ladi. U O`rta Osiyoda tarqalgan lyossning tarkibi, xossa va xususiyatlarini quyidagicha bo`lishini aniqlaydi: 1) lyossning tusi sarg`ish yoki och sariq rangda bo`ladi; 2) lyoss serg`ovak (45-60%), kovaklari diametri 3 mm gacha bo`ladi; 3) lyossning tarkibida, kalsiy va magniy karbonatlari ko`p bo`ladi; 4) lyoss mexanik tarkibida tosh, shag`al va yirik qum uchramaydi, balki yirik chang zarrachalar (0,05-0,01mm) 50-60 prosentni tashkil etadi, loyka gil (0,0005mm) zarrachalari esa 10 % atrofida bo`ladi; 5) lyosslar tikkasiga yorilish xususiyatiga ega va suv ta’sirida cho`kadi; 6) tarkibida suvda tez eriydigan tuzlar ko`p miqdorda bo`ladi; 7)tashqi ko`rinish jixatdan lyossga o`xshasa ham undagi xossalarga ega bo`lmagan jinslarga lyossimon jinslar deb aytiladi.
Tuproq hosil bo`lish jarayonini holati. Eng dastlabki, ya’ni birlamchi tuproq hosil bo`lish jarayoni er quruqlik qismida hayotning paydo bo`lishi ( bakteriyalar, lishayniklarning paydo bo`lishi) bilan bog`liq bo`lgan. Tog` jinslariga bakteriyalar, lishayniklarning ta’sir etishi bilan tuproq hosil bo`lish jarayoni ham boshlangan. O`simliklar dunyosi evolyusiyasi bilan birgalikda tuproq hosil bo`lish jarayoni ham rivojlanib kelgan. Uchlamchi davr oxiri, to`rtlamchi davr boshida er yuzining 50-60% i qismini muz bosishi natijasida bu mintaqalarda tuproq hosil bo`lish jarayoni deyarli to`xtab qolgan va to`rtlamchi davrgacha hosil bo`lgan tuproq qatlami nobud bo`lgan. Muz bosishi sodir bo`lmagan tropik va subtropik mintaqalarda uchlamchi davr tuproq qoplamining ma’lum qismi saqlanib qolgan. Muzlik davri tugashidan so`ng zamonaviy tuproq hosil bo`lish jarayoni boshlangan.
Nurash natijasida tog` jinslari dastlab ruxlyakka, so`ngra tuproq hosilqiluvchi ona jinsga aylangan. Ma’lumki, tog` jinslari nurashi jarayonida minerallar erigan shaklga aylanadi, o`simliklar esa eritmaga aylangan mineral birikmalardan o`zining yashash faoliyati uchun oziq moddalarni ola boshlaydi. Lekin suv eritmasiga o`tgan moddalar o`ta harakatchanligi tufayli o`simlikning doimiy oziqa manbai bo`la olmaydi, ular yog`ingarchilik tufayli nurash qatlamlaridan okeanlarga oqib tushib turadi. Iqlimi kontinental hududlarda oziq elementaring chiqib turishi juda yuqori bo`ladi. M.I.Lvovich m’lumotlarigi qaraganda erning quruqlik qismiga har yili 107000 km3 yog`ingarchilik tushadi, shundan 70700 km3xajmi bug`lanib turadi va 36300 km3xajmi okean va dengizlarga oqib tushadi.
V.Lopatinning ma’lumotlariga qaraganda har yili yog`ingarchilik, daryo oqar suvlari dengizga 17000 mlrd tonna har xil moddalarni oqizib, bu oqib borgan ulkan massa dengiz va okeanlarning tagida cho`kindi moddalarni barpo qilib, ular er ustki qobig`ining tektonik o`zgarishlarida yuqoriga ko`tarilib quruqlikni tashkil qilishgan. Nurashlar ta’sirida bu jinslardan oziq moddalar ajralib chiqishi va ulardan o`simliklar oziq modda sifatida foydalanishi mumkin. Bunday geologik uzoq davom etgan moddalar aylanishining takrorlanib turishini moddalarning katta geologik aylanishi deyiladi. Lekin bir nurash ta’sirida tog` jinslaridan paydo bo`lgan g`ovak jinslar tuproq unumdorligini ta’minlay olmaydi. Bu xossa faqat tuproq hosil qiluvchi jarayon natijasidagina vujudga keladi.Tuproq hosil bo`lish jarayoni tog` jinslariga tirik organizmlar o`rnasha boshlashi va organik moddalar tuplanishi sodir bo`lishidan boshlanadi. Dastlab bakteriyalar, suv o`tlari, lishayniklar va moxlar o`rnashib, o`larning yashashi uchun qulay sharoit paydo bo`la boshlaydi. Bu organizmlarning hayot faoliyati tufayli organik moddalarning intensiv tuplanishi sodir bo`ladi va ularning yuqori gorizontlarida muhim oziq elementlar P, K, Cа, Mg va boshqlar hamda tog` jinslarida uchramaydigan azot ham to`planadi.
O`simliklar ildizi g`ovak , chuqur qatlamlarga kirib borib undan o`ziga kerakli oziq moddalarni o`z tanalarida murakkab organik birikmalarga aylantirib, ularni yog`ingarchilik tufayli yuvilib ketishidan saqlaydilar. O`simliklarning nobud bo`lishidan so`ng bu elementlarning ma’lum qismi, organik qoldiqlarning chirishi natijasida tuproqda gumus modda sifatida o`rnashib qoladi va boshqa avlod o`simliklar tomonidan foydalaniladi. Bunday har yili takrorlanib turadigan yangi o`simlik avlodi va tuproq g`ovak jinsi o`rtasidagi modda almashinuviga moddalarning kichik biologik aylanishi deb yuritiladi. Natijada ona jins yangi sifatga, ya’ni unumdorlikga ega bo`lib, bu faqat tuproqga xos xususiyatdir. Shunday qilib tuproq hosil bo`lish jarayoni asosida biologik aylanish turadi. Biologik aylanish kancha intensiv bo`lsa, elementlar katta geologik aylanish uchun shuncha kam sarflanadi.
4-jadval.
Tuproq hosil bo’lishining umumiy sxemasi (M.A.Glazovskaya)
Dostları ilə paylaş: |