Guliston Davlat Universiteti Sirtqi Bo’limi saa-1-21 guruh talabasi Akbarov Bekzodning Tuproq biologiyasi va kimyosi fanidan tayyorlagan taqdimot ishisi



Yüklə 425,09 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü425,09 Kb.
#187051
  1   2   3
Guliston davlat universiteti

Guliston davlat universiteti

Guliston Davlat Universiteti Sirtqi Bo’limi SAA-1-21 guruh talabasi Akbarov Bekzodning Tuproq biologiyasi va kimyosi fanidan tayyorlagan taqdimot ishisi

Mavzu: tuproq mikroorganizmlari va hayvonlar orasidagi munosabatlar

REJA:

1.Tuproq mikroorganizmlari haqida umumiy ma’lumot

2. Mikroorganizmlar va hayvonlar orasidagi o’zaro munosabatlar

Tuproq mikroorganizmlari haqida

Mikroorganizm yoki Mikrob (grekchamikros — kichik, bios — hayot) — mikroskopik oʻlchamdagi organizm boʻlib, u bir hujayrali yoki hujayralar koloniyasi sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Mikroorganizmlarga bakteriyalaraktinometsitlar, achitqilar, viruslar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va boshqalar kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproqsuv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2–3 milliardgacha mikroorganizmlar boʻladi. Mikroorganizmlarning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha boʻladi. Mikroorganizmlarning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina mikroorganizmlar bir hujayrali, baʼzilari, masalan, mogʻor zamburugʻlari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega.

Mikroorganizmlar, odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi Mikroorganizmlar ham mavjud. Mikroorganizmlar tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Mikroorganizmlar tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. Mikroorganizmlar oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (masalan, karbonat angidrid gaziammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot toʻplovchi mikroorganizmlar va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. Mikroorganizmlar fosforazotuglerodoltingugurttemir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. Mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi.[1]


Yüklə 425,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin