5-sinf imtihon №1 Mexanik to`qimani aniqlang ?



Yüklə 39 Kb.
tarix31.08.2023
ölçüsü39 Kb.
#141215
5-SINF BOTANIKA IMTIHON 2


5-SINF IMTIHON №1
1. Mexanik to`qimani aniqlang ?
a) lub, yog`ochlik b) epidermis , yog`ochlik
c) o`tkazuvchi, epidermis d) qoplovchi ,o`tkazuvchi
2.O`simlikdagi tolalar qanday to`qimani hosil qiladi ?
a) qoplovchi b) o`tkazuvchi c) asosiy d) mexanik
3.O`simliklarning yashil rangini beruvchi organoidini aniqlang.
a) mitoxondriyalar b) golji majmuasi
c) ribosoma d) plastidalar
4. Mexanik to'qimalar o'simlikning qaysi qismida ko'proq uchraydi?
a) gul, meva, po'stloq b) po'stloq, gultojbarglar c) ildiz, poya, barg d) ildiz, poya
5. Hosil qiluvchi to'qima o`simliklarning qaysi qismida bo`ladi?
1. bargida 2. ildiz qinchasida 3. ildizpoyada 4. o'sish konusida 5. poyaning
o'tkazuvchi qismida 6. kambiyda 7. lub tolalarida 8. yog'ochligida 9. o'zakda
a) 1.3.5 b) 2.4.6 c) 3.5.7 d) 7.8.9
6. To`qima deb nimaga aytiladi?
a) tuzilishi va bajaradigan vazifasi bir xil bo`lgan hujayralar yig`indisi
b) tuzilishi va bajaradigan vazifasi har xil hujayralar to`plami
c) tuzilish har xil,bajaradigan vazifasi bir xil hujayralar to`plami
d) tolalar yordamida birikkan hujayralar to`plami
7. O'simlik organlari tarkibiga qanday to'qimalar kiradi?
a) hosil qiluvchi, qoplovchi
b) qoplovchi, o'tkazuvchi
c) hosil qiluvchi, mexanik , qoplovchi, po`stloq, asosiy
d) o`tkazuvchi, hosil qiluvchi, mexanik , qoplovchi , asosiy
8. Qaysi to'qima hujayralarida boshqa turdagi to'qimalar hosil bo'ladi?
a) g'amlovch to'qima b) hosil qiluvchi
c) mexanik to'qima d) o'tkazuvchi to'qima
9. Sklerenxima bu...
a) asosiy to`qima hujayralari
b) qoplovchi to`qima hujayralari
c) mexanik to`qimani o`lik hujayralari
d) mexanik to`qimani tirik hujayralari
10. Havo ildizlari epidermisining ostidagi etli qavat qaysi to`qimadan tashkil
topgan?
a) g`amlovchi b) qoplovchi c) hosil qiluvchi d) asosiy
11. Nok, behi etidagi qattiq donachalar,danakli mevalar qobig`idagi hujayralar
qaysi to`qimaga kiradi?
a) jamg`aruvchi b) o`tkazuvchi c) hosil qiluvchi d) mexanik
12. Kollenxima (1) va sklerenxima (2) hujayralarining farqini ko`rsating?
a)tirik; b)o`lik; c)o`simliklarning harakatini taminlovchi
a) 1.a 2 .b b) 1.b 2 .c c) 1.c 2.a d) 1.c 2.b
13.Uchki va yon to'qimalarga ajraladigan to'qimani aniqlang.
a) jamgaruvchi b) ajratuvchi c) mexanik d) hosil qiluvchi
14. Asosiy (I) va mexanik (II) to'qima xillarini ajrating.
a. yog'ochlik tolalari; b. jamg'aruvchi; c. uchki; d. assimlyatsion; e. lub tolalari;
g.yon
a) I-b,e II-a, e, b) I-b, d, II-a,e c) I-a,d II-e,g d) I-a,e II-d,g
15. Jamg'aruvchi to'qima asosan qaysi hujayralardan tashkil topgan?
a) olik parenxima b) tirik parenxima
c) o'simlikning bo'yiga osishini taminlaydigan tirik hujayralar
d) qalin qobiqli, o'lik hujayralar
16. Ildizmeva hosil qiladigan o'simliklarni belgilang.
a) kartoshka, rediska, sabzi lavlagi, sholg`om b) piyoz, rediska, yeryong`oq, sabzi
c) sabzi, lavlagi, rediska, sholg`om d) turp, sabzi, piyoz, sholg`om
17. Ildiz tukchasi necha kun yashaydi?
a) 2-4 kun b) 5-6 kun c) 10-12 kun d) 10-15 kun
18. Ildiz tukchalari joylashgan qismni ko`rsating.
a) o'suvchi qism b) so'ruvchi qism c) o'tkazuvchi qism d) ildiz qinchasi
19. Poya va bargdan hosil boladigan ildiz qanday ataladi?
a) asosiy b) yon c) qo'shimcha d) asosiy,yon
20. O'q ildiz sistemasiga ega bo'lgan o'simliklar guruhuni aniqlang.
a)bug'doy, sholi, makkajo'xori
b)g'oza,pomidor,yantoq
c)tok, bug'doy, baqlajon
d)g'ozpanja,g'umay,ayiqtovon
21. Ildiz qismlari qanday tartibda joylashgan?
1. o'tkazuvchi qism 2. ildiz qinchasi 3. so'ruvchi 4.o'suvchi
a) 2.1.3.4 b) 2.4.3.1 c) 4.2.1.3 d) 2.3.1.4
22. Ildizning qaysi qismidagi hujayralar doimiy ravishda yangilanib turadi?
a) ildiz qinchasi b) o'sish c) shimish d) o'tkazish
23. Ildiz tuklarining tuzilishini aniqlang.
1. bir hujayrali 2. ko'p hujayrali 3. yupqa pardali 4. qalin pardali 5.yadroli 6.yadrosiz
7. sitoplazmali 8. hujayra shirasi, vakuolasi bor 9. vakuolasiz
a) 1.4.5.7.8 b) 1.3.5.7.8 c) 2.3.6.7.8 d) 1.3.6.7.9
24. Ildizning po'stloq hujayralarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
1.tirik 2.yumaloq 3.yupqa qobiqli 4.o'lik 5.yadrosiz 6.kubsimon 7.qalin qobiqli
a) 1.2.3 b) 4.2.3 c) 1.6.7 d) 4.6.3
25. Popuk ildizli o'simliklar guruhini belgilang.
a) sholi,bugdoy,tariq
b) makkajoxori,tariq,bangidevona
c) tariq,gumay,ituzum
d) yantoq,uzum,mosh
26. O'simliklar ildiz sistemasini hosil qiladi.
a) asosiy, yon ildizlar
b) popuk, yon ildizlar
c) asosiy,qo'shimcha ildizlar
d) bir o'simlikni ildizlar yig'indisi
27. Quyida berilganlardan popuk ildizli o'simliklar guruhini aniqlang
a) piyoz, lola, sarimsoq piyoz, sholi
b) kartoshka, pomidor, g'o'za, beda
c) baqlajon, ukrop, yeryong'oq
d) sholi,suli, sachratqi, qushqo'nmas
28. Ildizmeva ildizning qaysi qismidan hosil bo`ladi?
a) yon ildiz b) qo'shimcha ildiz
c) ildiz bachkisidan d) asosiy ildiz
29.Quyida keltirilgan hususiyatlar qaysi hujayraga tegishli:
Yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadro?
a) ildiz tukchalari b) ildiz po'stlog'i c) o'tkazuvchi naylar d) uzun hujayralar.
30. Ildizga xos bo'lmagan xususiyatni ko'rsating.
a) yon ildiz hosil qilish b) oziq moddalar to'plash
c) barg hosil qilish d) tukchalar bo'lishi
Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin