5-SINF ONA TILI DARSLIGINING TUZILISHI VA MAZMUNI
Berdimuratova Madina Xayrullayevna
Jizzax Davlat pedagogika institute
O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi
II
bosqich magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada 5-sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari
hamda amaldagi 5-sinf darsligining tuzilishi va mazmuniga doir mulohazalar
berilgan.
Kalit so‘zlar: darslik, 5-sinf, topshiriq, mashq, matn.
Ma’lumki, ta’lim sifatini oshirishda ta’lim
beruvchining ilmiy salohiyati,
pedagogik mahorati, ta’lim oluvchining munosabati bilan bir qatorda ta’lim
vositalari ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim vositalari orasida eng ko‘p
foudalaniladigani, shubhasiz, darsliklardir. Amaldagi 5-sinf
ona tili darsligi
N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva, D.Mannopovalar
hammuallifligida yaratilgan bo‘lib, ”Kirish” va “Takrorlash” dan keyin “Fonetika.
Grafika”, “Talaffuz va imlo me’yorlari”, “Leksikologiya”, va “O‘quv yili oxirida
takrorlash” nomli boblarga ajratilgan 136 ta darsdan iborat. Darslik ko‘rinishi,
dizayni jihatdan 5-sinf o‘quvchilari uchun mos. Shuningdek, darslikni o‘rganish
davomida Komiljon va Donoxon ismli ramziy bolakaylarning hamroh qilib
qo‘yilishi ham yaxshi g‘oya. Shuningdek, mashqlar orasida o‘quvchilarga notanish
bo‘lgan so‘zlar lug‘at shaklida berilib, izohlangan. Masalan,
Topshiriq. Matnni diqqat bilan tinglang.
Tabiat va biz
Bugungi kunda tabiat insonning yordami va g‘amxo‘rligiga muhtoj ekanini
barchamiz yaxshi bilamiz. Buning boisi – tabiatga g‘ayriinsoniy munosabat. Uzoq
yillar davomida ishlab chiqarish munosabatlarining noto‘g‘ri tashkil etilgani
tufayli ko‘plab ekologik muammolar vujudga keldi.
Ekologik muammolar tabiat qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona aralashish
oqibatida kelib chiqadi. Masalan, yirik zavod, fabrikalardan turli zararli
gazlarning chiqishi natijasida atmosferadagi ozon qatlami yirtiladi, hosil bo‘lgan
tuynuk hozirgi paytda butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Buning natijasida
quyoshdan keladigan turli zararli nurlar yemirilgan ozon qatlamining tuynugi
orqali tozalanmay, to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga tushmoqda.
Bilasizki, ona yurtimiz – dunyoda tengsiz go‘zal makonlardan biri. Purviqor
tog‘lari, daryo va ko‘llari, musaffo osmoni, yam-yashil dalalari, bir so‘z bilan
aytganda, butun tabiati har qanday insonni maftun etadi. Uni asrab-avaylash,
kelajak avlodga bus-butun yetkazish siz va bizning qo‘limizda.
(
“Tabiatni asrash – o‘z qo‘limizda” risolasidan)
Matndan so‘ng quyidagi lug‘at beriladi hamda lug‘at bilan tanishish, izohlariga
e’tibor berish va matndan shu so‘zlar ishtirok etgan gaplarni ko‘chirish vazifasi
beriladi: