5-sinf ona tili darsligining tuzilishi va mazmuni



Yüklə 314,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix07.06.2023
ölçüsü314,42 Kb.
#126216
1   2
883-Текст статьи-2101-1-10-20210326

Lug‘at: atmosfera – Yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon 
qobiq; ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz; ozon qatlami 
atmosferadagi kislorodli qobiq; ekologiya – odam va tabiat munosabatini 
o‘rganuvchi fan; purviqor – go‘zallik va viqorga boy.[1:37]
Bizningcha, matnni diqqat bilan tinglagan va so‘zlar izohi bilan tanishgan 
o‘quvchidan shu so‘zlar ishtirokida boshqa gaplar tuzish vazifasi berilsa ham yaxshi 
samara beradi. Shunda o‘quvchi yangi o‘zlashtirgan so‘zlarini o‘z nutqida to‘g‘ri 
qo‘llash malakasiga ega bo‘lib boradi. Quvonarlisi, yangi darslikda matn va lug‘at 
ustida ishlashga alohida darslar ajratilgan. 
Biz tadqiqotimiz davomida 5-sinf ona tili darsligidagi mashq va 
topshiriqlarning o‘quvchilardagi og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishga qanchalik 
xizmat qilishini o‘rganib chiqishga harakat qildik. Mashqlarning ko‘pgina qismini 
o‘quvchilarning ijodkorligini o‘stirish uchun xizmat qiluvchi o‘tilgan mavzuga mos 
bayon, hikoya, kichik matn kabilarni tuzish topshiriqlari berilgan, lekin bunday 
topshiriqlarga grammatik vazifa ham yuklatilgan bo‘ladi. Masalan, 5-sinf ona tili 
darsligidagi “So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar” mavzusining 
94-mashqida buni ko‘rishimiz mumkin: “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusida 
matn tuzing. Unda so‘roq olmoshlari ishtirok etgan so‘roq gaplardan 
foydalaning”.[1:30] 
O‘quvchilarning ko‘pchiligi uyda kimningdir yordamida matn tuzishadi, 
undagi so‘zlarning grammatik vazifasiga e’tibor bera olmaydi, yoki bunday 
qo‘shimcha topshiriq ularni chalg‘itadi.Shunday ekan, matn tuzish uchun berilgan 
topshiriqlarda o‘quvchilarning diqqatini bir tomonga yo‘naltirgan mavzularga 
qaratish lozim, ya’ni ular uchun qiziq bo‘lgan sarlavha asosida matn yaratish 
topshirig‘i berilishi va unda asosan, mazmunga e’tibor qaratishlari kerakligi aytilishi 
lozim. Nutqni o‘stirishda ularning lisoniy malakasini va qiziqishlarini hisobga olgan 
holda o‘quv topshiriqlarini berib boriladi.
Darslikda berilgan ”Internet to‘g‘risida ma’lumot”[1:28], birinchi robot 
haqidagi faktlar, ”O‘zbekni mashhur qilgan alla pinin” kabi ko‘plab matnlar 
o‘quvchilarni qiziqtirish bilan birga so‘z boyligi oshishiga ham sezilarli ta’sir qiladi.
5-sinf o‘quvchilarida matn yaratish malakalari ham ancha shakllangan bo‘ladi. 
Agar bolalar birinchi sinfning oxirida 10 – 12 so‘z, 2- sinfda 12 – 20 so‘z, 3-sinfda 
20 – 30 so‘z, 4-sinfda 30 – 40 so‘zdan iborat matn hosil qilishga erishgan bo‘lsalar, 


bu yoshda ular 40 - 45 so‘zdan iborat matn yaratish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. 
Shu imkoniyatlar asosida ulardan olinishi mo‘ljallanayotgan yozma matnlardagi 
so‘zlar miqdoriga ham e’tibor berilishi zarur. 
5-sinf o‘quvchilarini matn yaratishga tayyorlashda o‘quvchi tafakkuri, idrok va 
xotirasi, nutqiy salohiyatini o‘stirishga qaratilgan quyidagi psixolingvistik 
topshiriqlardan ham foydalanish mumkin: 
1. Matndan takror ishlatilgan so‘z va so‘z birikmalarini topib, to‘g‘rilang 
va ularning o‘rniga mos boshqa so‘zlarni qo‘ying. 2. Mazmunga mos keladigan 
maqol, hikmatli so‘z, iboralarni topib, matn tarkibiga kiriting. 3. Berilgan matn bilan 
qayta ishlangan matnni qiyoslang, ular o‘rtasidagi farqni toping. 4. Matndagi 
chetdan o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘zbek tilidagi muqobili bilan almashtiring. 5. 
Matnga siz kiritgan tuzatish shu matn uchun qanchalik zarur bo‘lganini isbotlang. 
Darsliklarda berilgan maqollar, she’rlar va nasriy asarlardan keltirilgan 
parchalarni muntazam o‘qib borish, ulardan zarur joylarini ko‘chirib olish, parchalar 
yodlash, matn yuzasidan turli yozma ishlar olib borish yozma nutqni o‘stirishga 
yordam bеradi. 
Umuman olganda, yangilangan darslikka zamon talablaridan kelib chiqib, anchagina 
ijobiy o‘zgarishlar kiritolgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili. Umumta’lim maktablarining 5-sinfi 
uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi– 
Toshkent: 2020. 
2. Muhitdinova H. Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili o‘qitilishi uzluksizligini 
ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish. P.f.d. diss. – 
Toshkent, 2011. 
3. Sattorova N. O‘quvchilarning insho yozish malakalarini shakllantirish. P.f.n. 
diss. – Toshkent: 1995. 

Yüklə 314,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin