Lug‘at: atmosfera – Yerni va boshqa planetalarni o‘rab
turgan gazsimon
qobiq;
ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz;
ozon qatlami
– atmosferadagi kislorodli qobiq;
ekologiya – odam va tabiat munosabatini
o‘rganuvchi fan;
purviqor – go‘zallik va viqorga boy.[1:37]
Bizningcha, matnni diqqat bilan tinglagan va so‘zlar
izohi bilan tanishgan
o‘quvchidan shu so‘zlar ishtirokida boshqa gaplar tuzish vazifasi berilsa ham yaxshi
samara beradi. Shunda o‘quvchi yangi o‘zlashtirgan so‘zlarini o‘z nutqida to‘g‘ri
qo‘llash malakasiga ega bo‘lib boradi. Quvonarlisi,
yangi darslikda matn va lug‘at
ustida ishlashga alohida darslar ajratilgan.
Biz tadqiqotimiz davomida 5-sinf ona tili darsligidagi mashq va
topshiriqlarning o‘quvchilardagi og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishga qanchalik
xizmat qilishini o‘rganib chiqishga harakat qildik. Mashqlarning ko‘pgina qismini
o‘quvchilarning ijodkorligini o‘stirish uchun xizmat qiluvchi o‘tilgan mavzuga mos
bayon, hikoya, kichik matn kabilarni
tuzish topshiriqlari berilgan, lekin bunday
topshiriqlarga grammatik vazifa ham yuklatilgan bo‘ladi. Masalan, 5-sinf ona tili
darsligidagi “So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar” mavzusining
94-mashqida buni ko‘rishimiz mumkin: “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusida
matn tuzing. Unda so‘roq olmoshlari ishtirok etgan so‘roq
gaplardan
foydalaning”.[1:30]
O‘quvchilarning ko‘pchiligi uyda kimningdir yordamida matn tuzishadi,
undagi so‘zlarning grammatik vazifasiga e’tibor bera olmaydi,
yoki bunday
qo‘shimcha topshiriq ularni chalg‘itadi.Shunday ekan, matn tuzish uchun berilgan
topshiriqlarda o‘quvchilarning diqqatini bir tomonga yo‘naltirgan mavzularga
qaratish lozim, ya’ni ular uchun qiziq bo‘lgan sarlavha asosida matn yaratish
topshirig‘i berilishi va unda asosan, mazmunga e’tibor qaratishlari kerakligi aytilishi
lozim. Nutqni o‘stirishda ularning lisoniy malakasini va qiziqishlarini hisobga olgan
holda o‘quv topshiriqlarini berib boriladi.
Darslikda berilgan ”Internet to‘g‘risida ma’lumot”[1:28],
birinchi robot
haqidagi faktlar, ”O‘zbekni mashhur qilgan alla pinin” kabi ko‘plab matnlar
o‘quvchilarni qiziqtirish bilan birga so‘z boyligi oshishiga ham sezilarli ta’sir qiladi.
5-sinf o‘quvchilarida matn yaratish malakalari ham ancha shakllangan bo‘ladi.
Agar bolalar birinchi
sinfning oxirida 10 – 12 so‘z, 2- sinfda 12 – 20 so‘z, 3-sinfda
20 – 30 so‘z, 4-sinfda 30 – 40 so‘zdan iborat matn hosil qilishga erishgan bo‘lsalar,
bu yoshda ular 40 - 45 so‘zdan iborat matn yaratish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
Shu imkoniyatlar asosida ulardan olinishi mo‘ljallanayotgan yozma matnlardagi
so‘zlar miqdoriga ham e’tibor berilishi zarur.
5-sinf o‘quvchilarini matn yaratishga tayyorlashda o‘quvchi tafakkuri, idrok va
xotirasi, nutqiy salohiyatini o‘stirishga qaratilgan
quyidagi psixolingvistik
topshiriqlardan ham foydalanish mumkin:
1. Matndan takror ishlatilgan so‘z va so‘z birikmalarini topib, to‘g‘rilang
va ularning o‘rniga mos boshqa so‘zlarni qo‘ying. 2. Mazmunga mos keladigan
maqol, hikmatli so‘z, iboralarni topib, matn tarkibiga kiriting. 3. Berilgan matn bilan
qayta ishlangan matnni qiyoslang, ular o‘rtasidagi farqni toping. 4.
Matndagi
chetdan o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘zbek tilidagi muqobili bilan almashtiring. 5.
Matnga siz kiritgan tuzatish shu matn uchun qanchalik zarur bo‘lganini isbotlang.
Darsliklarda berilgan maqollar, she’rlar va nasriy asarlardan keltirilgan
parchalarni muntazam o‘qib borish, ulardan zarur joylarini ko‘chirib olish, parchalar
yodlash, matn yuzasidan turli yozma ishlar olib borish yozma nutqni o‘stirishga
yordam bеradi.
Umuman olganda, yangilangan darslikka zamon talablaridan kelib chiqib, anchagina
ijobiy o‘zgarishlar kiritolgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili. Umumta’lim maktablarining 5-sinfi
uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi–
Toshkent: 2020.
2. Muhitdinova H. Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili o‘qitilishi
uzluksizligini
ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish. P.f.d. diss. –
Toshkent, 2011.
3. Sattorova N. O‘quvchilarning insho yozish malakalarini shakllantirish. P.f.n.
diss. – Toshkent: 1995.