5-sinf ona tili diktant (umumtalim maktablari uchun) Ijodkor mehnati



Yüklə 37,14 Kb.
səhifə7/10
tarix14.12.2023
ölçüsü37,14 Kb.
#179778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-6-7-8-sinf diktant

6-SINF ONA TILI DIKTANT
(iztisoslashtirilgan maktablar uchun)
1-variant
Hadisi Sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik, insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita sifatida qaraladi. Ilm – bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi.
Ilm -- imon-e’tiqoddir va ular egizak sanaladi. Har qanday ilmli kishi esa o’z bilimiga amal qilgan holda odamlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, maslahat bermog’i lozim. Ilm-u hikmatlar o’tkinchi bir narsa emas, u uzoq yillar insonlar bilan birga yashaydi.
Hikmatlarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Ilm kishilarni odillik va odamiylikka undaydi. Suv yer chanqog’ini qondirganidek, ilm ham kishilarga ezgulik,yaxshilik keltiradi.
Ilm va hikmat o’rganmoq mo’min kishining yuksak fazilatidir. Chunki ilm-kishilarga tayanch, rahnamo, zeb-u ziynat.
Ilm - sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor.
(115 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)


7-SINF ONA TILI DIKTANT
(iztisoslashtirilgan maktablar uchun)
1-variant
KIYIKCHA
Sahro go`zallari bo`lgan kiyiklar bir- biri bilan inoq yashashadi. Lekin tashvishlari ham yo`q emas, ularni xavf- xatar doimo ta`qib etib turadi. Ular bo`ri bilan chiqisha olishmaydi. Shu boisdan ikki kiyik dam olyapti-yu, uchinchisi hushyor turib qo`riqchilik qilyapti.
Mana, kiyik birdan sergaklanib, quloqlarini ding qilib, ko`zlari besaramjonlandi. Bir nuqtaga uzoq tikilib qoldi. Nimanidir sezdi… Allaqanday sharpa… U bezovtalanib bir oyog`ini yerga tap- tap urdi, yotgan kiyiklar ustidan u yoqdan- bu yoqqa dikirlab sakrab, ularni yaqinlashayotgan xavfdan ogohlantirdi. Uyqusi buzilgan kiyiklar ham sergakla- nishdi. Hammalari u yoq- bu yoqqa alanglashdi- da, qochishga tushishdi. Iz olib kelayot -gan narsa chindan ham bo`ri edi, ko`rib qolib, darhol ta`qib etishga tushdi.
Bo`ri ovni qo`lga kiritish ilinjida bor kuchi bilan quvar, yetib olishga tirishardi. Kiyiklar esa jon talvasasida sahroning ich- ichiga kirib borishardi.
Bo`ri ta`qibi borgan sari kuchaydi. Kiyikcha toliqa boshladi. Shu sababli ancha ortda qoldi. Ota- onasi unga qaramay qochishardi. Kiyikcha ota -onasidan bir umr ajralib qolayotgandek his qildi o`zini. “Nega bunday qilishyapti..? Meni, yolg`iz bolasini, tashlab ketishyapti- ya! Nahotki rahmlari kelmasa, qoldirib ketishga ko`ngillari dosh bersa? Holimga achinishmasa? Hoy, biroz sekinroq yursanglar-chi! Butunlay toliqib qolayozdim- ku! Oyijon, otajon! Nahot, menga qaramay, ketib qolsalaring! Picha sabr qiling,yetib olay! Tashlab ketmanglar!..
O`z kuchini yig`ib, jon- jahdi bilan yugurdi. Lekin oyoqlari sira ilgari bosmasdi. Negadir orqaga tortayotgandek tuyulardi unga. Shu lahzada uning xayoliga bir fikr keldi. “Ota- onam izidan borish shartmi menga? Ular- ku, menga sira qarashmay qochishyapti. Men ham boshqa yo`ldan qochsam nima qipti?” Quyuq saksovulzor duch kelishi bilan kiyikcha o`zini shu panohgoh urdi- yu, arang jon saqlab qoldi. Bo`ri uni nazardan yo`qotdi va ota- onasini quvishda davom etdi. (286 so`z).

Yüklə 37,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin