5-SINF ONA TILI DIKTANT
(iztisoslashtirilgan maktablar uchun)
1-variant
CHUG’URCHUQ
Oldindan aytib qo’yay, men boshqa qushlar singari foy-
daliman . Ko’pchilik meni zararkunanda deb hisoblaydi. To’g’risi,gilos-u olcha, uzumni ko’rsam o’zimni to’xtata olmayman. Lekin ko’proq hashorat va qurt-qumursqalar bilan qornimni to’yg’izaman. G’arbiy Yevropada, Shimoliy Ameri-
kada, Janubiy-G’arbiy Osiyoda qishlayman. O’zbekistonga fevral oyining oxirlarida uchib kelaman. Aprel -may oylarida 4 tadan 6 tagacha tuxum qo’yaman. Polaponlarim 14-15 kunda tuxumdan chiqishadi. Ularni ikki hafta tinimsiz turli xil hashoratlar bilan boqaman. Sentabr, oktabr oylarida yana qishlash uchun o’zga yurtlarga uchib ketaman.
Hurmatli yosh do’stim! Biz, chug’urchuqlar, in topishga
qiynalamiz . Bizga tezroq inlar yasa! Hozir ayni payti. Biz siz – yosh tabiatsevarlar yasagan inlarni juda yaxshi ko’ramiz.
5-SINF ONA TILI DIKTANT
(iztisoslashtirilgan maktablar uchun)
2-variant
Markaziy Osiyo
O`zbekiston O`rta Osiyoning bir qismidir. O`rta Osiyo esa Markaziy Osiyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. U Kaspiy dengizdan Yapon dengizigacha yetti ming kilometr va shimoldan janubgacha bir yarim ming kilometr cho`zilib ketgan bo`lib, yer yuzi quruqligining ulkan maydonini egallagan . Tibet tog`i bu katta o`lkani janubiy dengizlar ta’siridan pana qilib turgan bo`lsa, shimoldan Oltoy va Sayan tog`lari, Xingan tog`i Shimoliy muz okeani ta’siridan himoya qiladi.Tyanshan esa Markaziy Osiyoni ikkiga – g`arbiy va sharqiy qismlarga ajratadi. G`arbiy qismda asosiy maydonni Turon pasttekisligi, sharqiy qismda esa Buyuk Xitoy tekisligi egallagan.
Pomir va Tyanshanning keng muzliklari Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon singari yirik daryolar hosil bo`lishiga imkoniyat yaratgan va bu ajoyib o`lkaga hayot olib kelgan. O`rta Osiyo daryolari ichida Amudaryo eng sersuv bo`lib, u o`rtacha suv sarfi bo`yicha Dneprdan 1,2 baravar, Dondan esa uch baravar ustun turadi.
Dostları ilə paylaş: |