5-sinf ona tili test III chorak



Yüklə 22,06 Kb.
tarix18.01.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#79564
5 sinf ona tili 3 chorak test


5-sinf ona tili test III chorak
1.Xona,noma,poya,bop,ham,baxsh,kam,umum,rang ,mijoz kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma so’zlar qanday yoziladi?
A.Qo’shib yoziladi B.Ajratib yoziladi S.Chiziqcha bilan yoziladi D.chiziqchasiz yoziladi
2.Har , hech, bir,u,o’sha,hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan ….yoziladi.Nuqtalar o’rniga qaysi so’z qo’yiladi?
A.qo’shib B.ajratib S.chiziqcha bilan D.chiziqchasiz
3.Qaysi javobda bosh harflar yozilishi bilan bog’liq qoida to’g’ri berilgan?
1..Kishilarning ismi , otasining ismi,familiyasi,taxallusi bosh harhda yoziladi
2..Joy nomlari bosh harf bilan boshlandi 3.Muhim tarixiy sanalar va bayram nomlari bosh harf bilan yoziladi 4.Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi
A.1,2 B.2,3 S.1,2,3 D.1,2,3,4
4. .Qaysi javobda chiziqcha bilan yozish bilan bog’liq qoida to’g’ri berilgan?
1.Juft va takror so”zlar orasida chiziqcha ishlatiladi 2.Juft so’zlar orasida -u,-yu qo’shimchalari ishlatilsa ular 1-so’zdan ajratib yoziladi 3.So’zning –ma,ba- yordamida birlashgan shakllari chiziqcha bilan yoziladi 4.So’zga ma’no yuklovchi -chi, -a,-ya, -ku, -u,(-yu),-da, -e, -ey kabi so’zga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar chiziqcha bilan yoziladi 5.Bilan uchun singari so’zlarning qisqargan -la va –chun shakli chiziqcha bilan yoziladi.
A.1,2,3 B.1,2,3,4,5 S.4,5 D.1,3,4
5.Qaysi qatorda so’zlar ko’chirish qoidasiga ko’ra yozilgan?
A.u-ka, mu-do-fa-a, e’-lon, B.tad-bir-kor,kol-lej,ma’-lum S.pi-choq,den-giz,sin-glim
D.ing-liz,sha-har,Er-on
6.Tilshunoslikning so’z va uning ma’nolarini o’rganuvchi bo’limi qanday nomlanadi?
A.Morfologiya B.Fonetika S.Leksikologiya D.Orfoepiya
7.So’zlar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra necha turli bo’ladi?
A.2 B.3 S.4 D.5
8.Boyligi, ganjinasi, xazinasi sinonimik qatorida bosh so’z qaysi?
A.boyligi B.ganjinasi S. xazinasi D.bosh so’z mavjud emas
9.Aborigen so’zining ma’nosi qaysi javobda berilgan?
A.avstraliyalik B.tub joyliklar S.qit’a D.aholi
10.Atash va yozilishi bir xil bo’lib,turli atash ma’nolarini bildirgan so’zlarga … so’zlar deyiladi.Nuqtalar o’rniga qaysi so’z qo’yiladi?
A.sinonim B. omonim S.antonim D.paronim
11.Antonimlar birgalikda qo’llanib yangi so’z hosil qilishi mumkin bo’lgan so’zlar qaysi qatorda berilgan.1.yosh-u qari -barcha 2.achchiq-chuchuk – ovqat turi 3.uzoq-yaqindan – hamma yoqdan
A.1 B.1,2 S.2,3 D.1,2,3
12.Omonim so’zlar berilgan qatorni toping.
A.yosh,chog’,bog’,o’ta B.yutuq-kamchilik,chiroyli-xunuk S.ziyo,nur,yog’du D.arslon,sher,yo’lbars
13.Paronimlar bilan bog’liq xatolik qaysi gapda uchraydi?
A.U boshini ham qildi B.Biz oyoq afzal tikamiz S.U yerning nufusi juda qashshoq ekan
D.Ikkinchi xodim masalaga o’zgacha yondoshdi
14.Qaysi buyuk vatandoshimiz 861-yilda arab xalifasining topshirig’iga ko’ra Nil daryosi suvini o’lchaydigan nilometr qurilmasini yaratgan?
A.Abu Nasr Forobiy B.Al-Farg’oniy S.Amir Temur D.Mirzo Ulug’bek
15.Arxaik so’z qaysi qatorda berilmagan?
A.saltanat,cherik,sipoh, B.raiyat,dorug’a,ziroat S.valiahd,rabot,karvonsaroy D.hojib,degrez,yorg’ichoq
16.To’g’ri ma’lumot qaysi qatorda? 1.Robotlar haqida A.Navoiy “Farhod va Shirin”asarida satrlar uchraydi 2. “Farhod va Shirin” asarida televizor bilan bog’liq oynayi jahon haqida yozilgan 3. “Sab’ai sayyor”asarida escalator va lift bilan bog’liq farazlar uchraydi
A.1 B.1,2 S.2,3 D.1,2,3
17. “Tangri jamoli” ma’nosini anglatuvchi shahar qaysi?
A.Buxoro B.Xorazm S.Toshkent D.Samarqand
18. “Ming gumbaz shahri” ma’nosini bildiruvchi shaharni aniqlang?
A.Samarqand B.Buxoro S.Xiva D.Farg’ona
19.Qaysi ijodkorning taxallusi “tong yulduzi” degan ma’noni bildiradi?
A.Fitrat B.Qodiriy S.Cho’lpon D.Bobur
20.Tijorat,iqtisody ne’mat,resurs,tadbirkor qaysi yo’nalishga oid terminlar hisoblanadi?
A.geografiya B.iqtisodiy S.internetga D.aniq fanlarga
21.Izohi noto’g’ri yozilgan internetga oid terminni aniqlang.
A.fayl-kompyuterda ma’lumot saqlovchi diskning nomlangan shakli
B.Mem – mashhur bo’lib,bahsga aylangan g’oya yoki rasm
S.veb-sahifa – to’g’ridan to’g’ri mashg’ulot
D.avatarka – foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm
22.Aniq fanlarga oid terminlarga misol yozing.
23.ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid terminlarga misol yozing.
24.Qavm-qarindoshlik bilan bog’liq so’zlarga misol yozing.
25.Iboralarga misollar yozing.
Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin