Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi Bozorboyev Nurali Ashur o’g’li Yengil atletikani rivojlanish tarixi



Yüklə 175,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.06.2022
ölçüsü175,07 Kb.
#61399
  1   2   3
wrtcfvhbjnfk,ojmki



Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi 
Bozorboyev Nurali Ashur o’g’li 
1.Yengil atletikani rivojlanish tarixi 
Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan 
boshlanadi. 
Odamlar yurish
, yugurish sakrash va uloqtirishni tabiiy zarur 
harakatlar sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda 
qo‘llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va 
sportning bir turi sifatida rasm bo‘lganiga qadar ko‘p ming yillar o‘tdi. Ibtidoiy 
jamoa tuzumi davrida yengil atletika mashqlari odaml-arning mehnat faoliyati 
bilan bog‘liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o‘ta boshlashiga yaqin 
jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo‘la boshladi. Eng boy va uzoq 
umrli bunday sport to‘rini topish qiyin. Yengil atletika tarixini va o‘tmishini 
bilish bu yengil atletikadir. Yurish, sakrash va uloqtirish buning hammasi inson 
bilan birga tug‘ishgandir. Birinchi o‘yin va musobaqalar yengil atletikadan 
boshlangan. Arxeologik qozilmalardan ko‘rinib turibdiki, eramizdan oldin 
Osiyoda, Afrika, eski Misrda va yaqin Sharqda hamda Uzoq sharq o‘lkalaridagi 
mamlakatlarida yengil atletika bilan shug‘ullanganliklaridan so‘z boradi. Uning 
qizil yulduzi qadimiy Gretsiya shaharlaridan yondi. Yurish, sakrash va 
uloqtirish Greyiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa 
turlari qatori ular harbiy jismoniy tayyorgarlikda katta o‘rin egalladi va qabilalar 
hamda diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan bo‘ldi. Bunday 
tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpiya o‘yinlari hisoblanadi. Rivoyatlar, 
qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari, o‘yin o‘ziga xos jismoniy mashqlar 
ko‘p bo‘lganligidan dalolat beradi. Ko‘p manbalarda xalq turmushida tez 
yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, tosh uloqtirish va uchkurash mavjud 
bo‘lgani ko‘rsatiladi. 
Gretsiya 
olimpiya shaharchasi
, Zevs xramm oldida stadionlar, gimnastlar, 
polestri jismoniy tarbiya to‘garaklari o‘z ishini boshladi. Usha davrdagi urush 
yillari qabila-qabila bo‘lib urishadigan greklar stadionlarda ippadromlarda kelib 
shug‘ullanib bir- birlari bilan urushlari ham to‘xtab qoldi. 
Birinchi Olimpiada o‘yini 776 yil, eramizdan oldin bo‘lib o‘tdi. Uning 
dasturidan o‘rin olgan bir xil yugurish, ya’ni bir stadiy (192 m 27 sm) yugurish 
bo‘lib, bu yuguripshi Greklar "Dromos" deb ataganlar, 724 yil eramizdan 
oldingi XIV olimpiadasida ikki xil yugurish (ikki aylanish) "diaulos" deb 
ataladi. Uning uzunligi esa 385 m ga teng bo‘ladi. Strat beruvchini "geroldom" 
deb atagan. Kim oldin, singlandan oldin chiqib yugursa starter qattiq jazolagan. 


XIV Olimpiadasida uzoq masofalarga yugurishni "dolikos" (24 xil aylanish) deb 
ataganlar. 708 yil eramizdan oldingi XVIII olimpiadada besh kurash 
"Pentatlons" ya’ni u yugurish, otish va sakrashdan iborat edi. Shunday qilib 
qadimgi Gretsiyada yengil atletikaning hamma turlari keng qo‘llanila boshladi. 
Ularning tayyorgarlik ko‘rishlari hozirgi zamondagidek oldin va kuchli 
tayyorgarlik ko‘rar edilar. 
Start berilib
, qoidasi bo‘yicha yugurar edilar. Xar bir 
sportchi o‘z yo‘lkasi orqali yugurar edilar. G‘oliblarni aniqlashda yarim final va 
final yugurishlar bo‘lar edi. Uzunlikka sakrash ham olimpiada o‘yinlariga 
kiritilgan. Greklar disk va kopeni 3 kg dan 5,5 kg gacha uloqtirar edilar. Sparta 
shahrida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadigan sparta maktabi ochilgan u 
yerda harbiycha o‘tar edi. Faqatgina kuchli janglarni tarbiyalar edilar; Ular yetti 
yoshdan shunday usullarda tarbiyalab voyaga yetkazar edilar. Afina shahrida 
boshqacha usulda tarbiyalar edi. Bu yerda ilm va fan bilan birgalikda sport bir 
xil tus olgan edi. 16 yoshdan gimnaziyalarda ko‘p vaqtlarini jismoniy tarbiyaga 
ajratiladi. Bu esa ularni musobaqada aktiv qatnashganlari, greklar kuchli 
sportchilar yetishtirib berar edilar. Oxirgi asrlarda eramizdan oldingi yillarda 
sportchilarning "profitsional" yo‘nalishlar ya’ni "gladiator" majburiy 
yugurishlarda odam o‘ldirishga majbur qilar edi. 
Gretsiyada olimpiya o‘yinlarining to‘xtab qolish sabablari qo‘yidagicha, 
Rimliklar qo‘l ostiga o‘tib ketishi "kollonozmdir" 393 yil eramizdan oldin rim 
imperatori Feodesey 1 buyrug‘i bilan olimpiada o‘yin bayrami qilindi. XVIII 
asrlarda yana yengil atletika rivojlana boshlaydi. Olimpiya o‘yinlariga qiziqish 
uyg‘ona boshladi. Greyiya olimpiyadasi haqida o‘z ta’ssurotlarini nemis 
olimlari, jismoniy tarbiya ustozlari I.M.Gute-Muts (1759-1830) yilda va G.FIT 
(1785-1846) usullarda o‘z ta’ssurotlarini aytishdilar. Shavqatsiz eksplutatsiya 
bo‘sh vaqt va kerakligiga moddiy sharoit bo‘lmaganligi sababli xalqga jismoniy 
mashqlarning taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab o‘rta asr davrida 
hamma vaqt xalq jismoniy mashqlar an’anaviy o‘yin kulgilar harakterida bo‘lib, 
faqat bayram kunlari o‘tkazilar edi. O‘rta asrlarda yugurish sakrash va uloqtirish 
dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sistemasiga kiritilar, kundalik hayotda 
qo‘llanilar edi. Lekin bu yengil atletika sporti tashkil topishiga muhim ta’sir 
ko‘rsata olmadi. Chunki gimnasika sistemasida bu mashqlarning asosiy 
bo‘lmay, ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug‘ullanishi esa 
mehnatkash ammo imkoniyati chegaralangani uchun yengil atletika 
taraqqiyotiga to‘la ta’sir ko‘rsata olmadi. Yugurish sakrash va uloqtirish 
mustaqil jismoniy mashq sifatida va yengil atletika sportining muhim 
elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi. Bunga 
yoshlarning keng qatlamlari o‘rtasida bunday mashqlarga qiziqish o‘sganligi: 
burjuaziya ham o‘z hukmronligini kuchaytirish vositasi sifatida, jismoniy 
tarbiyaga ko‘proq qiziqa boshlagani sabab bo‘ladi. Burjuaziya kapitalistik 


korxonalari uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi 
uchun soldatlarga muxtoj edi. Bunga eski gimnastika sistemalar allaqachonlar 
to‘la yordam berolmay qolgan edi. Burjuaziya an’anaviy xalq o‘yin kulgilaridan 
olingan atletik mashqlarga e’tibor bera boshladi. Bo‘lar orasida takomillashish 
jarayonida sportga yugurish, sakrash 
va uloqtirish tusini olib
, yengil atletika 
sporti tarbiyaga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor 
edi. 
Hozirgi zamon yengil atletikasi Angiliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan 
oldinroq rasm bo‘la boshladi. XVIII asrda ippadromlarda, shaharlar orasidagi 
masofalarda yugurish ommalashdi. 1770 yilda bir soatlik yugurish 17 km 300 
metrni tashkil etdi. D. Todd degan yuguruvchi 1803 yilda Goshd-parkidon , 
Okebridj Roy oralig‘i bir teng 1 lij 10 sek bosib o‘tdi. XVIII asr o‘rtalarida 
kolledj o‘quvchilari va Universitet talabalari o‘rtasida musobaqalar bo‘lib 
o‘tadigan bo‘ldi. 1837 yil 2 kmga yaqin masofaga yugurishdan Resbi shahri 
kolledji o‘quvchilarining dastlabki musobaqalari bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay ularning 
tashabbusiga Iton, Oksford, Kembridj, London va boshqa shaharlardagi kolledj 
o‘quvchilari ham qo‘shildilar. Keyin musobaqalar dasturiga qisqa masofalarga 
yugurish to‘siqlar osha yugurish va og‘ir narsalarni uloqtirishni boshladilar. 
1851 yildan boshlab musobaqalar dasturiga yugurib kelib balandlikka va 
uzunlikka sakrash kiritiladi. Keyinchalik yengil atletika musobaqalari 
universitetlarda ham rasm bo‘la boshladi. Bu jihatdan Oksford va Kembridj 
universitetlari tashabbuskor bo‘ldilar. 1864 yilda bu o‘quv yurtlari o‘rtasida 
birinchi bor yengil atletika musobaqasi bo‘lib, keyin bunday musobaqalar xar 
yili o‘tkaziladigan bo‘lib qoladigan bo‘ldi. 1866 da Angiliya birinchiligi bo‘lib 
o‘tdi. 60 yillarda yengil atletika mashqlari bilan kattalar ham qiziqa boshladi. 
Angliya aristokratlari yengil atletika sporti bilan qiziqar edilar-u, lekin yugurish 
yo‘laklarida oddiy xalq bilan birga bo‘lishni istamas edi. Ayniqsa ular yugurish 
va yugurishdan ochiq musobaqalar deb ataladigan musobaqalarda qatnashishga 
goho-goho muyassar bo‘lib qoladigan "past" tabaqa vakillariga yutqazishga yo‘l 
quya olmas edilar. 
Shu munosabat bilan
, 1864 yilda Angiliya sport klublari 
"havaskorlik" to‘g‘risidagi nizom qabul qilib, yugurish yo‘lkalarida aristokratlar 
bilan mehnatkashlar uchrashmaydigan qilib qo‘ydilar. Shu nizomga asosan 
jismoniy mehnat vakillari profetsionallar deb e’lon qilinib ularning havaskorlari 
sport klubiga kirishlariga va havaskorlar bilan musobaqalarda qatnashishlariga 
yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ladi. 1865 yilda London atletik klubi to‘zilib, u yengil 
atletika sportini keng ommalashtira boshlaydi. Bu klub atletikadan mamlakat 
birinchiliklari o‘tkazar va havaskorlik to‘g‘risidagi nizomga rioya qilishni 
nazorat qilib turar edi. 1880 yilda Angiliyada havaskorlik yengil atletika 
assotsiatsiya to‘zilib, u Britaniya imperiyasida yengil atletikadan eng oliy organ 
xuquqini oladi. U Angiliyada uning dominionlari va koloniyalardagi barcha 
burjua yengil atletika klublarini birlashtiradi. Assotsiatsiya yengil atletika 
sportiga umumiy rahbarlik kiladi. Angiliya sportchilarini xalqaro 


musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlaydi. Fransiyada yengil atletikaning 
rivojlanishi 1879 yillarda, avvalo harbiy va grajdanlar (fuqarolar) letseylarida 
rivojlana boshlaydi. 1880 yildan boshlab letseylarda yugurishdan musobaqalar 
muntazam o‘tkaziladigan bo‘ldi. Shu yillarning 1880 oxirida Fransiya 
burjuaziyasi atletak sport Fransuz jamiyatlarining assatsiatsiyasi to‘zdi. -----
asrning ikkinchi yarmida yengil atletika sporti AQShda o‘z rivojini topa 
boshladi. AQSH da yengil atletikaning rivojlanishi 1868 yildan Nyu-York 
atletika klubi to‘zilib yengil atletikadan birinchi marta musobaqa o‘tkazilgan 
vaqtdan boshlanadi. Tez orada universitetlar yengil atletikaning taraqqiyot 
markazi bo‘lib qoladi. 1874 yilda Govard universitetida yengil atletikadan 
birinchi musobaqa bo‘lib utadi. 80-yillarda AQSH da universitetlar aro atletika 
ittifoqi bo‘lgan "Amerika havaskor yengil atletika milliy "assotsiatsiyasi" va 
mamlakatda yengil atletika rahbar organi "Amerika havaskorlar yengil atletikasi 
ittifoqi" vujudga keldi. Amerikada, ham Angiliya kabi birinchi profitsional 
yuguruvchilar chiqishdilar. Ma’lumki profsional yuguruvchi Ch.Rouell 12 
soatda 144 km 64 m ni yugurib o‘tdi. Birinchi yengil atletika musobaqalarini 
yopiq joyda Nyu-Yorkda Emnayyer ringidagi manejida 1868 yil bo‘lib o‘tdi. Bu 
musobaqa Angiliya programmasining o‘zginasi edi. 1871 yil Amerikada ochiq 
xavoda universitet birinchiligi bo‘lib o‘tdi. 1875 yilda esa mamlakat birinchiligi 
bo‘lib o‘tdi. Bir vaqtda AQSH va Angiliya yengil atletikaning rivojlanish 
boshqa Yevropa mamlakatlaridan ham keng tarqala boshladi. Birinchi 
Fransiyada keyinchalik Germaniyada, Skandinoviya mamlakatlarida keng 
tarqala boshladi. Germaniyada birinchi yengil atletika musobaqalarini 1888 
yilda Berlindagi va futbol klublari tashkil qilgan edi. Mustaqil yengil atletika 
klublari esa 1890 yillarda paydo bo‘ladi. 1898 yilda yengil atletika rahbar 
tashkiloti Germaniya yengil atletika boshqarmasi to‘zildi. Skandinaviya 
mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887 yilda 
Shvetsiyada, 1897 yilda Norvegiyada va 1906 yilda Finlyandiyada rasm bo‘la 
boshladi. Vengriyada, 
Polshada
, Chexoslavakiyada, Yugoslaviyada va boshqa 
Markaziy yevropa mamlakatlarida yengil atletika sporti ---- asrning 90 yillarida 
rivojlana boshladi. Ko‘p mamlakatlarda yengil atletikaning sport turi sifatida --- 
asr oxirlarida qabul qilina boshladi. Yengil atletika sporti taraqqiyotida qadimiy 
grek olimpiya o‘yinlarining qayta yo‘lga qo‘yilishi muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. 1895 yilda Afinada gimnastikadan olimpiyada o‘yinlariga o‘xshash 
musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa dasturiga yengil atletikaning ko‘p turlari 
kiritildi. Bu musobaqada qisqa masofaga yugurish, o‘rta masofaga yugurish, 
uzunlikka va balandlikka sakrash va nayza va disk uloqtirish kiritilgan edi. 
Birinchi olimpiada o‘yinlariga bizning davrimizda mashg‘ur Fransuz pedagogi 
va aktiv jamoatchi Pesr Kuberten asoschilaridan biridir. U kishi Fransiya sport 
federatsiyasining kotibi edi. U jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi uchun 
aktiv kurashdi. U kishining uylashicha sport butun jahon xalqlarini birlashtiradi 
va tanishtiradi. Dunyoda tinchlikni barqarorlashtiradi. Shuning uchun 


olimpiadaning 5 ta doirasi bor va 5 ta qit’ani birlamchi kuch deb izox bergan u 
kishi De Kubertening xizmati shundaki, u urushga qarama-qarshi siyosat 
yuritgan, hamda ozod mamlakatning olimpiada o‘yinlariga qatnashishga 
xuquqlidir deb uqtiradi. De Kubertening tashabbusi bilan 1894 yilda Parijda 
birinchi xalqaro sport kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu kongresda 34 mamlakatdan 
a’zo qatnashdi. Kongress birinchi olimpiada o‘yinlarini 1897 yil Gretsiyada 
o‘tkazishga qaror qabul qildi. Yana shu kongressda xalqaro olimpiada komiteti 
(x.o.k) to‘zib olindi. Uning tarkibida 12 ta mamlakatdan a’zo bor edi. Xalqaro 
olimpiya kometeti qonun chiqaradigan organ bo‘lib hisoblanadi. 1896 yildan 
hozirgacha 26 ta olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 
1916 yilda Berlinda "Germaniya" 
1940 yilda Tokio "Yaponiya" 
1944 yilda Xolsinkada "Filyandiya" da olimpiada o‘tkaziladi, chunki urush 
yillariga to‘g‘ri keldi. 
1928 yilgacha olimpiada o‘yinlarida faqat erkaklar qatnashar edi. 1928 yildan 
boshlab xotin-qizlar ham olimpiada o‘yinlarida qatnasha boshladilar. Vaqti 
bilan yengil atletika dasturi o‘zgarib turadi. 
11-Olimpiada-200 m metr qo‘shildi. 
3-Olimpiada- ko‘p kurash qo‘shildi. 
5- Olimpiadada 5 km, 10 kmga yugurish. 
Estafetali yugurish 4x100,4x400 yugurish qo‘shildi. Xotin-qizlarga ham 
Olimpiada o‘yinlariga kengaytirilgan dasturlar amalga kiritila boshladi. Agar 9-
Olimpiada o‘yinlarida 100 va 800 m yugurishdan 4x100 estafetasi balandlikka 
sakrash va disk uloqtirish to‘zilgan bo‘lsa keyinchalik 200,400 va 1500 ga 
yugurish , nayza uloqtirish to‘siqli yugurish va besh kurash kiritildi. Hozirgi 
davrda ayollar qo‘shimcha 4x400 estafeta va besh kurash o‘rniga yetti kurash 
bo‘yicha musobaqalashadi. 80 metrga to‘siqli yugurish 100 m to‘siqli 
yugurishga almashtirildi. Yildan yilga Olimpia o‘yinlari ommoviylashib bordi. 
Qatnashadigan mamlakatlar soni ko‘payib bordi. Birinchi olimpiada o‘yinlarida 
13 davlatdan 285 sportchi kelgan bo‘lsa, 10- olimpiada o‘yinlariga jahonning 
barcha burchaklaridan 81 mamlakatdan sportchilar qatnashdilar. Yengil atletika 
Olimpiya o‘yinlari eng ommaviy sport turidir. Unga eng ko‘p ishtirokchi va 
tomoshabinlari ko‘p. 1- Olimpiada o‘yinlarida Afinada 8 mamlakatdan 59 
yengil atletikachi qatnashdi. Ular yengil atletikaning 12 tur bo‘yicha kuch 
sinashdi. Asosiy Muvoffaqiyatni Amerikaliklar qo‘lga kiritdilar. Ular 9 ta 
dasturda birinchilikni qo‘lga kiritdilar. Greklar faqat marofon yugurishdan 


birinchi o‘rin oldilar. Olimpiada o‘yinlari uchun qayta tamirlangan 
oq marmarli 
stadion chiroyli
, lekin noqo‘lay edi. Yugurish yo‘laklari qisqa aylanishli, 
burilish va yuksakligidan natijalar yuqori emas edi. 2-Olimpiada o‘yinlari 
muvoffaqiyatsiz o‘tdi. U Parijda 1900 yilda o‘tdi. Usha vaqtda u yerda butun 
jahon ko‘rgazma utayotgan edi. Shu tufayli o‘yinlar juda uzoq vaqtga cho‘zilib 
ketdi. Olimpiadaga 1000 ta sportchi 20 davlatdan qatnashdi va yengil 
atletikaning 12 turi bilan ko‘paydi. 
3- Olimpiada o‘yinlari AQSH da o‘tkazildi. Ko‘pgina yevropa sportchilari Sent 
Puisga kela olmadi, o‘ziga mos raqib yo‘qligidan, Amerkaliklar ko‘p olimpiada 
tarixida Londondagi 9- o‘yinlar katta qadam bo‘ldi. Bu yerda ajoyib stadion 
qo‘rildi, qulay dastur to‘zildi va musobaqalar qoidasi to‘zildi. Oqibatda yaxshi 
natijalarga erishildi, va olimpiada rekordlari o‘rnatildi. Amerika sportchilaining 
muvoffaqiyatsizligi katta shov-shuv bo‘lib ketdi. Qisqa masofaga yugurishda 
ular bitta ham oltin medal ololmadi lekin boshqa turlardan birinchi bo‘lishdi. 
Musobaqalarda eng unitilmas faktlardan biri negr sportchisining oltin medal 
olishi va amerkalik sportchi Rey Yuri "rezina odam" ning balandlikda sakrashda 
birinchilikni olish edi. Yuri uchala olimpiadada ketma-ket qatnashib 8 ta medal 
oldi. 1912 yilda Xalqaro yengil atletika ishqibozlari federatsiyasi to‘zildi. 
Birinchi marta Fillandiyaliklar stayyorlari o‘zini ko‘rsatdilar. Stokgolm 
olimpiadasida Finn Kolexmaynen va fransuz J. Buen 5000 m ga yugurish 
bo‘yicha bellashgandagi, bellashuvi chinakam zo‘r tomosha bo‘ldi. 
Kolexmaynen 3 ta oltin va 1 ta kumush medal oldi. Kelgusi Olimpiada 
o‘yinlarida 8 yildan keyin 1920 yil Antvpenda bo‘lib o‘tdi. Shu o‘yinlarda 
olimpiada o‘yinlarining yigirma yilligiga bag‘ishlab P. Kuberten olimpiada 
emblemasi qilib besh birlashgan besh xalqa shaklini taklif kiritdi. Bu besh qita 
sportchilarining birikishini bildiradi. Uning taklifiga binoan oq olimpia bayrog‘i 
va qasamiyot matni tasdiqdan o‘tdi. Asosan olimpiada tashkilotchilarining aybi 
bilan yuqori darajada o‘tmadi. Antvert olimpiadasida asosiy voqea Finlyandiya 
sportchilarining chiqishi bo‘ldi. Ular to‘qqizta medal olishdi. Finn Pavo ---- 
yugurish bo‘yicha uch tur dasturida olimpia chimpioni bo‘ldi. 8- Olimpiada 
o‘yinlari Parijda o‘tdi. Bu safar Finlyandiya sportchilari yengil atletika 
dasturidan joy olgan 10 turdan oltin medal oldi. Bu esa Amerikaliklarga 
nisbatan ikkita kam. 1928 yilda Amsterdamda o‘tgan olimpiadada birinchi 
marta qatnashdi. Bu safar musobaqalarda 880 kishidan 120 tasi ayollar edi. 
Ko‘pgina oltin medallarni Amerikaliklar oldi. Lekin Finlandiyaliklar ham 
yaxshigina g‘alabalarga erishdilar. 10-chi olimpiada 1932 yilda Los-Anjelesda 
bo‘lib o‘tdi. Bu olimpiadani boshqalari bilan qiyoslaganda qatnashuvchilar 
kamroq bo‘ldi, lekin juda yuqori natijalar qayd etildi. 100 metrga yugurishda 
10,3 sek natijani ko‘rsatgan negr sportchi E. Talanning rekordi 1960 yilda kelib 
o‘zgardi. 11-Olimpiada o‘yinlari 1936 yil Berlinda o‘tkazildi. Bunda negr 


sportchisi D.Ouensning ajoyib o‘yini tarixga kirdi. U to‘rtta oltin medalga 
sazovar bo‘ldi. Millatchi fashistlar Germaniya tashviqotiga qarshi negr 
sportchilari bir necha oltin medal olib maxoratini ko‘rsatishdilar. Kelgusi 
navbatda olimpiada o‘yini 1948 yilda Londonda ikkinchi jahon urushidan so‘ng 
bo‘lib o‘tdi. O‘yinlarda yaxpsh natijalar ko‘rsatilmadi. Faqatgina Gollandiyalik 
sportchi ayol F. Blankers Kuani aytmasa, u to‘rtta oltin medalga sazovar bo‘ldi. 
15- Olimpiada o‘yinlari 1952 yil Xelsinkida o‘tdi. Bu olimpiada o‘yinlarida 9 ta 
jahon va 29 ta olimpiada rekordlari o‘rnatildi. 16-Olimpiada o‘yinlari 1956 yil 
Melburnda o‘tdi. Bunda 27 ta yangi olimpiada rekordlari o‘rnatildi, shundan 
oltitasi jahon rekordi edi. Eng yaxpsh natijalarga Xelsinkiga qaraganda 
amerikalik yengil atletikachilar erishdi. Shu olimpiada besh ming va o‘n ming 
yugurishda Vladimir Kuch ikkita oltin medalga sazovar bo‘ldi. 
Olimpiada o‘yinlari Rim shaxrida bo‘lib o‘tdi. Bu olimpiadada o‘rinlarni 
Vengriya, Polsha, Ruminiya yengil atletikachilari olib boshladi. Rim 
olimpiadasida Amerikalik yengil atletikachilari birinchi marta yutqaza 
boshlashdilar. 
Bu olimpiadasida qator Afrikalik yengil atletikachilar ham muvoffaqiyat keldi. 
Marofoncha yugurishda(42,196) 
Efiopiyalik yengil atletikachi Abiba Bekkina oltin medalga sazovar bo‘ldi, 18- 
Olimpiada o‘yinlari 1964 yilda Yaponiya poytaxti Tokioda o‘tdi. Tokio 
olimpiadasida 100 m va 200 ga yugurishda erkaklar hamda ayollar 
yangi 
olimpiada rekordini
 
o‘rnatdilar. R.Xeyyes 100m metrga 10,0 sek yugurib rekordni yangilagan 
bo‘lsa, 200 m yugurishdan 20,3 natija bilan G.KARR g‘olib bo‘lib, yangi 
rekord o‘rnatdi. V.Tayss 100 m yugurishda 
11,4 sek ko‘rsatgan bo‘lsa 200 m yugurishda E.Makgunyr 23,0 sek natija bilan 
rekord o‘rnatib birinchi o‘rinni oldi. 19-Olimpiada o‘yinlari 1968 yil Mexikoda 
o‘rganilmagan sharoitda dengiz satxidan 2240 metr balandlikda o‘tdi. Asosan 
katta o‘yinchilar kislorod yetishmasligi qisqa va uzoq masofaga yuguruvchilar, 
marofonchilarga va sportcha yuruvchilarga juda bilindi. Shu sharoitda esa 
sprinchilar va sakrovchilarga yaxshi ta’sir ko‘rsatdi. Mexikoda Afrika 
kontinetidan kelgan yengil atletikachilar juda yaxshi natijalar ko‘rsatdi. 
Keniyaliklar 3 ta oltin medal olib, kichkina davlatiga 49 ochko olib kelishdi. 
Xuddi shu yerda 
Keniyalik K.Keyno va tunislik Muhammad Gammudi uzoq, o‘rta, masofaga 
yugurishda kuchli, ekanliklarini isbotlashdi. "Asr sakrashi" nomini olgan 
Negrityanlik yengil atletikachi Robert Bimon 8, 90 sm jahon rekordini o‘rnatdi 
va oltin medalga sazovar bo‘ldi. 


Myunxenda 1972 yil 20 - Olimpiada o‘yinlari aloxida e’tiborga loyiq Mexiko 
va Myunxen Olimpiadasidagi 4 yillik oraliqda jahon yengil atletikasi kuchlar 
joylashishida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Germaniya sportchilari AQSH ning 
yengil atletikachilardan 
yadro itqitish
, langarcho‘p bilan sakrash kabi turlaridan 
o‘zib ketdi. Afrikalik yengil atletikachilar Kikeynova B.Dijitcho jahon 
stayyerlari va o‘rta masofaga yuguruvchilar uchun havfli raqib bo‘lib qolishdi. 
O‘yinlarda yengil atletikadan 12 jahon rekordi o‘rnatildi. Ukrainalik sportchi 
Valeyriy shov-shuvga sabab bo‘ldi. 100 va 200 m yugurishda 10,0 sek, 20,4 
sek, natija ko‘rsatib oltin medalga sazavor bo‘ldi. Odessalik N.Avilov 10 
kurashdan g‘olib bo‘ldi. P.Bragina esa 1500 m yugurishda eng kuchliligini 
ko‘rsatdi. Germaniyalik sportchilar ham katta muvoffaqiyatlarga erishdilar. 
YA’ni ayollar 100 m dan 800 m gacha bo‘lgan masofaga yugurishda g‘alaba 
qozonishdi. V.Norvich esa Amerikalik Langarcho‘p bilan sakrovchilarni yengib 
chikdi. Olipiyadada Afrika mamlakatlari yengil atletikachilari ham o‘sayotgan 
maxoratlarini ko‘rsatishdi. 1976 yil Monersalda o‘tgan 21- rus yengil 
atletikachilari imkoniyatlaridan pastroq o‘rinda chiqishdi. Ular AQSH va 
Germaniyadan so‘ng 3-chi o‘rinni egalladilar. 4 ta oltin, 4 ta kumush, 10 ta 
bronza medallariga sazovor bo‘la olishdi. 
Erkaklar o‘rtasida 400 va 800 m yugurishda kubalik yengil atletikachi 
A.Xuantorena yengib chiqdi. Ayollar o‘rtasida ko‘p oltin medallarni 
Germaniyalik yengil atletikachilar olib kelishdi. Olipiyada o‘yinlari tarixida 
1980 yil Moskvada o‘tgan o‘yinlar asosiy o‘rin egalladi. Birinchi marta Rus 
yengil atletikachilari ayollar o‘rtasida 100 m ga, erkaklar o‘rtasida 400m ga 
yugurishda, 4 x 100 estafeta (ayollar), 4 x 100 va 4 x 100 (erkaklar) orasida 
erishildi. Efiopiyalik Mirus Infteraning 5000 va 10000 m ga yugurib g‘alaba 
qozonganini qayd qilib o‘tmasa bo‘lmaydi. 23- Olimpiya o‘yinlarida 
ko‘pgina mamlakatlar siyosiy ziddiyatlar tufayli qatnasha olmadilar. Shuning 
uchun bu o‘yinlarda juda yaxshi natijalar ko‘rsatilmadi. Birgina 4 x 100 m 
estafetali yugurishda yaxshi natija ko‘rsatildi. To‘qson yildan buyon mavjud 
bo‘lgan olimpiyada o‘yinlari erkin yo‘lni bosib o‘tdi. Yengil atletika rivoji 
katta sharoitlari snaryadlar o‘zgarishi katta rol o‘ynaydi. Yugurish yo‘lkalari 
ham uzoq rivojlanishda bo‘ldi, oldin tuproqli, keyin cherivag 60- yil oxiriga 
borib, zamonaviy sintetik qoplamali yo‘laklar muvoffaqiyatlarga erishish 
ko‘pgina mamlakat murabbiylarining kollektiv bo‘lib faoliyat 
ko‘rsatganliklaridandir. Yengil atletika rivojlanishi boshlanishida xar bir 
xalqda yugurish, sakrash, 
uloqtirish
, maktablari bor edi, endi esa xalqaro 
murabbiylar birlashmalari tuzilganligi xar yili o‘z konfessini o‘tkazib 


turishini, yengil atletika sport turining takomillashish jarayoni bilinarli 
darajada tezlashdi. 

Yüklə 175,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin