3. Xorijiy mamlakatlarda yengil atletikaning rivojlanishi
Hozirgi zamon yengil atletika sporti Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan
oldinroq kirib keldi. 1837 yili bu yerda 2 km yaqin masofaga yugurishda Regbi
shahri kolleji o’quvchilarining daslabki musobaqalari bo’ldi. Ko’p vaqt
o’tmasdan boshqa shaharlarning kollej o’quvchilari ham ularning tashabbusiga
qo’shilishdilar. Keyin musobaqalar dasturiga qisqa masofada
yugurish
, to’siqlar
osha yugurish va og’ir narsalarni uloqtirish kiritilgan bo’lsa, 1851 yildan
boshlab musobaqalar dasturiga yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash
kiritildi.
1864 yilda Oksford va Kembrech univerisitetlari o’rtasida birinchi bor yengil
atletika musobaqasi bo’lib, keyinchalik har yili o’tkaziladigan bo’ldi. Musobaqa
dasturiga yugurishning olti turi, sakrashning ikki turi kiritilgan edi. Keyinchalik
programma bosqon uloqtirish va yadro itqitish bilan to’ldirildi.
60-yillarda yengil atletika mashqlari bilan kattalar ham qiziqa boshladilar.
Yengil atletika bilan aristokratlar sport klublarida shug’ullana boshladilar.
Angliya aristokratlari yengil atletika sporti bilan qiziqar edilar-u, lekin yugurish
yo’lkalarida «oddiy xalq» bilan birga bo’lishni istamas edi. Ayniqsa ular, yurish
va yugurishdan ochiq musobaqalar deb ataladigan musobaqalarda qatnashishga
goho-goho muyassar bo’lib qoladigan «past» tabaqa vakillariga yutqizishga yo’l
qo’ya olmas edilar.
Shu munosabat bilan 1864 yilda Angliya sport klublari «havaskorlik»
to’g’risida
nizom qabul qilib
, yugurish yo’lkalarida aristokratlar bilan
mehnatkashlar uchrashmaydigan qilib qo’ydilar. Shu nizomga asosan jismoniy
mehnat vakillari professionallar deb e’lon qilinib, ularning havaskorlar sport
klubiga kirishlariga va havaskorlar bilan musobaqalarda qatnashishlariga yo’l
qo’yilmaydigan bo’ladi.
1865 yilda London atletik klubi tuzilib, u yengil atletika sportini keng
ommalashtira boshlaydi. Bu klub yengil atletikadan mamlakat birinchiliklari
o’tkazar va havaskorlik to’g’risidagi nizomga rioya qilishni nazorat qilib turar
edi.
1880 yil Angliyada havaskorlar yengil atletika assosiasiyasi tuzilib, u Britaniya
imperiyasida yengil atletikadan eng oliy organ huquqini oladi. U Angliyadagi,
uning dominionlari va koloniyalaridagi barcha burjua yengil atletika klublarini
birlashtiradi. Assosiasiya yengil atletika sportiga umumiy rahbarlik qiladi,
angliya sportchilarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlaydi.
Fransiyada yengil atletika sport turi sifatida o’tgan asrning 70-yillarida, avvalo
harbiy va grajdanlar liseylarida rivojlana boshlaydi. 80-yildan boshlab
liseylarda yugurishdan musobaqalar muntazam o’tkaziladigan bo’ldi. 80-yillar
oxirida Fransiya burjuaziyasi atletik sport fransuz jamiyatlarining
assosiasiyasini tuzadi.
AQSHda yengil atletikaning ravojlanishi 1868 yildan, Nyu-York
atletika klubi
tuzilib
, yengil atletikadan birinchi marta musobaqa o’tkazilgan vaqtdan
boshlanadi. Tez orada universitetlar yengil atletikaning taraqqiyot markazi
bo’lib qoladi. 1874 yilda Govard universitetida yengil atletikadan birinchi
musobaqa bo’lib o’tadi. 80-yillar oxirida AQSHda universitetlararo atletika
ittifoqi bo’lgan «Amerika havaskorlar yengil atletikasi milliy assosiasiyasi» va
mamlakatda yengil atletika rahbar organi – «Amerika havaskorlar yengil
atletikasi ittifoqi» vujudga keladi.
Germaniyada birinchi yengil atletika musobaqalarini 1888 yilda Berlindagi
kroket va futbol klublari tashkil qilgan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa
90-yillarda paydo bo’ladi. 1898 yilda yengil atletika rahbar tashkiloti –
Germaniya yengil atletika boshqarmasi tuziladi.
Skandinaviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887
yilda Shvesiyada, 1897 yilda Norvegiyada va 1906 yilda Finlyandiyada rasm
bo’la boshladi.
Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya va boshqa Markaziy Evropa
mamlakatlarida yengil atletika sporti o’tgan asrning 90-yillarida rivojlana
boshladi.
Ko’p mamlakatlarda yengil atletika sport turi sifatida XIX asr oxirlarida qabul
qilinadi.
Yengil atletika sporti taraqqiyotida qadimiy grek Olimpia o’yinlarning 1896
yilda qayta yo’lga qo’yilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik
Olimpia o’yinlari sportning eng muhim turlaridan, shu jumladan, yengil
atletikadan xalqaro kompleks musobaqalar bo’lib qoldi.
1965 yilgacha Olimpia o’yinlari faqat 15 marta o’tkazilgan edi. Harbiy
harakatlar va boshqa sabablar bilan 1916
yilda Berlinda
, 1940 yilda Tokioda,
1944 yilda Xelsinkida o’tkazilishi mo’ljallangan Olimpia o’yinlari bo’lmay
qolgan edi.
Olimpia o’yinlarida yengil atletika musobaqalarining programmasi har doim
o’zgarib kelgan.
1928 yilda Amstyerdamdagi IX olimpiadada birinchi marta ayollar uchun
yengil atletika musobaqalari o’tkaziladi. Shundan keyingi barcha o’yinlarda
ham bu musobaqalarda o’tkazib kelinadi.
Hozirgi zamon Olimpia o’yinlari birinchi marta 1896 yilda Afinada bo’lgan edi.
Yengil atletika musobaqalarida atigi 12 mamlakat vakillari qatnashgan edi. Bu
o’yinlar ko’pchilik atletlarning sport natijalari va mashq bajarish texnikalari
past edi.
1912 yilda Stokgolmda (Shvesiya) bo’lib o’tgan V Olimpia o’yinlari yengil
atletika taraqqiyotida muhim bosqich bo’ldi. O’shanda yengil atletikaning ko’p
turlaridan qator yillardan beri o’zgarmay kelayotgan jahon va Olimpia
rekordlari yangilangan edi.
1912 yilda yengil atletikani rivojlantirishga va xalqaro musobaqalar o’tkazishga
rahbarlik qiladigan organ – Xalqaro yengil atletika havaskorlari federasiyasi
(IAAF) tashkil qilingan. Federasiyaning maqsadi – federasiya a’zolari o’rtasida
hamkorlik o’rnatish, ustav va xalqaro musobaqalar o’tkazish qoidasini ishlab
chiqishdan iborat edi.
Birinchi jahon urushidan keyin ko’p mamlakatlarda sport tushkun holatda edi.
Shuning uchun ko’p mamlakatlar 1920 yilda o’tkazilgan XII Olimpia
o’yinlarida qatnashmadi.
Bu o’yinlarda urushga qatnashmagan va mamlakatlarning vakillari
(amerikaliklar, shvedlar va finlar) tuzukroq natijalarga erishdilar.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o’rtasidagi qariyb hamma olimpiadalarda
yengil atletikadan Amerika Qo’shma SHtatlarining sportchilari katta
muvaffaqiyatlarga erishib keldilar. Fransiya, Angliya, Germaniya, Shvesiya va
Finlyandiya yengil atletikachilari ular bilan jiddiygina bellashar, ayrim turlarda
esa ulardan tuzukroq natijalar ham ko’rsatar edilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin yengil atletika sporti taraqqiyotida anchagina
o’zgarishlar bo’ladi. Bu davrda hamma mamlakatlar yengil atletikachilarning
yutuqlari
darajasi sezilarli yuksalgan
, bu sport turida kuchlar nisbati o’zgardi.
Sovet Ittifoqi boshchiligidagi sosialistik lager mamlakatlari sportchilari ayniqsa
katta yutuqlarga erishdilar.
Jahon yengil atletikasi taraqqiyotida Xelsinkida o’tkazil-gan XV Olimpia
o’yinlaridagi (1952 yil) musobaqalarning ahamiyati katta bo’ldi. Unda 70
mamlakat ishtirok etdi. Birinchi o’rinni AQSH yengil atletikachilari oldilar.
Olimpia musobaqalarida birinchi marta qatnashgan sovet yengil atletikachilari
ular bilan qattiq bellashib, ikkinchi o’rinni oldilar. Uchinchi o’ringa Angliya
sportchilari chiqdilar. Chexoslovakiya yengil atletikachilari ancha yaxshi
yutuqlarga erishdilar: E.Zatopek uzoq masofalarga yugurishda uch marta (5000,
10000 m va marafoncha) g’alabaga erishdi. D.Zatopkova nayza uloqtirishdan
jahon rekordi qo’ydi. Vengriyalik sportchi I.Chermak bosqon uloqtirishdan
yangi jahon va Olimpia rekordlari qo’ydi.
Melburndagi XVI olimpia o’yinlarida (1956 yil), ob-havo noqulayligiga
qaramasdan, yengil atletika sportida, shubhasiz, o’sish borligi namoyish qilindi.
Erkaklar yengil atletikaning 24 turidan 19 tasida, ayollar esa 9 turdan 8 tasi
yangi Olimpia rekordlari (bundan 4 tasi jahon rekordlari) o’rnatdilar. Birinchi
o’ringa
AQSH yengil atletikachilar
, ikkinchi o’ringa sovet sportchilari, uchinchi
o’ringa Avstraliya yengil atletikachilari chiqdilar.
Jahon yengil atletika taraqqiyotida Rimda XVII Olimpia o’yinlari (1960 yil)
kulminasion moment bo’ldi. SSSR va AQSH sportchilaridan tashqari, Polsha,
Chexoslovakiya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi va Ruminiya
sportchilari kuchlilar qatoriga o’tib oldilar. Hindiston va Afrikaning ba’zi
mamlakatlaridan kelgan yengil atletikachilar ham yaxshigina yutuqlarga
erishdilar. 1960 yilda SSSR sportchilar bosh Evropa mamlakatlarning yengil
atletikachilari AQSH sportchilariga etib bo’lmaydi deb yurilgan turlarda (100
metrga, 200 metrga va 800
metrga yugurish
, balandlikka sakrash) birinchilikni
qo’lga kiritdilar. Ayollar yengil atletikasida-ku evropa sportchi ayollarining
amerikalik ayollardan ustunligi aniq edi. Rimdagi Olimpia musobaqalarida
amerikalik yengil atletikachilar birinchi marta mag’lubiyatga uchradilar va
ikkinchi o’rinni egalladilar. Hammadan oldingi sovet yengil atletkachilari
edilar.
Tokiodagi XVIII Olimpia o’yinlaridagi yengil atletikachilar musobaqalari
yengil atletika tarixida nihoyatda katta voqea bo’ldi. Musobaqalar hamma
qit’alar yengil atletikachilarning mahorati juda ham o’sib ketganini ko’rsatdi. 11
ta jahon rekordi qo’yildi va 70 dan ortiq Olimpia rekordlari yangilandi. Ko’p
davlatlarning milliy yutuqlari jadvaliga 20 dan ortiq tuzatishlar kiritilgan.
Evropa mamlakatlarida yengil atletikani ommalashtirish va rivojlantirish,
musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish, maqsadida Osiyo atletik assosiasiya
(OAA) tuzilgan edi. Bugungi kunda esa 42 davlatni birlashtirib turibdi.
Bunday musobaqalar, Osiyo va jahon kuboklari qiziqarli o’tganligi sababli
musobaqalarga qiziqish juda katta.
Butun dunyo yengil atletikachilari uchun Osiyo va jahon chempionatlarini
o’tkazib borish katta ahamiyatga ega.
Yengil atletika shu sohada ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladigan fandir.
Yugurish: insonning joydan joyga kuchishini tabiiy usulidir. Bu jismoniy
mashqning kuprok tarkalgan turi bo’lib juda kup sport turlari (futbol, basketbol,
kul tupi va boshkalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda kup xillari yengil
atletika xar xil turlarining organik kismi hisoblanadi. Yengil atletikada
yugurishning yengil yugurish,
tusiklar osha yugurish
, estafetali yugurish va
tabiiy sharoitda yugurish xillari bo’ladi. Yugurishning xillari va masofa uzoqligi
va yaqinligiga qarab yaqin masofaga, o’rta masofaga va marafoncha yugurishlar
kiradi.
Sakrash: - to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida asab
muskul kuchiga maksimal zo’r berish bilan xarakterlidir. Yengil atletika,
sakrash mashgulotlarida sportchilarning o’z tanalarini idora qila bilish,
kuchlarini yig’a bilish qobiliyatlari takomillashadi. Kuch, tezlik, chaqqonlik,
mardlik orta boradi. Sakrash-oyoq va tana muskullarini kuchaytirish va
sakrovchanlikni hosil qilish va eng yaxshi mashqlarda biri bo’lib, faqat
yengil
atletikachilarga emas
, sportning boshqa turlariga ham zarurdir.
Yengil atletikada sakrash ikki turga bo’linadi.
1. Imkon boricha balandrok sakrash maqsadida vertikal to’siqlardan o’tish-
balandlikga sakrash va langarcho’p bilan sakrash.
2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to’siqlardan o’tish-
uzunlikga sakrash va uch hatlab sakrash.
Sakrash turlari turli joydan va yugurib kelib ijro etiladi.
Uloqtirish: maxsus saryadlarning uzokliqqa irgitish va uloqtirish mashqlaridir.
Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab muskul
kuchlanishi qisqa vaqt maksimal bo’lishi bilan xarakterlidir. Yengil atletikada
uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo’linadi:
1. Bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata).
2. Aylanib uloqtirish (disk bosqon)
3. Itkitish (yadro)
Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarnig shakli va og’irligiga bog’likdir.
Yengil ushlash kulay bulgan snaryadlarni tugridan yugurib kelib bosh ortidan
boshlab uzoqa uloqtirish mumkin. Og’irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish
qulayroq. Maxsus tutkich bo’lmagan og’ir snaryad yadroni esa itkitish qulayrok.
Ko’pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirishning xar xil turlarini uz ichiga oladi.
Ko’pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi. Uchkurash,
to’rtkurash, beshkurash. oltikurash, sakkizkurash, o’nkurash. Ko’pkurashning
asosiy turlari: erkaklar uchun - o’nkurash va ayollar uchun ettikurash va
o’spirinlar uchun oltikurash va sakkizkurash. Musobaqa esa ikki kunda
o’tkaziladi. Yengil atletika besh bo’limdan (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish
va ko’pkurashdan) iborat bo’lib, ularning har qaysisi ham xilma xil turlarga
bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |