Dars mavzusi: Mening darsxonam
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: Jo’nalish kelishigining qo’llanishi haqida umumiy ma’lumot berish, savol va topshiriqlarni bajarish orqali nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga dars xonalari, dars tayyorlaydigan joylarini ozoda va orasta saqlashni uqtirish, kommunikativ va milliy kompetensiyalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: og’zaki va yozma nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatish, xotira va tasavvurlarini rivojlantirish, o’z-o’zini boshqarish kompetensiyasi.
Dars turi: ananaviy, yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi dars.
Dars uslubi: “Zanjir” “Klaster” usullari, rolli o’qish.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmali materiallar.
Dars rejasi
Tashkiliy qism - 2 daqiqa
Takrorlash - 8 daqiqa
Yangi mavzu -15 daqiqa
Yangi mavzuni mustaxkamlash -15 daqiqa
Darsni yakunlash va javoblarni baholash - 3 daqiqa
Uyga vazifa - 2 daqiqa
Dostları ilə paylaş: |