DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism. (2daqiqa).
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, o’quv xonasining tozaligini, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini (o’quv qurollari, tashqi ko’rinishi) ko’zdan kechirish, davomatni tekshirish.
II.O’tilgan mavzularni so’rash. (8 daqiqa) O’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so’rash Yangi so’zlarni yod olish va “Bo’lay desang posbon” she’rini yod olganligini tekshirish.
III.Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa).
1.Nutqiy mavzu: “Mehnatning tagi rohat” matni “Zanjir” usuli asosida yangi mavzu haqida savol-javob o’tkazamiz. Har bir o’quvchi o’z fikrini bildiradi va matn asosida savollar tuzib, savollarga javob berishadi. O’zlari bilgan maqollardan 2 tadan aytishadi.
2.Grammatik mavzu: Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi u, bu, shu, o’sha olmoshlariga qo’shilganda, undan oldin bitta –n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+n+ga>unga, shu+n+ga>shunga kabi.
Dostları ilə paylaş: |