Dars uslubi: “Zanjir”, “Klaster” usullari.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmali materiallar.
Dars rejasi
Tashkiliy qism - 2 daqiqa
Takrorlash - 8 daqiqa
Yangi mavzu -15 daqiqa
Yangi mavzuni mustaxkamlash -15 daqiqa
Darsni yakunlash va javoblarni baholash - 3 daqiqa
Uyga vazifa - 2 daqiqa
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism. (2 daqiqa).
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, o’quv xonasining tozaligini, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini (o’quv qurollari, tashqi ko’rinishi) ko’zdan kechirish, davomatni tekshirish.
II.O’tilgan mavzularni so’rash. (8 daqiqa) O’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so’rash Yangi so’zlarni yod olish va “Dam olish kunida” she’rini yod olganini tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa).
1.Nutqiy mavzu: “ Beruniyning dam olish kunlari” matni asosida yangi mavzu haqida savol-javob o’tkazamiz.Har bir o’quvchi o’z fikrini bildiradi va matn asosida savollar tuzib,savollarga javob berishadi.
Dostları ilə paylaş: |