5-sinf "Tarbiya" darsligidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 57,56 Kb.
tarix04.08.2023
ölçüsü57,56 Kb.
#138637

5-sinf “Tarbiya” darsligidan mavzulashtirilgan testlar.

  1. Kishilarning ona yurtiga, o’z oshyoniga muhabbat va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha – bu ……

  1. Fidoiylik

  2. Vatanparvarlik

  3. Jonkuyarlik

  4. Mehribonlik

  1. Vatanparvarlik qanday tuyg’u?

  1. Milliy tuyg’u

  2. Jamoaviy tuyg’u

  3. Umuminsoniy tuyg’u

  4. Faqat o’zbek xalqiga xos tuyg’u

  1. O’z qo’llari bilan Nukusda 40 dan ortiq binolarni qurgan O’zbekiston Qahramoni, xalq o’qituvchisi nomi to’g’ri berilgan qatorni toping?

  1. Allaniyoz Uteniyazov

  2. Namoz Jumayev

  3. O’tkir Berdiyev

  4. Jumadulla Akromov

  1. 1994-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 17-iyun qanday kun sifatida nishonlanmoqda?

  1. Dunyoning madaniy iforlari kuni

  2. Butun jahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash kuni

  3. Tabiatni muhofaza qilish kuni

  4. Butun jahon ekologiyani asrash kuni

  1. Mehnat faxriysi Namoz Jumayev qanday qahramonlik ko’rsatgan?

  1. Mahallasi “Qorayantoq” yaqinida 35 ta futbol maydoni kattaligida o’rmon yaratgan.

  2. O’z qishlog’ida o’quvchi bolalar ilm olishi uchun katta kutubxona barpo etgan.

  3. Mahallasida bog’cha, maktab, kasalxona qurilishida o’z qo’llari bilan g’isht quygan.

  4. Qishloqqa sel kelganda ko’plab insonlarni, ayniqsa yosh bolalarni xavfsiz joyga ko’chirishda faol ishtirok etgan.

  1. Vatan tarkin bir nafas aylama,

Yana ranji g’urbat havas aylama. Misralar muallifi kim?

  1. Alisher Navoiy

  2. Zahiriddin Muhammad Bobur

  3. Cho’lpon

  4. Maxtumquli



  1. “Kim o’z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi”. Fikr kimniki?

  1. Aflotun

  2. Berdaq

  3. Jorj Bayron

  4. Uilyam Shekspir

  1. Vatanparvarlik tashabbuslari berilgan qatorni toping?

  1. Sportchilarimizning olimpiadalardagi g’alabalari

  2. O’quvchilarning o’qishdagi yutuqlari

  3. Shifokorlarning xalqqa astoydil xizmat qilishi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Nechanchi yildan buyon BMT tomonidan 17-iyun “Butun jahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi?

  1. 1992-yildan

  2. 1993-yildan

  3. 1994-yildan

  4. 1995-yildan

  1. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi qachon e’lon qilindi?

  1. 1990-yil 1-sentyabr

  2. 1991-yil 20-iyun

  3. 1991-yil 1-sentyabr

  4. 1991-yil 31-avgust

  1. Insonning aytayotgan har bir so’zi, xatti-harakatlari va ishlari uchun javob berishga qodirligi va tayyorligiga nima deyiladi?

  1. Vatanparvarlik

  2. Rostgo’ylik

  3. Mas’uliyat

  4. Mehribonlik

  1. Mas’uliyat nimalarda namayon bo’ladi?

  1. Insonning o’z xatti-harakatlari va so’zlari oldidagi mas’uliyat

  2. Oilasi va yaqinlari oldida mas’uliyat

  3. Jamiyat oldidagi mas’uliyat

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Mas’uliyatsizlik nima?

  1. Bu insonning o’z so’zlari va xatti-harakatlariga e’tiborsizligi

  2. Bu insonning faqat o’z manfaatini o’ylab ish tutishi

  3. Bu insonning har bir ishga vijdonan yondashishi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Dangasalik har vaqt insonni xor qilur”. Ushbu fikr muallifi kim?

  1. Abdulla Avloniy

  2. Alisher Navoiy

  3. Abdurauf Fitrat

  4. Mahmudxo’ja Behbudiy

  1. Mas’uliyatsizlik qanday oqibatlarga olib keladi?

  1. Insonni muvaffaqiyatga erishish imkonidan mahrum qiladi, insonni ojiz qiladi.

  2. Insonni o’zgalarning qoidalari asosida yashashga majbur etadi, shaxs sifatida shakllanishi yo’qolib boradi.

  3. O’z oldiga qo’ygan maqsadlari tomon dadil harakat qiladi.

  4. A va B javoblar to’g’ri.

  1. Mas’uliyatlilik insonga qanday yordam beradi?

  1. Muhim va mustaqil qarorlar qabul qilishda;

  2. Xulosa chiqarib, xatolarni tuzatishda;

  3. O’z oldiga qo’ygan maqsadi tomon harakat qilishda;

  4. Barcha javoblar to’g’ri.

  1. Mas’uliyatsizlikni yengiz o’tishga yordam beruvchi omil berilgan qatorni aniqlang?

  1. Faqat o’z manfaatingizni o’ylab ish qiling;

  2. O’z hayotingiz, harakatlaringiz va qarorlaringizni rejalashtiring;

  3. Yon-atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga e’tibor bermang.

  4. Barcha javoblar to’g’ri.

  1. Kishi mas’uliyati necha yo’nalishda namoyon bo’ladi?

  1. 2

  2. 3

  3. 4

  4. 5

  1. Mas’uliyatsizlikni yengib o’tishning murakkab yo’lidagi birinchi qadam nima?

  1. Har bir, hatto eng kichik ishni ham oxiriga yetkazish.

  2. Yengil badantarbiya mashqlarini bajarish

  3. Odamlar bilan ko’proq muloqotda bo’lish

  4. Har narsaga shubhalanmaslik

  1. Mas’uliyatli odamga xos hislatlar keltirilgan qatorni toping?

  1. O’z faoliyati va harakatlari uchun mas’uliyatni zimmaga olmaslik

  2. O’z kuchiga ishonmaslik, intizomsizlik, beparvolik

  3. O’z kuchiga ishonch, intizomlilik, qat’iyat, irodalilik, maqsadlariga erishish

  4. Xatolarini tan olish, notanish ish bilan shug’ullanishni istamaslik.

  1. Davlat tomonidan berilgan, biz foydalanishimiz mumkin bo’lgan imkoniyat nima?

  1. Burch

  2. Mas’uliyat

  3. Huquq

  4. Talab

  1. Huquqlar kim tomonidan belgilanadi?

  1. Inson

  2. Davlat

  3. Prezident

  4. Ustozlar

  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiya qachon qabul qilindi?

  1. 1989-yil 20-dekabr

  2. 1989-yil 20-noyabr

  3. 1990-yil 20-yanvar

  4. 1990-yil 20-mart

  1. O’zbekiston “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiyaga qachon a’zo bo’lgan?

  1. 1992-yil 9-dekabrda

  2. 1992-yil 7-yanvarda

  3. 1990-yil 22-aprelda

  4. 1995-yil 8-martda

  1. “Bola huquqlari to’grisida’gi Konvensiya nechta moddadan iborat?

  1. 50 ta

  2. 52 ta

  3. 54 ta

  4. 56 ta

  1. UNICEF qanday tashkilot?

  1. BMTning fan, ta’lim va madaniyat bo’yicha tuzilmasi

  2. Milliy qadriyatlarni ro’yxatga oluvchi tashkilot

  3. Ayollarni, xotin-qizlarni himoyalovchi tashkilot

  4. Bolalar muammolarini xalqaro miqyosda hal qiluvchi tashkilot

  1. Odamlar, tashkilotlar, davlat va boshqa davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydigan xulq-atvor qoidalari yoki normalari to’plamiga nima deyiladi?

  1. Farmon

  2. Buyruq

  3. Akt

  4. Qonun

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

  1. 1991-yil 10-dekabr

  2. 1991-yil 8-dekabr

  3. 1992-yil 5-dekabr

  4. 1992-yil 8-dekabr

  1. BMTning bolalar jamg’armasi UNICEF qancha vaqtdan beri bolalarga yordam berib kelmoqda?

  1. 70yildan ortiq

  2. 60-yildan buyon

  3. 50 yildan buyon

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. “Bola huquqlari to’grisida”gi Konvensiya qachondan kuchga kirgan?

  1. 1989-yil yanvardan

  2. 1990-yil sentyabrdan

  3. 1991-yil noyabrdan

  4. 1992-yil apreldan.

  1. “Ekologiya” so’zi grekcha so’z bo’lib, qanday ma’noni anglatadi?

  1. “Eykos” – tabiat, “logos” – bilim;

  2. “Eykos” – uy-joy, “logos” – fan,bilim;

  3. “Eykos” – quyosh, “logos” – bilim;

  4. “Eykos” – yer va suv, “logos” – ilm, tushuncha.

  1. Atrof-muhitdagi turli organizmlar hayotini o’rganadigan qaysi fan hisoblanadi?

  1. Biologiya

  2. Zoologiya

  3. Ekologiya

  4. Sotsiologiya

  1. Ekologik muammolar keltirilgan qatorni toping?

  1. Daryolar, dengizlar va okeanlarning ifloslanishi

  2. Ichimlik suvining yetishmasligi, o’rmonlarning kesilishi

  3. Havoning ifloslanishi, ,uzliklarning erishi, o’simlik va hayvon turlarining yo’qolishi.

  4. Barcha javoblar to’g’ri.

  1. O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, inson salomatligini qo’llab-quvvatlovchi partiya nomini aniqlang?

  1. Xalq demokratik partiyasi

  2. O’zbekiston ekologik partiyasi

  3. “Mehr va oqibat” ko’ngillilar uyi

  4. Milliy tiklanish demokratik partiyasi

  1. Ekologik muammolarni xalqaro darajada barataraf etish bilan shug’ullanuvchi tashkilotni aniqlang?

  1. Xalqaro Greenpeace tashkiloti

  2. O’zbekiston ekologik harakati

  3. Butun jahon yovvoyi tabiat jamg’armasi (WWF)

  4. A va C javoblar to’g’ri

  1. Atrof-muhitni muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi barcha tashkilotlarning birgalikdagi vazifasi qanday?

  1. Tabiatni sog’lom asrab qolish

  2. Noyob o’simliklarni saqlab qolish va ko’paytirish

  3. Yo’qolib borayotgan hayvonlarni asrab qolish

  4. Landshaftlarni ko’paytirish

  1. Atrof-muhitni saqlab qolish uchun siz tomoningizdan beriladigan yordamlarni aniqlang?

  1. Qo’gozni qayta ishlash punktiga topshirish

  2. Chiqindilarni maxsus besh xil konteynerlarga tashlash

  3. Suvga turli plastmassa, qog’ozlarni tashlamaslik

  4. Barcha javoblar to’gri

  1. Agar tishlarni yuvish vaqtida suv jo’mragi ochiq qoldirilsa, 30 soniya ichida necha litr suv oqib ketadi?

  1. 6 litr

  2. 7 litr

  3. 8 litr

  4. 9 litr

  1. Agar biz qog’ozlarni qayta ishlash punktiga topshirsak, tabiat uchun qanday yordam qilgan bo’lamiz?

  1. Yo’llar va ko’chalarning ifloslanishini oldini olgan bo’lamiz

  2. Ko’plab daraxtlarni kesilishidan saqlab qolamiz

  3. Noyob o’simliklarni asrab qolamiz

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Har doim qo’lni yuvish uchun suv jo’mragi ochiq turganda, 1 daqiqada qancha suv sarflanadi?

  1. 10 litr

  2. 11 litr

  3. 12 litr

  4. 14 litr

  1. Atrofimizda yoki dilimizda sodir bo’layotganlarga munosabatimizni ifodalashga nima deyiladi?

  1. Quvonch

  2. G’azab

  3. His-tuyg’u

  4. Muhabbat

  1. His- tuyg’ular nechta guruhga bo’linadi?

  1. 2

  2. 3

  3. 4

  4. 5

  1. His-tuyg’u guruhlari tog’ri berilgan qatorni toping?

  1. Ijobiy tuyg’ular va salbiy tuyg’ular

  2. Betaraf tuyg’ular

  3. Bir yoqlama va ko’p tomonlama tuyg’ular

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Ijobiy his-tuyg’ularga qanday tuyg’ular kiradi?

  1. Xursandchilik, shodlik, mamnuniyat, ilhomlanish

  2. Qo’rquv, g’azab, qayg’u, umidsizlik, xafagarchilik

  3. Ajablanish, bee’tiborsizlik, loqaydlik

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Umidsizlik, aybdorlik, g’azablanish kabilar qaysi hus-tuyg’uga misol bo’ladi?

  1. Ijobiy his-tuyg’u

  2. Salbiy his-tuyg’u

  3. Betaraf his-tuyg’u

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Kayfiyatga va sog’liqqa ta’sir etmaydi, lekin ular bilishga undaydi hamda ajablanish, qiziqish, yangi ilmiy kashfiyotlarga intilishni yuzaga keltiruvchu his-tuyg’u qaysi?

  1. Ijobiy his-tuyg’u

  2. Salbiy his-tuyg’u

  3. Betaraf his-tuyg’u

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Inson noqulay vaziyatga, salbiy his-tuyg’ular domiga tushmasligi uchun avvalo nimani o’rganishi kerak?

  1. Yon-atrofidagi do’stlarining fe’l-atvorini o’rganib borishi zarur

  2. Yolg’iz qolib, salbiy his-tuyg’uga olib kelgan muammoni o’ylashi, yechim topishga urinmasligi kerak

  3. O’z his-tuyg’u va kechinmalarini bilishi va nazorat qilishni o’rganishi kerak

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Agar inson o’z his-tuyg’ularini nazorat qila olmasa u qanday oqibatlarga olib keladi?

  1. Sog’lig’ingizni yomonlashtiradi

  2. Do’stlar va yaqinlar bilan munosabatingizga ziyon yetkazadi

  3. Qalbimgizga biro lam quvonch olib kiradi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Salbiy his-tuyg’ularni kuchaytirishga sabab bo’ladigan omillarni aniqlang?

  1. Ko’p tabassum qiling

  2. Qiziqarli kitob o’qing

  3. Sizni xursand qiladigan kishilarni, voqealarni eslang

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Ovoz chiqarmay, teskari tartibda 10 dan 0 gacha sanash, burun orqali chuqur nafas olib, og’izdan chiqarish mashqlari nimaga yordam beradi?

  1. Vahima, g’azab, jahlni yumshatadi va uning oldini oladi

  2. O’pkaning faol ishlashini ta’minlaydi

  3. Bo’layotgan voqelarga bee’tibor, loqayd bo’lishga undaydi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Insonlarga, butun jonli va jonsiz narsalarga nisbatan samimiy, e’tiborli va ochiqko’ngil bo’lishga nima deyiladi?

  1. Mehnatsevarlik

  2. Mehribonlik

  3. Sadoqat

  4. Bolajonlik

  1. Qaysi hislat yuksak ahloq va boshqa ko’pgina xulqlarning asosi hisoblanadi?

  1. Mehnatsevarlik

  2. Mehribonlik

  3. Sadoqat

  4. Bolajonlik

  1. Mehribonlikkka xos bo’lgan hususiyatlar berilgan qatorni aniqlang?

  1. Atrofdagilarga beg’araz yordam berish

  2. Bemorlarning holidan habar olish

  3. Kechirimli bo’lish

  4. Barcha javob to’g’ri

  1. Mehr tuyg’usining yetishmasligi qanday oqibatlarga olib keladi?

  1. Odamlarda bemehrlik va bag’ritoshlikning paydo bo’lishiga olib keladi

  2. Odamlarga muhabbat uyg’otadi

  3. Insonning eng yaxshi fazilatlarini yuzaga chiqarishga imkon beradi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Maqolni davom ettiring: “Mehr – gul, qahr - …..”.

  1. Nafrat

  2. Yaproq

  3. Tikan

  4. G’azab

  1. Mehribonlikka xos bo’lgan hislat noto’g’ri berilgan qatorni toping?

  1. Atrofdagilarga beg’araz yordam berish

  2. Odamlarga bo’lgan ichki muhabbatning tashqi namoyishi

  3. Odamlarga ishonmaslik, bag’ritoshlik

  4. Kechirimli bo’lish

  1. Maqolni davom ettiring: “Uyat yuzda bo’lar, mehr - ….”.

  1. Qalbda

  2. Yurakda

  3. Ko’zda

  4. So’zda

  1. Quyidagi maqollarning qaysi birida mehr insonlar uchun qimmatli boylik ekanligi ta’kidlangan?

  1. Hayot yaxshi ishlar uchun beriladi

  2. Mehr – gul, qahr – tikan

  3. Mehr – insonning xazinasi

  4. Uyat yuzda bo’lar, mehr – ko’zda

  1. Kichik uka-singillarimizga o’z mehrimizni qanday namoyon etishimiz mumkin?

  1. Ularga muzqaymoq olib berish orqali

  2. Doimiy multfilm tomosha qilish orqali

  3. Kun bo’yi ular bilan ko’chada o’ynash orqali

  4. Darslarini tayyorlashga yordam berish orqali

  1. Mehribon odamlar bilan do’stlashish va bunday odamlar bilan muloqot qilish nimalarga sababchi bo’ladi?

  1. Hayotga bo’lgan qiziqishning oshishiga

  2. Ezgu amallar qilish istagining paydo bo’lishiga

  3. Insonlarga ishonchsizlik paydo bo’lishiga

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. “Men o’zimni shunday tutayki, hech kim mening to’g’rimda biron yomon gap ayta olmasin”. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Aleksandr Pushkin

  2. Abu Rayhon Beruniy

  3. Irina Sendler

  4. Alisher Navoiy

  1. “Hamyoningda bir chaqa qolmaganida, o’ta tartibli va mas’uliyatli bo’lib qolasa”. Ushbu ibora qaysi matndan olingan?

  1. Bir kompaniya tarixi

  2. Milliarderning bir kuni

  3. Tadbirkorlik sirlari

  4. Mehr va oqibat sari.

  1. “Donishmand va olimlarning xulqlaridan o’rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonini yo’q qiladi”. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. A.S.Pushkin

  2. Abu Rayhon Beruniy

  3. Ahmad Yassaviy

  4. Alisher Navoiy

  1. O’z oldiga qo’ygan maqsadi sari astoydil harakat qilish, uchragan to’siqlarni yengib o’tishga intilish bu - ……dir.

  1. Mehribonlik

  2. Botirlik

  3. Tirishqoqlik

  4. Tortinchoqlik

  1. Insondagi tirishqoqlik hislati nimalarda yordam beradi?

  1. To’siqlarni yengib o’tishga o’rgatadi

  2. Diqqat-e’tiborni jamlashga yordam beradi

  3. O’z kuchingizga bo’lgan ishonchni namoyon etadi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Qat’iyatlli inson qanday bo’ladi?

  1. Atrofidagi voqea-hodisalarga loqayd bo’ladi

  2. O’z maqsadi sari mustaqil va dadil harakat qiladi

  3. O’zgalar yordamiga ko’pincha ehtiyoj sezadi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Tirishqoqlik va qat’yatlikning yo’qligi qanday oqibatlarga sabab bo’ladi?

  1. O’ziga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi

  2. Tushkunlik va qat’iyatsizlikka olib keladi

  3. Mehr va oqibatni kuchaytiradi

  4. Insonlardan yordam so’rashga moyil bo’lib qoladi.

  1. Haddan tashqari, o’ta tirishqoqlik qanday oqibatlarga olib keladi?

  1. Qaysarlikka

  2. Qo’rquvga

  3. Xayolparastlikka

  4. A va C javoblar to’g’ri

  1. Abu Rayhon Beruniyning fikri berilgan qatorni aniqlang?

  1. Men shunday yashayki, hech kim mening haqimda biron yomon gap ayta olmasin.

  2. Doniishmand va olimlarning xulqlaridan o’rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo’q qiladi.

  3. Dangasalik har vaqt insonni xor qilur.

  4. Vatan – yagonadir, Vatan – bittadir.

  1. Tirishqoqlik va qat’iyatlilik qaysi hislat bilan yonma-yon yuradi?

  1. Mehribonlik

  2. Ro’srgo’ylik

  3. Ishtiyoq

  4. G’urur

  1. Ishtiyoq nima?

  1. U yoki bu narsa bilan shug’ullanish istagi.

  2. O’z manfaatini o’ylab ish tutish hayoli

  3. Kattalarga doimo yordam berish majburiyati

  4. Barcha javoblar to’g’ri.

  1. Ishtiyoq so’zini yana qanday so’z bilan ifodalash mumkin?

  1. Kompetensiya

  2. Motivatsiya

  3. Innovatsiya

  4. Kreativlik

  1. Ayrim insonlarning ilk muvaffaqiyatsizlikka duch kelishlari bilanoq, o’z maqsadlaridan voz kechishlariga sabab nima?

  1. Ustun kelgan dangasalik, ikkilanish

  2. Shubhalanish, qat’iyatsizlik

  3. O’ziga va o’z kuchiga ishonmaslik

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Dovyurakligi va jasurligi uchun qaysi buyuk vatandoshimizni “Sher” deb atashgan?

  1. Jaloliddin Manguberdini

  2. Amir Temurni

  3. Zahiriddin Muhammad Boburni

  4. Najmiddin Kubroni

  1. Yozuvchi Chingiz Aytmatov necha yoshidan boshlab tarjimonlik bilan shug’ullangan?

  1. 5 yoshidan

  2. 6 yoshidan

  3. 7 yoshidan

  4. 8 yoshidan

  1. Qaysi fizik akademik 14 yoshida Boku universitetiga o’qishga qabul qilinadi va 19 yoshida to’rtta ilmiy kitob chop ettiradi?

  1. Sergey Akopovich

  2. Leo Landau

  3. A. Griboyedov

  4. Pavel Durov

  1. Qaysi yozuvchi va bastakor 11 yoshida Moskva universitetining internat maktabiga o’qishga kirgan va 6 yil ichida uchta fakultetni tamomlagan?

  1. Aleksandr Griboyedov

  2. Sergey Akopovich

  3. Leo Landau

  4. Nikolay Kopernik

  1. 16 yoshida universitetning II kursiga qabul qilingan va bir yarim yilda fan nomzodi darajasini egallab, 20 yoshida fan doktori bo’lgan olimning ismi keltirilgan qatorni toping?

  1. Albert Eynshteyn

  2. Nikolay Kopernik

  3. Sergey Akopovich Mergelyan

  4. Aleksandr Griboyedov

  1. Qaysi asari Chingiz Aytmatov nomini xalqaro miqyosda mashhur qilgan?

  1. Jamila

  2. Sarviqomat dilbarim

  3. Oq kema

  4. Barchasi to’g’ri

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur nechi yoshidan davlatni boshqara boshlagan?

  1. 9 yoshidan

  2. 12 yoshidan

  3. 14 yoshidan

  4. 16 yoshidan

  1. Hozirgi kunda sayyoramizda qancha odam yashaydi?

  1. 7.7 milliarddan ortiq

  2. 8 milliarddan ortiq

  3. 8,5 milliarddan oeriq

  4. 9 milliarddan ortiq

  1. O’zbekiston paralimpiadachilari nomi keltirilgan qatorni toping?

  1. Ravshan Ermatov, Odil Yoqubov

  2. Javohir Sindorov, Rustam Qosimjonov

  3. Farrux Mirzaqulov, Miran Saxatov

  4. Eldor Shomurodov, Denis Istomin

  1. Yoshlik davridayoq butunlay falaj bo’lib qolganiga qaramay, yagona harakatlanadigan yanoqdagi mushaklari bilan kompyuter kursorini boshqarib, mashhur kitoblar yozgan yozuvchu kim?

  1. Leo Landau

  2. Stiv Jobbs

  3. Stiven Uilyam Xoking

  4. Iogan Volfgan Gyote

  1. Yozuvchi, Nobel mukofoti laureati Stiven Uilyam Xoking fanni rivojlantirishga qo’shga hissasi uchun qancha medal va mukofotlar bilan taqdirlangan?

  1. 10 dan ortiq

  2. 20 dan ortiq

  3. 30 dan ortiq

  4. 40 dan ortiq

  1. Ko’zi ojiz bo’lishiga qaramay paypaslash orqali ulkan tog’ cho’qqilarini zabt etishga erishgan mashhur sayohatchi kim?

  1. Erik Vayxenmayer

  2. Anatol Frans

  3. Miran Saxatov

  4. Irena Sendler

  1. Mavjud jismoniy, intellectual, ijtimoiy, emotsional, tilga oid va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar, har bir shaxsga umumiy ta’lim muassasalarida o’qish imkoniyatini beruvchi ta’lim shakli qanday ataladi?

  1. Masofaviy ta’lim

  2. Inklyuziv ta’lim

  3. Vertikal ta’lim

  4. An’anaviy ta’lim

  1. Inklyuziv ta’lim insonlarda qanday xususiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi?

  1. Mehnatsevarlikni

  2. Bag’rikenglikni

  3. Sahiylikni

  4. Mardlikni

  1. Bag’rikeng insonga xos hususiyatlarni aniqlang?

  1. Atrofidagi boshqa odamlarning huquqlarini poymol qilmaydi

  2. Muammolarni murosa bilan hal qila oladi

  3. Atrofidagi bo’layotgan voqea-hodisalarga loqayd bo’ladi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Sayohatchi Erik Vayxenmayer ko’zi ojiz bo’lishiga qaramay nechanchi yilda Everest cho’qqisini zabt etgan?

  1. 2005-yil

  2. 2007-yil

  3. 2008-yil

  4. 2010-yil

  1. Imkoniyati cheklangan bolalarning ijobiy emotsional va ijtimoiy rivojlanishlari uchun oilalarda yashashlari va tengdoshlari bilan oddiy maktabda o’qishlari shartligini ta’minlash qaysi ta’lim turining asosiy tamoyili hisoblanadi?

  1. Masofaviy ta’lim

  2. Inklyuziv ta’lim

  3. An’anaviy ta’lim

  4. Vertikal ta’lim

  1. Butun jahon mehribonlik kuni (World Kindness Day) qaysi sanada nishonlanadi?

  1. 10-dekabrda

  2. 13-noyabrda

  3. 2-fevralda

  4. 22-aprelda

  1. “Butun jahon mehribonlik kuni” qaysi tashkilotning tashabbusi bilan tashkillashtirilgan?

  1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining

  2. UNESCOning

  3. Butun jahon mehribonlik harakati tashkilotining

  4. UNISEFning

  1. O’zbekiston ko’ngillilari qaysi forumda “Har kuni yaxshilik qiling! Yordamingizga muhtoj bo’lganlarga yordam bering!” shiori ostida qatnashganlar?

  1. Istanbuldagi Xalqaro mehr-shafqat forumida

  2. Moskvadagi Xalqaro ko’ngillilar forumida

  3. Toshkentdagi Ijtimoiy sahovat forumida

  4. Madriddagi Xalqaro hamkorlik forumida

  1. O’z ixtiyorlari bilan xolisona yaxshilik qiladigan hamda odamlarga, jamiyatga yordam berish uchun o’z vaqti va kuchini sarflashga tayyor bo’lgan insonlar kimlar?

  1. Faol insonlar

  2. Mehnatkash insonlar

  3. Ko’ngillilar

  4. Tirishqoqlar

  1. Yaxshi ishlar orqali boshqa odamlar bilan muloqot qilishning eng yaxshi usuli bu - …… hisoblanadi?

  1. Yordam

  2. Muhabbat

  3. Quvonch

  4. Rostgo’ylik

  1. Insondagi insoniylik darajasi nima bilan belgilanadi?

  1. Atrofdagilarga yordam berish istagining qanchalik samimiyligi bilan

  2. Kishilarning faqat quvonchli damlariga sherik bo’lishlik bilan

  3. Atrofdagi voqealarga bee’tiborligi bilan

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Ochlikdan holdan toygan ikki yoshli bolani ko’chada ko’rib qolib, uyidan boshpana bergan va unga Hope (Umid) deya ism qo’ygan inson kim edi?

  1. Anya Ringgren Loven

  2. Luiza Stiven Parker

  3. Anatoliy Yakobs

  4. Martin Styuart Jobbs

  1. “Boshqalarga ko’mak ber” filmining bosh qahramoni kim?

  1. Artur ismli yigit

  2. Trever ismli bola

  3. Stiv ismli bola

  4. Janetta ismli qizaloq

  1. “Boshqalarga ko’mak ber” filmining asosiy g’oyasi qanday?

  1. Xotin-qizlarga ko’mak berish

  2. Keksalarning holidan xabar olish

  3. Bolalarni qo’llab quvvatlash

  4. Barcha insonlarga beg’araz yordam berish

  1. Inson tomonidan kimgadur berilgan kichik yordam nimalarga sabab bo’lishi mumkin?

  1. Kimnidir hayotini mazmunli qilishi mumkin

  2. Eng baxtli lahzasiga sabab bo’lishi mumkin

  3. Sizni eng sahiy inson sifatida xotirasiga muhrlashi mumkin

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Qizilqum san’at g’unchalari – 2019” XV yubiley bolalar ko’rik-tanlovi yurtimizning qaysi shaxrida bo’lib o’tdi?

  1. Toshkent shahrida

  2. Navoiy shahrida

  3. Qarshi shahrida

  4. Termiz shahrida

  1. Rio Olimpiadasida necha nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qildi?

  1. 70 nafar

  2. 75 nafar

  3. 80 nafar

  4. 100 nafar

  1. Umumiy maqsadga erishish uchun bir qancha odamlarning birgalikdagi intilishiga nima deyiladi?

  1. Ishbilarmonlik

  2. Uddaburonlik

  3. Hamkorlik

  4. Shartnoma

  1. Jamoada muvaffaqiyatli hamkorlik natijalari berilgan qatorni aniqlang?

  1. Yirik supermarketlarning boshqarilishi

  2. Dengiz va suv osti kemalarining suzishi

  3. Kosmik kema va samolyotlarning uchishi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Kuchli va muvaffaqiyatli jamoaga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang?

  1. Halollik, ishonch, samimiylik

  2. Mas’ullik, o’zaro yordamlashish

  3. Qat’iylik, doimiy o’qish va o’rganish istagi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Mashhurlik va yutuqlar odamlarni juda kuchli o’zgartirib yuboradi”. Ushbu fikr muallifini toping?

  1. Mayk Tayson (boks ustasi)

  2. Ravshan Ermatov (xalqaro futbol hakami)

  3. Krishtianu Ronaldu (mashhur futbolchi)

  4. Rafael Nadal (tennis ustasi)

  1. Muvaffaqiyatli jamoaga xos bo’lmagan xislatni aniqlang?

  1. Mas’ullik va qat’iyat

  2. Ishonch va intilish

  3. Ikkilanish va havotir

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Tadbirkorlikda barcha katta ishlar hech qachon bir kishi tomonidan bajarilmaydi, u jamoa a’zolari tomonidan bajariladi”. Ushbu fikr qaysi mashhur shaxsga tegishli?

  1. Ilon Mask

  2. Stiv Jobs

  3. Donald Tramp

  4. Alisher Usmonov

  1. Stiv Jobs kim?

  1. “Apple” korporatsiyasi asoschisi

  2. “Tesla” asoschisi

  3. “Telegram” mesenjeri asoschisi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Jamoaning rivojlanishida samimiylikning o’rni va ahamiyati qanday?

  1. Samimiy inson o’z g’oyalari bilan o’rtoqlashadi

  2. Jamoasi g’alaba qozonishiga yordam beradigan bilimlarni sir tutmaydi

  3. Omadsizlik oldida ikkilanib qoladi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. “Inson jonivorlarni yaxshi ko’rmaguniga qadar, ko’nglining bir qismi uyg’onmasdan qoladi”. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Anatol Frans

  2. Barak Obama

  3. Eldor Shomurodov

  4. Miran Saxatov

  1. O’zbekistonda jonivorlarga befarq bo’lmagan ko’ngilli fuqarolardan tashkil topgan, hayvonlarni himoya qilish bilan shug’ullanuvchi qanday jamiyat bor?

  1. Mehr va oqibat

  2. Tabiat va biz

  3. Insonlar va jonivorlar

  4. Hayvonot dunyosi

  1. Uysiz hayvonlarga ko’mak berishni o’z oldiga qo’ygan “Hayot” nomli makon qayerda joylashgan?

  1. Toshkentdan uzoq bo’lmagan Qibray tumanida

  2. Toshkent shahar Yunusobod tumanida

  3. Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida

  4. Andijon viloyati Asaka shahrida

  1. Xatiko laqabli qahramon itning tarixi qachon va qayerda boshlangan?

  1. 1920-yil Amerika Qo’shma Shtatlarida

  2. 1925-yilda Yaponiyada

  3. 1930-yilda Xitoyda

  4. 1935-yilda Janubiy Koreyada

  1. Xatiko yurak xurujidan vafot etgan egasini temir yo’l bekatida necha yil sadoqat bilan kelishini kutgan?

  1. 5 yil

  2. 7 yil

  3. 9 yil

  4. 11 yil

  1. Nechanchi yil va qayerda Xatikoning tarixi haqida butun dunyoda millionlab kishilarning yig’lashiga sabab bo’lgan film suratga olingan?

  1. 2005-yil Yaponiyada

  2. 2007-yil fransiyada

  3. 2008-yil AQSHda

  4. 2010-yil Rossiyada

  1. “Julbars” kim?

  1. Yong’inda o’z egasini qutqargan ot laqabi

  2. Ikkinchi jahon urushi davrida “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan yagona it

  3. Keksalarga doimiy yordam berishni maqsad qilgan tashkilot nomi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Julbars qanday qahramonliklar ko’rsatgan?

  1. U suv toshqini sodir bo’lganda 12 nafar cho’kayotgan bolalarni qutqarib qolgan

  2. U ikkinchi jahon urushida 7468 ta mina va 150 tadan ortiq snaryadni aniqlab topgan

  3. U o’rmon yong’ini vaqtida o’sha yerga yaqin joyda istiqomat qiluvchi aholiga bu xabarni yetkazgan

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Julbars qaysi mashhur filmda rol o’ynagan?

  1. Jek Londonning “Oq qoziqtish” romani asosidagi filmda

  2. Kamerun Klarkning “Jonivorlarning qahramonligi” filmida

  3. Stiven Parkerning “Meni qutqar” filmida

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Qanday insonlar jonivorlarga qo’pol munosabatda bo’ladilar?

  1. O’z muammolarini hal qila olmaydigan

  2. G’azab va alamini jilovlay olmaydigan

  3. Qo’rqoq va ojiz insonlar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Adabning mevasi katta aqldir, bilimning mevasi yaxshi amaldir”. Ushbu ibratli fikr kimga tegishli?

  1. Abu Bakr Muhammad al-Xorazmiy

  2. Ali ibn Abu Tolib

  3. Mahmudxo’ja Behbudiy

  4. Mahmud Zamaxshariy

  1. “Xulq” so’zining ko’pligi bo’lib, kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari va odoblarining majmuyi nima?

  1. Bilim

  2. Ahloq

  3. Qadriyat

  4. Sadoqat

  1. Axloq so’ziga yana qanday ta’rif berilgan?

  1. “Irodaning odati”

  2. “Mukammal harakter”

  3. “Samimiy vijdon”

  4. “Qat’iy tarbiya”

  1. Axloq – insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir bilimdur. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Alisher Navoiyga

  2. Amir Temurga

  3. Abdulla Avloniyga

  4. Islom Karimovga

  1. Teatrda tomoshabinlar qanday etiket qoidalariga rioya qilishlari lozim?

  1. Tomosha boshlanishidan 15 daqiqa oldin chiptada ko’rsatilgan joylariga borib o’tirishlari kerak

  2. Tomosha boshlanishidan oldin telefonlarini o’chirib qo’yishlari kerak

  3. Tomosha zaliga ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirmasliklari zarur

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Garderob nima?

  1. Musiqa asboblari saqlanadigan maxsus joy

  2. Kiyimlarni saqlash xonasi

  3. Ichimliklar sotiladigan joy

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam buyuk odam bo’lishi kerak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir”. Ushbu fikr kimga tegishli ekanligini aniqlang?

  1. Po’lat Mo’min

  2. Asqad Muxtor

  3. Anbar Otin

  4. Muhammad Yusuf

  1. Yo’nalish bo’ylab harakatlanadigan yo’lovchi transporti guruhi bo’lib, yo’lovchilarning maktabga, ish joyiga yetib olishlari va boshqa ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi transportlar nima deb ataladi?

  1. Shaxsiy transport

  2. Jamoa transport

  3. Kosmik kema

  4. Barchasi to’g’ri

  1. Jamoat transportida amal qilishimiz kerak bo’lgan axloqiy qoidalarni aniqlang?

  1. Telefonda baland ovozda so’zlashmaslik

  2. Kattalarga, yosh bolalilarga joy berish

  3. Keksalarning transportga chiqish va tushishlariga ko’mak berish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Rotterdamdagi suvda harakatlanuvchi avtobus qanday nomlanadi?

  1. Riksha

  2. Amfibus

  3. Avtobus

  4. Metro

  1. Dunyoda boyliklar juda ko’p. Biroq eng asosiy boylik bu - …..

  1. Tabassum

  2. Sog’liq

  3. Bilim

  4. Mehnat

  1. Sog’lom turmush tarzining asosiy qoidalari berilgan qatorni aniqlang?

  1. Kun tartibiga rioya qilish, toza havoda sayr qilish

  2. Faol harakatda bo’lish, ruhiy va emotsional holat uyg’unligi

  3. Foydali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Sport bilan shug’ullanish insonga nima bag’ishlaydi?

  1. Kun bo’yi kuch-quvvat va yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi

  2. O’qish va kundalik mashg’ulotlarda faol shug’ullanishimizga yordam beradi

  3. Holsizlikka olib keladi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Abu Ali ibn Sinoni Yevropada qanday atashadi?

  1. Shayx ur-Rais

  2. Avitsenna

  3. Alfraganus

  4. Muallimu soniy

  1. Ibn Sino necha yoshida Buxoro amirini davolashga taklif qilingan?

  1. 12 yoshida

  2. 14 yoshida

  3. 16 yoshida

  4. 20 yoshida

  1. Ibn Sinoni Sharqda qanday nom bilan e’zozlashgan?

  1. “Shayx ur-Rais”

  2. Avitsenna

  3. Alfarganus

  4. Muallimi soniy

  1. Quyidagi javoblardan Ibn Sinoning maslahatlari berilgan qatorni aniqlang?

  1. Sog’lom yashamoqchi bo’lgan odamlar uyquga jiddiy e’tibor berishlari kerak. Ularning uyqusi me’yorda bo’lishi va ortiqcha bo’lmasligi lozim; uyqusizlik miya va uning butun kuchiga zarar berishidan ehtiyot bo’lish kerak.

  2. Adabning mevasi katta aqldir, bilimning mevasi yaxshi amaldir.

  3. Eng yomoni, turli xil ovqatlarni aralash iste’mol qilish va uzoq vaqt ovqatlanishdir.

  4. A va C javoblar to’g’ri.

  1. Xabardorlik qanday fazilat sanaladi?

  1. Muammolarni o’z kuchi bilan hal qilish qobiliyati

  2. Bo’layotgan voqelikni aqlan va jismonan his qilish qobiliyati

  3. Berilgan va’dani vaqtida bajarish

  4. Voqealarga loqayd bo’lish

  1. “Harakat ko’plab dorilarning o’rnini bosishi mumkin, biroq birorta dori harakatning o’rnini bosa olmaydi”, deb kim aytgan?

  1. Gippokrat

  2. Luqmoni hakim

  3. Ibn Sino

  4. Alisher Navoiy

  1. Maqsadga intiluvchanlik qanday fazilat sanaladi?

  1. Biror natijaga erishish uchun bor kuch-g’ayrati bilan harakat qilish.

  2. Maqsadga erishish uchun o’zgalar yordamiga doimo tayanish

  3. Omadsizlik yuz berganda maqsadidan darrov qaytish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Madaniy meroslar necha turga bo’linadi?

  1. 2 turga

  2. 3 turga

  3. 4 turga

  4. 5 turga

  1. Moddiy meroslar berilgan qatorni aniqlang?

  1. Tajriba, bilim, din

  2. Insonlar tomonidan yaratilgan obidalar, haykallar, san’at asarlari

  3. An’analar, urf-odatlar, marosimlar

  4. Musiqa va she’riyat

  1. Ma’naviy meroslar ko’rsatilgan qatorni aniqlang?

  1. Tajriba, bilim, din

  2. Obidalar, haykallar

  3. Urf-odatlar, an’analar, musiqa

  4. Ava C javoblar to’g’ri

  1. Nechanchi yilda Britaniyada mamlakatning madaniy merosini qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotga asos solingan?

  1. 1992-yilda

  2. 1994-yilda

  3. 2000-yilda

  4. 2002-yilda

  1. Qaysi sanada yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni” keng nishonlanadi?

  1. 5-mayda

  2. 8-dekabrda

  3. 9-mayda

  4. 31-avgustda

  1. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan g’alabaning 75 yilligiga bag’ishlab yurtimizda qanday bog’ barpo etildi?

  1. Xotira bog’i

  2. G’alaba bog’i

  3. Tinchlik bog’i

  4. Do’stlik bog’i

  1. “G’alaba bog’i” nechanchi yilda ochildi?

  1. 2018-yilda

  2. 2019-yilda

  3. 2020-yilda

  4. 2021-yilda

  1. O’rta Osiyo jadidchilik harakatining yo’lboshchisi, XX asr o’zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy milliy maktab asoschisi, adib, shoir, ma’rifatparvar jamoat arbobi Munavvarqori Abdurashidxon o’g’li qachon va qayerda tug’ilgan?

  1. 1878-yilda Toshkentda

  2. 1886-yilda Andijonda

  3. 1890-yilda Toshkentda

  4. 1901-yil Samarqandda

  1. Munavvarqori Abdurashidxonovning grammatika va alifbo asoslari ifodalangan hamda o’qish va yozishga qaratilgan uslub ifodalangan kitoblarini toping?

  1. “Birinchi ustoz” darsligi

  2. “Ikkinchi ustoz” darsligi

  3. “Xotira va saboq” darsligi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Nechanchi yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Munavvarqori Abdurashidxonov XX asr boshlarida o’zining ma’rifatparvarlik harakati va fidokorona xizmatlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi?

  1. 2018-yil 30-sentyabrda

  2. 2019-yil 30-sentyabrda

  3. 2020-yil 30-sentyabrda

  4. 2021-yil 30-yanvarda

  1. Qadimiy yodgorliklar tufayli qanday imkoniyatlarga ega bo’lamiz?

  1. O’tmish ajdodlar turmushini o’rganamiz

  2. Ajdodlarimiz o’tmishi va madaniyatini bilib olamiz

  3. Tarixiy voqelikni tiklay olamiz

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Palmira yodgorliklari qayerda joylashgan?

  1. Turkiyada

  2. Fransiyada

  3. Suriyada

  4. Misrda

  1. Registon ansambli qayerda joylashgan?

  1. Samarqandda

  2. Buxoroda

  3. Xorazmda

  4. Toshkentda

  1. Registon maydonida qaysi madrasalar joylashgan?

  1. Sherdor madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Bibixonim madrasasi

  2. Ulug’bek madrasasi, Tillakori madrasasi, Sherdor madrasasi

  3. Ulug’bek rasadxonasi, Go’ri Amir maqbarasi, Tillakori madrasasi

  4. Tillakori madrasasi, Hazrati Imom masjidi, Sherdor madarasasi

  1. Nechanchi yilda Registon ansambli UNESCOning butun dunyo yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan?

  1. 2000-yil

  2. 2001-yil

  3. 2002-yil

  4. 2003-yil

  1. “Registon” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

  1. O’tloq maydon

  2. Gulzor hiyobon

  3. Qumloq joy

  4. Qizil maydon

  1. O’zbekiston UNESCOga qachon a’zo bo’lgan?

  1. 1993-yil 26-oktyabrda

  2. 1994-yil 10-dekabrda

  3. 1995-yil 12-iyunda

  4. 2000-yil 20-dekabrda

  1. 2019-yil holatiga ko’ra, jahon merosi ro’yhatiga nechta obyekt kiritilgan?

  1. 1150 ta

  2. 1121 ta

  3. 1302 ta

  4. 1410 ta

  1. UNESCO nechanchi yilda “Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to’g’risida”gi Konvensiyani qabul qildi?

  1. 1965-yilda

  2. 1970-yilda

  3. 1972-yilda

  4. 1989-yilda

  1. Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir. Ushbu modda Konstitutsiyaning nechanchi moddasi?

  1. 46-modda

  2. 47-modda

  3. 48-modda

  4. 49-modda

  1. Madaniy meros shaklida avloddan avlodga, kattalardan kichiklarga o’tuvchi urf-odatlar, qarashlar, xatti-harakatlar, tajriba, oiladagi o’zaro munosabatlar bir so’z bilan nima deyiladi?

  1. Tarixiy xotira

  2. An’ana

  3. Marosimlar

  4. Harakter

  1. “Ibrat” hikoyasining muallifi kim?

  1. Ulug’bek Mustafo

  2. O’tkir Hoshimov

  3. Elbek Mirzo

  4. Tohir Malik

  1. Nechanchi yili BMT tomonidan 21-mart Xalqaro Navro’z kuni sifatida tasdiqlandi?

  1. 2008-yil

  2. 2009-yil

  3. 2010-yil

  4. 2012-yil

  1. Nechanchi yilda Navro’z bayrami UNESCOning nomoddiy meroslar ro’yxatiga kiritilgan?

  1. 2015-yil

  2. 2016-yil

  3. 2018-yil

  4. 2020-yil

  1. O’zbekistonda milliy taomimiz osh (palov)ni tayyorlashning necha xil turi bor?

  1. 10 dan ortie

  2. 20 dan ortiq

  3. 30 dan ortiq

  4. 40 dan ortiq

  1. Nechanchi yilda osh (palov) UNESCOning nomoddiy madaniy merosi ro’yxatiga kirtilgan?

  1. 2015-yil

  2. 2016-yil

  3. 2017-yil

  4. 2019-yil

  1. Sharq madaniyati qanday munosabatlar bilan chambarchas bog’liq?

  1. Hamkorlik munosabatlari bilan

  2. Siyosiy munosabatlar bilan

  3. Oila va oilaviy munosabatlar bilan

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Navro’z” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

  1. Yangi kun

  2. To’lin oy

  3. Yangi tong

  4. Uyg’oq tabiat

  1. Yurtimizdagi qaysi tabiiy obyekt jahon merosi ro’yhatiga kiritilgan?

  1. Chotqol qo’riqxonasi

  2. Qurama tog’ tizmasi

  3. Hisor tog’ tizmasi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Jahon merosi ro’yhatiga yurtimizdagi qaysi shaharlar moddiy obyekt sifatida kiritilgan?

  1. Xiva, Buxoro

  2. Samarqand

  3. Shahrisabz

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Qadimda insonlar tomonidan yaratilgan birinchi qo’lyozma kitoblar “papiruslar” deb atalib, ular nimadan tayyorlangan?

  1. O’simliklardan tayyorlangan qog’oz

  2. Qo’zichoq terisidan tayyorlangan

  3. Daraxtdan tayyorlangan qog’ozlar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Qadimda qo’zichoqlar terisiga yozilgan kitoblar qanday nomlangan?

  1. Papirus

  2. Pergament

  3. Samarqand qog’ozi

  4. Shoyi qog’oz

  1. Qog’oz ilk bor qayerda paydo bo’lgan?

  1. Misrda

  2. Mesopatamiyada

  3. Xitoyda

  4. Hindistonda

  1. Nechanchi asrga kelib qo’g’ozni yog’ochdan tayyorlay boshladilar?

  1. XV asrga kelib

  2. XVII asrga kelib

  3. XVIII asrga kelib

  4. XIX asrga kelib

  1. Kitob bosma qiladigan birinchi uskunani kim ixtiro qilgan?

  1. Albert Eynshteyn

  2. Tomas Edison

  3. Iogann Guttenberg

  4. Mark Avreliy

  1. “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasida Respublika bosqichida faxrli birinchi o’rinni olgan Qoraqalpog’istonlik shtirokchi kim edi?

  1. Oygul Omonmurodova

  2. Sarvar Turg’unov

  3. Nursulu Kokanova

  4. Malika Mahkamova

  1. Kutubxona Assotsatsiyasi va muassasalari Xalqaro Federatsiyasi ma’lumotiga ko’ra, jahonda qancha kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda?

  1. 569 mingdan ziyod

  2. 576 mingdan ziyod

  3. 659 mingdan ziyod

  4. 690 mingdan ziyod

  1. Xitoyliklar dastlab qog’ozni nimadan tayyorlashgan?

  1. Tut daraxti po’stlog’idan

  2. Qo’zichoq terisidan

  3. Shoyi matosidan

  4. O’simliklardan

  1. Oqsaroy ansambli qayerda joylashgan?

  1. Xivada

  2. Shaxrisabzda

  3. Buxoroda

  4. Samarqandda

  1. Buyuk Ipak yo’lida eng ko’p harid qilingan, dunyoga tanilgan noyob qog’oz turi qanday nomlangan?

  1. Sharq qog’ozi

  2. Osiyo sifatli qog’ozi

  3. Asl qog’oz

  4. Samarqand qog’ozi


Yüklə 57,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin