5-sinf uchun geografiyadan test savollari .(III-II) 1.Ob-havo deb nimaga aytiladi? A.yog`inlar,shamollar,bulutlik, ochiq havoning almashinib turishi; B.iqlimning vaqti-vaqti bilan o`zgarib turishi ; C.troposferaning biror joydagi ma’lum bir vaqtidagi havosi; D.yil davomida harorat,shamol , yog`in bosimining o`zgarib turishi 2.Geografiya fani nimani o`rganadi? A.geografik qobiqni B.yerning aholisi va tabiatini C.mamlakatlar , o`lkalar va shaharlarni D.materiklar va okeanlar tabiatini E.yer yuzasi tabiatini ,aholisini va xo`jaliklarining o`zaro aloqalarini 3.Geografiya atamasini kim fanga kiritgan? A.Eratosfen B.Abu Rayhon Beruniy C.Ptolemey D.Strabon E.Aristotel 4.Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofa qancha? A.147,2 mln km B.149,6 mln km C.152 mln km D.153 mln km E.154 mln km 5.Metomorfik jinslar nima? A.magmatik yo`llar bilan hosil bo`lgan jinslar B.faqat ko`l va dengizlar tubida hosil bo`ladigan jinslar C.magmatik jinslarning o`zgarishi D.chuqurlikda o`zgargan tog` jinslari 6.Meridian so`zi lotinchadan olingan bo`lib qanday manoni bildiradi? A.quyosh chizig`i B. ekvatorga nisbatan perpendikulyar chiziqlar C.shartli chiziqlar D. qutblar chizig`i E.tush chizig`i 7.Qanday hollarda kuchli shamol esadi? A.bosim quruqlikda 758mm,okeanda 760mm B.bosim quruqlikda 755mm,okeanda 752mm C.bosim quruqlikda 760mm,okeanda 758mm E.bosim quruqlikda 740mm,okeanda 760mm 8.Quyidagi sonli masshtab 1:50000 ni izohli masshtabga aylantiring . A.1 sm da 5 km B.1 sm da 50 km C.1 sm da 500m D.1 sm da 5000 km E.1 sm da 50m 9.Yog`in o`lchagich yordamida Yer yuzasiga 20 mm qalinlikdagi yomg`ir yoqqanligi aniqlandi deylik.Bunda 1 ga yerga necha kub metr suv tushgan bo`ladi? A.2 kub metr B.20 kub metr C.200 kub metr D. 2000 kub metr E. 20000 kub metr 10.Yer po`stining qaysi qatlami okean tubida uchramaydi? A.cho`kindili B.granitli C.bazaltli D. metomorfik E.magmatik 11.Toshkent shahrida mart oyining o`rtacha harorati qancha? A.+12°C B.+10°C C. +8°C D.+6°C E.+4°C 12.Termometr 6,3 km balandlikda -18°C ni ko`rsatdi.Bu vaqtda tepalik etagidagi balandligi 3000 m bo`lgan tekislikda harorat qanchaga teng bo`ladi? A.+1,2°C B.+12°C C.-12°C D.+18°C E.+24°C 13.Yerga yaqin sayyoralar guruhini belgilang. A.Mars,Venera B.Merkuriy,Saturn C.Mars ,Yupiter D.Uran,Neptun E.Merkuriy ,Uran 14.Oyning Yerni bir marta to`liq aylanib chiqishiga qancha vaqt ketadi? A.26 kun 8 soat B. 27 kun 8 soat C. 28 kun 8 soat D. 29 kun 8 soat E. 30 kun 8 soat 15.Toshkent shahrida sentabr oyining o`rtacha harorati qancha ? A. +28°C B.+26°C C. +23°C D.+20°C E.+18°C 16.Poytaxtimiz Toshkent shahri okean sathidan necha metr balandlikda joylashgan? A.440-470 metr B. 400-500 metr C.300-400 metr D.450-550 metr E.500-600 metr 17.Muhammad al Xorazmiy Yer kurrasining aylana uzunligini qaysi kitobida tasvirlab bergan? A.Suvrat al-arz B.Geografiya C.Geodeziya D.Kartografita E.Fizika 18.Abu Rayhon yasagan globusning diametric taxminan qancha bo`lgan? A.5m B.3 m C.2 m D.6 m E.4 m 19.Yer kurrasini birinchi bo`lib qaysi sayyoh boshchiligidagi ekspeditsiya aylanib chiqgan? A.Magellan B.Vasko da Gama C.Kolumb D.Kuk E.Vespuchchi 20.Geografik karta masshtabiga ko`ra necha xil bo`ladi? A.3 xil B. 2 xil C. 4 xil D. 5 xil E. 6 xil 21. Toshkent shahrining geografik koordinatasini toping? A.42° sh.k va 69° shq .uz B. 40° sh.k va 60° shq .uz C. 41° sh.k va 65° shq .uz D. 44° sh.k va 69° shq .uz E. 42° sh.k va 62° shq .uz 22.Yer sharida birinchi marta ikkita quruqlik paydo bo`lgan ,to`g`risini aniqlang. A.Lavraziya va Gondvana B.Yevropa va Osiyo C.Afrika va Avstraliya D.Amerika va Afrika E.Afrika va Yevropa 23.Joy planidagi topografik belgida qanday joy bo`yalmasdan oq holiday qoldiriladi? A.ko`l B.o`tloq C. yaylov D.haydalgan yer E.jar 24.Chaqiq tog` jinslarining hosil bo`lishi nimadan boshlanadi? A.magmaning yer yuzasiga oqib chiqishidan B.magmaning yer yuzasiga qotishidan C.magmaning sovishidan D.nurashdan E.vulqon otilishidan 25.Yer po`stining harakatchanligiga asosiy sabab nima? A.Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi B.Yerning Quyosh atrofida aylanishi C.Yerning ichida bo`ladigan jarayonlar D.Yerning yuzasida bo`ladigan jarayonlar E.platformada bo`ladigan jarayonlar