5-sinf uchun geografiyadan test savollari .(IV-I) 1.Gidrosferaning 96,5 % suvini qayerdagi suvlar tashkil etadi? A.muzlikdagi suvlar B.dunyo okeanidagi sho`r suvlar C. yer ostidagi suvlar D.yer ustidagi suvlar 2.Qaysi okeanning hamma qirg`oqlari janubiy qirg`oq hisoblanadi? A.Tinch B.Shimoliy Muz C.Atlantika D.Hind E.Janubiy okean 3.Nechanchi yilda Sheysariyalik olim Jak Pikar Marianna botig`idagi 11000 m ga yaqin chuqurlikka tushadi? A.1950 y B.1955y C.1960y D.1959 y E.1975 y 4.Daryo va ko`llardagi suv quruqlik yuzasidagi barcha chuchuk suvlarning qancha %ini tashkil etadi? A.50% B.30% C.10% D.4% E.1% 5.Erigan magmadan hosil bo`lgan tog` jinslariga nima deyiladi? A.magmatik tog` jinslari B.cho`kindi tog` jinslari C.allyuvial jinslar D. organik cho`kindi jinslar E. metamorfik jinslar 6. Yerning ichki kuchi necha ballga yetganda imoratlarga yengil zarar yetadi , yerda mayda yoriqchalar paydo bo`ladi,uylardagi mebellar joyidan siljiydi? A. 10-12 ball B.1-2 ball C.3-4 ball D. 7-8 ball E. 5-6 ball 7.Tolbachi vulqoni qaysi yarim orolda joylashgan? A.Skandinaviya ya.o B.Pireney ya o C.Kamchatka ya o D.Apenin ya o E.Labrador ya.o 8.Qaysi bo`g`izning kengligi 950 km ga teng ? A.Gibraltar B.Bosfor C.La-Mansh D.Dreyk E.Magellan 9.Yer kurrasi necha mlrd yil ilgari paydo bo`lgan? A.4 mlrd B.3 mlrd C. 2 mlrd D.10 mlrd E. 5 mlrd 10.Yer po`sti nechta asosiy plitalardan tashkil topgan , shundan eng yiriklari nechta? A.12 ta -7ta B.13-7 ta C.10-6 ta D.12-4 ta E.15-7 ta 11. Litosfera plitalari bir yilda qanchasigacha siljib boradi? A.10 sm dan 12 sm gacha B. 2 sm dan 1 sm gacha C.0,5 sm dan 11 sm gacha D.1 sm dan 11 sm gacha E.10 sm dan 20 sm gacha 12.Platforma so`zining manosi nima ? A.yassi shakl B. yer tasviri C. yog`in o`lchagich D.qirg`oqqa uriluvchi to`lqin E. tush chizig`i 13.Cho`kkan tog`lar nima deb ataladi? A.gorst B. graben C. platforma D.zinapoya E.gumbaz 14.O`rkach tog`lar nima deb ataladi ? A. graben B. gorst C. platforma D.zinapoya E.gumbaz 15.Aholisi eng ko`p bo`lgan yarim orolni toping? A. Hindiston ya o B.Skandinaviya ya o C.Kamchatka ya o D.Apenin ya o E.Pireney ya.o 16.Vulqon orollarini toping. A.Grenlandiya ,Madagaskar B.Kurill,Gavayi C.Katta to`siq oroli D.A va B E.Katta Antil,kichik Antil 17.Necha gradusdagi suv eng zich , eng og`ir bo`ladi? A.-4°C B. +4°C C.-1°C D.-1°C +1°C E. -2°C 18.Okeanning necha metr chuqurligidagi suv qatlamida organizmlar eng ko`p tarqalgan? A.500m B.150 m C.100 m D.200 m E. 2000 m 19.Yer kurrasidagi dastlabki hayot qayerda paydo bo`lgan? A.tog`larda B.atmosferada C.quruqlikda D.okeanlarda E quruqlik tagida 20.Plankton qanday manoni bildiradi? A.adashib yuruvchi B.suvning sho`rligi C.urilma to`lqin D.suv osti tog`lari E.to`g`ri javob yo`q 21. Yer yuzada balandligi 100 m dan ortiq bo`lgan nechta sharshara bor? A.11 ta B.10 ta C. 20 ga yaqin D.15 taga yaqin E. 100 ta 22.Katta delta hosil qiluvchi daryolarni toping? A.Kolumbiya ,Kolorado,Amazonka B. Mekong,Xuanxe,Yansizi C.Nil,Gang,Volga,Lena D. Ob,Reyn,Dunay 23.To`g`on ko`lni ( yani daryo vodiylarida tog`larning qulashi yoki tog` jinslarining yemirilib tushishidan hosil bo`lgan) toping? A.Baykal B. Orol C.Tanganika D.Sarez E.Michigan 24.Qaysi kunlarda Quyosh nurlari ekvatorga tik tushadi? A.23sentabr-1 yanvar B.21 mart-22 iyun C.21 mart-23 sentabr D.20 avgust-20 fevral 25.Qaysi vaqtlarda Quyosh shimoliy yarim sharni ko`proq yoritadi? A.22-dekabrdan -21 martgacha B.22 martdan-22 sentabrgacha C.22 sentabrdan-22 dekabrgacha D. 22 noyabrdan-22 fevralgacha