52
MA’NAVIYAT VA MAFKURA, ULARNING JAMIYAT, INSON HAYOTIDA TUTGAN
O‘RNI VA ROLI
Andijon davlat universiteti
Filologiya fakulteti, Filologiya va tillarni o’qitish
Rus tili yo’nalishi 3 - kurs talabasi:
Alisherova Zarnigor
Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat
insonning ruhiyati, o‘zini – o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, «Milliy
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasida ko‘rsatilishicha
«Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari,
maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish
tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir»
20
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud millat yoki
guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Mafkura faqat bugun emas, balki
hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy –
ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni
sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun
ma’naviy-ruhiy kuch – quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan».
21
Mafkura
jamiyat
taraqqiyotida quydagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, davlat rivojlanishning iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy – ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi;
ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqiyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat,
sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari
birlashtirishga xizmat qiladi;
uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida
mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida
yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatini faollashtiradi
20
Миллий истиқлол ғояси: Асосий тушунча ва тамойиллар. -Т: Ўзбекистон, 2000.-Б. 9
21
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси –халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. –Т.: Ўзбекистон,
2000. -Б. 5.
53
va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini
o‘zida
ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun
jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy – ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi.
Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi
ana shunday muhim
ahamiyatini hisobga olib, Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy
g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqarishga
harakat qildik. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar sohasidagi yetakchi olimlar, siyosatshunos
va iqtisodchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini
ana shu muhim
masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlangan yuksak maqsadlarimizga
yetishning asosiy omili-avvalambor mustaqillikni asrab-avaylash,
uni yanada
mustahkamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-
mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik.
22
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov «Tafakkur» jurnali
bosh muharriri va «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga javoblarida milliy g‘oya,
milliy mafkuraning O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishdagi tutgan o‘rni va
ahamiyatini bayon qilib berganligini alohida ta’kidlash joiz: «Mafkura har qanday jamiyat
hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar.
Ikkinchidan, qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura
hukumronlik qilishi tayin».
23
Buni har bir inson, O‘zbekiston fuqarosi chuqur anglashi,
mag‘zi-mag‘ziga yetib olishi kerak. Negaki, jamiyatning, jamiyat a’zolarining mustahkam
va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, maqsadi bo‘lmasa, inqirozga yuz tutadi. Insoniyat tarixida
davlatlar va jamiyatlar paydo bo‘libdiki, ularga egizak holda mafkuraviy qarashlar ham
shakllangan. Boisi – mafkurasiz davlat yoki jamiyat bamisoli hech bir maqsad-rejasiz,
tavakkal qilib yo‘lga chiqqan odamga o‘xshaydi. Yo‘lga chiqdingmi – manzil, maqsad aniq
bo‘lmog‘i kerak. Har bir xalq o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarga erishishida milliy
g‘oyaning ahamiyati nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida Islom Karimov
“Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” kitobida quydagilarni yozgan:
“Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy
davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish,
shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish,
eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch-quvvat
22
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2008.-Б.71-72.
23
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни халқ, миллатни –миллат қилишга хизмат этсин. –Т.:
Ўзбекистон, 1998. -Б. 4.