53-dars. Ilovada ra- diotugmalar guruhi- dan foydalanish



Yüklə 7,64 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü7,64 Kb.
#194498
53-DARS.Ilovada radiotugmalar guruhidan foydalanishpptx

53-DARS. ILOVADA RA- DIOTUGMALAR GURUHI- DAN FOYDALANISH

Namangan viloyati, Uchqo`rg`on tumani XTB ga qarashli 4-umumiy o`rta ta’lim maktabi informatika fani o`qituvchisi Xaydarova Kibriyo


10-sinf.
Informatika

1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar.

Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin.

Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin.

2. RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari.

Bir necha variantdan birini tanlash uchun Delphi da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi RadioGroup (radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan uchinchisidir:


Bu obyekt bilan tanishish uchun uni ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy xossalaridan biri shu paytgacha uchramagan Items (variantlar)dir. ObjectInspektorda bu xossani ikki marta bosib tanlaymiz.

RadioGroup komponentini ishchi sohaga o`rnatildi. Endi Items xossasini ikki marta chertamiz

RadioGroup komponentini ishchi sohaga o`rnatildi. Endi Items xossasini ikki marta chertamiz

Ekranda Items ning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Unga radiotugma uchun variantlarning nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin.

Ekranda Items ning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Unga radiotugma uchun variantlarning nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin.

Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz. Ular matematika, fizika, kimyo va informatika bo‘lsin. Muloqot darchasining ko‘rinishi quyidagi bo‘ladi.

Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz. Ular matematika, fizika, kimyo va informatika bo‘lsin. Muloqot darchasining ko‘rinishi quyidagi bo‘ladi.


Muloqot darchasida OK tugmasini bosib, kiritilgan variantlarni saqlab qo‘yamiz yoki Cansel (bekor qilish) tugmasini bosib, kiritilgan variantlardan voz kechamiz. Kiritilgan variantlarni qabul qilsak, ular darhol ilova oynasida paydo bo‘ladi
Ko`rib turganingizdek kiritgan variantlarimiz ilova oynasida paydo bo`ldi

Bu obyektning ham Caption xossasi bo‘lib, unga obyekt inspektorida Fan degan satrni kiritamiz. Bu o‘zgarishlar ilova oynasida darhol aks etadi.

Bu obyektning ham Caption xossasi bo‘lib, unga obyekt inspektorida Fan degan satrni kiritamiz. Bu o‘zgarishlar ilova oynasida darhol aks etadi.

RadioGroup xossalaridan biri Columns (ustunlar) deb ataladi.

Bu xossa radiotugmalar guruhining variantlari nechta ustun bo‘lib joylashishini ko‘rsatadi.

Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng taqsimlanadi.

2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha butunlashtiriladi.

3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi.

4. Oxirgi ustunlardan biri yoki bir nechtasi bo‘sh bo‘lib qolishi mumkin. Bo‘sh ustunlar uchun ham joy ajratiladi


Demak, ko`rinib turibdiki Columns qiymati nechchiga teng bo`lsa ustunimiz soni Columns qiymatiga teng bo`lar ekan

3. Eng qiziqarli fan ilovasi.

Qiziqarli fanlar ilovasini yaratib ko`ramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz.

Ilova oynani huddi shu ko`rinishga olib kelamiz.

Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:

Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

var i:integer;

begin

n[0]:=n[0]+1;

i:= Radiogroup1.Itemindex;

if i>=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1;

Radiogroup1.Itemindex:=-1;

end;

Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi OK tugmasi bosilganda) ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: i ni yaratadi. To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi. Beshinchi qatorda Radiogroup1 da qaysi variant tanlanganini i o‘zgaruvchiga uzatiladi.

Dastur natijasi:

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Radiotugmalar guruhi obyektining Items xossasidan nima maqsadda foydalaniladi?

2. Radiotugmalar guruhi obyektining Columns xossasi nima vazifa bajaradi?

3. Ilovaga sinfdoshlaringizning ismlari joylashtirilgan ra- diotugmalar guruhini joylang. Ulardan biri tanlanib, boshqarish tugmasi bosilganda tanlangan o‘quvchiga uning ismini aytib salom beradigan ilova yarating.

4. Oldingi ilovaga yana fanlar nomi yozilgan va baholar ro‘yxati bo‘lgan yana ikkita radiotugmalar guruhini kiriting. Tanlangan o‘quvchining tanlangan fan bo‘yicha tanlab olingan bahosini ekranga chiqaradigan ilova yarating.

UYGA VAZIFA

1. Radiotugmalar guruhi kerak bo‘ladigan vaziyatlarga misol keltiring.

2. Radiotugmalar guruhi RadioGroup obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?

E`tiboringiz uchun raxmat!

Xaydarova Kibriyo


Yüklə 7,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin