56- §. Fenotipik o‘zgaruvchanlik 9- sinf “Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari” darsligi asosida



Yüklə 4,86 Kb.
tarix07.04.2022
ölçüsü4,86 Kb.
#54908
56- §. Fenotipik o‘zgaruvchanlik 9- sinf “Biologiya. Sitologiya -fayllar.org


56- §. Fenotipik o‘zgaruvchanlik 9- sinf “Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari” darsligi asosid

56- §. Fenotipik o‘zgaruvchanlik

9- sinf “Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari” darsligi asosida. 2014


  • Har bir organizm tashqi muhitning ma’lum sharoitlariga mos ravishda yashaydi va rivojlanadi. Ularga tashqi muhit omillari — harorat, namlik, ozuqa miqdori va sifati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga u o‘z turidagi boshqa organizm va turlarga mansub bo‘lgan organizmlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi.

  • Bu omillar organizmning fiziologik, morfologik xususiyatlarini hamda fenotipini o‘zgartirishi mumkin. Organizmga tashqi muhit omillarining ta’siri natijasida vujudga keladigan o‘zgarishni ko‘rib chiqamiz.

  • Himolay quyonining yelkasidagi oq junlarni yulib tashlab, o‘sha joyga sovuq ta’sir etilsa qora jun o‘sib chiqadi. Bordi­yu, shu qora jun larni olib tashlab issiq belbog‘ bog‘lansa, yana oq jun o‘sib chiqadi. Himolay quyonlarini 30°C da boqilsa, uning hamma juni oq rangda bo‘ladi.

  • Normal sharoitda o‘stirilgan ikkita ana shunday oq quyonlar avlo dida, pigmentlarning tarqalishi odatdagidek bo‘ladi. Ozuqa yetishmasa yoki ota­onaga spirtli ozuqa berilsa, tug‘ilgan quyonchalar chala bo‘lib, rivojlanishi sust bo‘ladi. Tashqi muhit ta’sirida belgilarning o‘zgarishi nasldan naslga o‘tmaydi.

  • Tashqi muhit ta’sirida vujudga kelgan yana bir o‘zgaruvchanlikka to‘xtalib o‘tamiz. Nilufar gul va suv yong‘og‘ida suv osti va ustidagi barglari har xil shaklga ega: nilufarning suv ostidagi bargi ingichka lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon, suv yong‘og‘ida esa suv osti barglari patsimon qirqilgan, suv usti barglari esa yaxlit bo‘ladi.

  • Barcha odamlarda (agar ular albinos bo‘lmasa) ultrabinafsha nurlar ta’sirida melanin pigmenti to‘planishi tufayli terisi qoramtir tusga o‘tadi.

  • Shunday qilib, tashqi muhitning ma’lum ta’sirida organizmlarning har bir turi o‘ziga xos o‘zgarishlarga duch keladi va bunday o‘zgarishlar shu tur vakillarining barchasi uchun bir xilda bo‘ladi. Shu bilan birga, tashqi muhit sharoitlari ta’sirida belgilarning o‘zgarishlari chegarasiz emas. Belgilarning xilma­xillik darajasi yoki o‘zgaruvchanlik chegaralari reaksiya normasi deb ataladi.

Reaksiya normasining kengligi genotip bilan aniqlanadi va organizm hayot faoliyatidagi belgilarining ahamiyatiga bog‘liq. Reaksiya normasining torligi bosh miya yoki yurak kattaligi kabi muhim belgilarga xosdir. Shuningdek, organizmdagi yog‘ miqdori juda keng doirada o‘zgaruvchan bo‘ladi (sut tarkibidagi yog‘ miqdori qoramol zotiga, genotipiga bog‘liq).


  • Reaksiya normasining kengligi genotip bilan aniqlanadi va organizm hayot faoliyatidagi belgilarining ahamiyatiga bog‘liq. Reaksiya normasining torligi bosh miya yoki yurak kattaligi kabi muhim belgilarga xosdir. Shuningdek, organizmdagi yog‘ miqdori juda keng doirada o‘zgaruvchan bo‘ladi (sut tarkibidagi yog‘ miqdori qoramol zotiga, genotipiga bog‘liq).

  • Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar guli kamdan­kam hollarda o‘zgaradi, lekin barglarining kattaligi juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Inson uchun foydali bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarni olish uchun modifikatsion o‘zgaruvchanlikning reaksiya normasini bilish seleksiya amaliyotida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yangi sermahsul zot va navlarni yaratishdan tashqari, mavjud bor zot va navlardan yuqori darajada foydalanish imkonini beradi.

Fenotipik o‘zgaruvchanlik quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:


  • Fenotipik o‘zgaruvchanlik quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

  • irsiylanish xususiyatiga ega emas;

  • o‘zgarishlar guruhli xarakterga ega;

  • o‘zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog‘liq;

  • o‘zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanishi, ya’ni o‘zga ­ rish lar bir xil yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay, ularning namoyon bo‘ ­ lish darajasi har xil organizmlarda turlicha bo‘ladi.

  • Muhit belgilarning namoyon bo‘lishiga qanday ta’sir qiladi?

  • Tashqi muhit sharoitlari ta’sirida o‘zgargan belgilarning nasldan naslga o‘tmasligini misollar yordamida isbotlang.

  • Reaksiya normasi nima? Uning kengligi nimaga bog‘liq?

  • Fenotipik o‘zgaruvchanlikning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.


http://fayllar.org
Yüklə 4,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin