Umumiy qoidalar .
1.1. O’quv ishlar bo’yicha maktab direktori o’rinbosari maktab direktori buyrug’i asosida tayinlanadiva lavozimidan ozod etiladi .
1.2. O’quv ishlari bo’yicha maktab direktori o’rinbosari “ Bolalar huquqlari to’g’risida” gi Konvensiya talablariga rioya qiladi.
U o’z ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari , o’quvchilarning ta’lim – tarbiyasi bo’yicha barcha bo’g’inlardagi ta’limni boshqaruv organlari ko’rsatmalari, mehnat muhofazasi , texnika xavfsizligi va yong’in havfsizligi qoidalari va me’yorlariga maktab Ustavi va huquqiy vakolatlari ( shu jumladan ichki mehnat intizomi qoidalari , direktorning buyrug’i va ko’rsatmalari, mazkur lavozim yo’riqnomasi) , mehnat shartnomasiga asosan ish yuritadi .
1.3. O’quv ishlar bo’yicha maktab direktori o’rinbosari maktab direktoriga bo’ysunadi va uning birinchi o’rinbosari hisoblanadi .
O’quv ishlar bo’yicha maktab direktori o’rinbosari:
- maktabda o’quv jarayonini tashkil qilishga:
- maktab hududida intizom va ichki tartib qoidalariga rioya qilinishiga :
- maktabda kabinet tizimi yaratish va uni muntazam takomillashtirib borishiga:
- maktabda tajriba – sinov , metodik va innovatsion ishlarga javobgar:
Dostları ilə paylaş: |