2-mavzu. Fuqarolarni fvlardan muhofaza qilishning qonunlari Reja: fvlardan muhofaza qilishning qonunlari



Yüklə 79,52 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,52 Kb.
#206995
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-Mavzu.uz




2-mavzu. Fuqarolarni FVlardan muhofaza qilishning qonunlari
Reja:
1. FVlardan muhofaza qilishning qonunlari
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar


Tayanch sо‘z va iboralar: fuqaro muhofazasi, radiatsiyaviy xavfsizligi, terrorizm, qutqaruvchi, qutqaruv xizmati, qutqaruvchi maqomi, sanoat xavfsizligi ekspertizasi.

FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta.


Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.


  1. O’zbekiston respublikasining 2022-yil 17-avgust kunidagi 790-sonli “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni (hujjat hali kuchga kirmagan(7.09.2022)). Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach (ya’ni 17-noyabrdan) kuchga kiradi.

  2. O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-dekabrdagi 737-sonli “Favqulodda holat to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni

  3. O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to’g’risida”gi 713-sonli Qonuni

  4. O’zbekiston Respublikasining 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Qonuni

  5. O’zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi Qonuni

  6. O’zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonuni

  7. O’zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”gi Qonuni

  8. O’zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida”gi Qonuni

  9. O’zbekiston Respublikasining 2008-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risida”gi Qonuni

  • Yuqorida sanab o‘tilgan qonunlar ichida 2022 yil 17 avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.

Ushbu qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha darajadagi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, maqsadlari, vazifalari va usullari aniqlanib, mustahkamlab qo‘yilgan.
I bo‘lim “Umumiy qoidalar” deb nomlanib o‘z ichiga 1-5-moddalarni oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha asosiy tushunchalar, qonun hujjatlari, muhofazaning asosiy prinsiplari va axborot qanday bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib berilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‘rilishidan iborat.
II bo‘lim - “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni taʼminlash tizimi” - 6-14-moddalar. Muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so‘z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi, Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan, ilk bor fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalarining ishtiroki ko‘rsatilgan.
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini og‘ishmay amalga oshirish, haqiqiy xavf-xatar manbalarini va ularning tabiatini anglab yetish har bir kishiga o‘zini yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, tabiiy ofatlardan muhofaza qilinganini sezish iskoniyatini beradi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 26 mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi to‘g‘ri­sida”gi qonun “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘ri­sida”gi qonundan farqli o‘laroq harbiy harakatlar olib borish davri masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.

Qonun 5 bo‘lim va 23 moddadan iborat. I bo‘lim - “Umumiy qoidalar” - beshta moddani o‘z ichiga olib, bu moddalarda fuqaro muhofazasining asosiy tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to‘g‘risida maʼlumotlar berilgan.

Yüklə 79,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin