2010 yil 5 yanvardagi 2-sonli «Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash ҳақида»gi qarori qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb qilish sohasida huquqiy tartibga solishni belgilaydi.
Qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
xizmat ko‘rsatilayotgan obʼektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Yirik favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda O‘R Prezidentining qarori bilan O‘R Mudofaa vazirligining muhandislik-sapyorlik bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
Qarorda shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish shtabining funksiyalari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, jalb qilingan kuch va vositalarni moddiy va moliyaviy taʼminlash, qutqaruv ishlarini to‘xtatish masalalari yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi 202-sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Qaror aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash masalalarini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Ichki ishlar, Qishloq va suv xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oldiga vazifalar qo‘yilgan. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shaharlar va tumanlar ro‘yxati (1-ilova), aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari (4-ilova) keltirilgan.