P habibullayev nomidagi fizika



Yüklə 200,89 Kb.
səhifə1/7
tarix30.01.2023
ölçüsü200,89 Kb.
#81689
  1   2   3   4   5   6   7
aprel hisoboti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI


O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


P.HABIBULLAYEV NOMIDAGI FIZIKA
FAKULTETI ”FOTONIKA” kafedrasi
70350901-Fizika (Optika, magnitooptika va molekulyar optika)
mutaxasisligi bo’yicha
I kurs magistranti
Xurramov Jahongir Jo’ra o’g’li
2022-yil aprel oyi uchun


HISOBOTI

Toshkent-2022



I.O’quv-metodik ishlar
Nazariy ta’lim-mutaxassislig fanlari:
O’quv rejasiga muvofiq jadvalda belgilangan quyidagi mutaxassislik fanlaridan ma’ruzalar tinglandi:
1. Magnitaoptika fanidan quyidagi mavzular bo’yicha maruzalar tinglandi. ( prof. U. Valiyev)
- Mаgnitooptik effektlаrning fenomenologik nаzаriyasi
Magnitooptik effektlarning fenomenologik nazariyasini muhokama qilishdan avval, elektromagnit toʼlqinlarning modda bilan oʼzaro taʼsir tabiatini aniqlamoq zarur. Maʼlumki, elektromagnit toʼlqinlarning kristallar bilan oʼzaro taʼsiri, yorugʼlik toʼlqinlarining elektrik va magnit maydonlar induktsiyasi va kuchlanganligini bogʼlaydigan, elektrik va magnit tenzorlari bilan qoʼyidagicha tavsiflanadi

Kristallning yuqori simmetriyali oʼqi boʼyicha (soddalik uchun kubik kristallni olamiz) yoʼnalgan N magnit maydon (yoki spontan magnitlanish M) holatida E=Eik tenzor qoʼyidagi koʼrinishga ega


- Qutblаngаn yorugʼlikning mаgnitаviy tаrtiblаngаn kristаllаrdа tаrqаlishi.
Kubik kristallarda Faradey effekti ( magnit maydonda aylanaviy ikki nurli sinish)
Kubik kristallda tarqaladigan yorugʼlikka magnitlanuvchanlikning (yoki tashqi magnit maydonning) taʼsirini koʼrib chiqamiz. Magnitlanuvchanlik uchun yoʼnalishni kubning toʼrtinchi tartibli oʼqlarning biri boʼylab, aytaylik M || [001] tanlab olamiz. Dielektrik oʼtkazuvchanlik tenzori (2.1) qoʼyidagi koʼrinish oladi

Magnitlanuvchanlik yoʼnalishida (yaʼni z – oʼqi boʼyicha) tarqaluvchi yassi toʼlqin uchun (magnitlangan kristall “kvazibiroʼqli” boʼlgani uchun) qoʼyidagiga ega boʼlamiz:


- Kotton-Muton effekti va magnit chiziqli dixroizmi


Yorugʼlik tarqalishini magnitlanishga perpendikulyar k _|_ M tarqalishidagi xolatni koʼrib chiqamiz. Kubik kristalda (shuningdek M magnitlanish yuqori simmetriyali oʼqlar boʼylab yoʼnalgan shart bajarilganda) ikkita yoʼnalish ajratiladi: magnitlanishga va yorugʼlik tarqalishiga parallel va perpendikulyar (10 b rasm). Kristallda qoʼyidagi effektiv dielektrik doimiylarga ega ikki toʼlqin tarqalishi mumkin:

Shunday qilib ixtiyoriy yoʼnalishda qutblangan yorugʼlik kristalldan oʼtgandan soʼng M2 ga proportsional elliptik qutblanishga ega boʼladi (10 b rasm). Effekt ishorasi magnitlanish yoʼnalishiga bogʼliq emas. Bu effekt ikki chiziqli qutblangan toʼlqinlarning nisbiy fazaviy siljishi hisobidan Foxt effekti yoki Kotton—Muton effekti (KME) deyiladi.
Kristallga chiziqli qutblangan u - va z - oʼqlari boʼyicha tashkil etuvchilarga ega yorugʼlik tushayotgan boʼlsa, u holda kristallda turli fazaviy tezlikli ikkita chiziqli qutblangan toʼlqinlar tarqaladi, yaʼni Foxt effekti yoki Kotton – Muton effekti nomi bilan ataladigan yorugʼlikning chiziqli ikkiga ajralib sinishi kuzatiladi. Umumiy holda kristall chiqishida ikkita chiziqli qutblangan ixtiyoriy fazali toʼlqinlarning qoʼshilishi elliptik qutblangan yorugʼlikni beradi.

Yüklə 200,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin