3. Kvant elektronikasi fanidan quyidagi mavzular bo’yicha maruzalar tinglandi. (dots.v.b. I.Solovyev)
- Kvant kuchaytirgich va optik kvant generatori Kvant kuchaytirgichlar Oldingi paragraflarda ko‘rib o‘tganimizdek, zarralarning majburiy o‘tishlarida hosil bo‘lgan nurlanishlarning yordamida elektromagnit to‘lqinni faol (invers bandlikli) muhitdan o‘tganda kogerent kuchaytiriladi. Ushbu kuchaytirgichlarning vazifasi undan o‘tayotgan elektromagnit to‘lqinning amplitudasini ortirishdan iborat bo‘lsa, u holda kvant kuchaytirgich-elektron kuchaytirgichlarga o‘xshashdir.
Kvant kuchaytirgichlarda elektromagnit to‘lqinining amplitu-dasini yoki intensivligini oshirishdagi jarayonlarni va uning imkoniyatlarini aniqlash uchun K0 va to‘yinish intensivligi It bo‘lgan faol muhitdan monoxramatik elektromagnit to‘lqinining o‘tish jarayonini ko‘raylik. Kuchaytirgichning kirishdagi elektromagnit to‘lqinning intensivligini I0 deb belgilaylik. Rezonans bo‘lmagan yo‘qotishlar nolga teng bo‘lgan holda bunday muhitning dx qalin-ligini o‘tgan to‘lqin intensivligining o‘zgarishi quyidagi
dI(x)dxk(x) I(x) (83)
tenglama bilan aniqlanishi mumkin. Intensivlik I ning ortishi va K ning o‘zgarish xarakterini bilgan holda (83) tenglamani boshqa ko‘rinishda keltirish mumkin, ya’ni
(1IIt) dIIK0 dx (84)
Ushbu (x0 da II0) chegaraviy shartni e’tiborga olib, (84) tenglamani integrallasak, muhitning kirishidagi elektromagnit to‘lqinning intensivligi I0 va x koordinatasidagi intensivligi (x) bilan bog‘lovchi transendent tenglamani olamiz;
ln(I I0)(I It)(I0 It)K0x (85)
Bundan tashqari lazer nurlanishi o‘ta monoxromatik bo‘lgani sababli, u kvant kuchaytirgichni o‘tish jarayonida monoxromatiklik xususiyatini yanada yaxshilaydi. Bunga sabab, faol muhitning kuchaytirish koeffitsientining qiymati rezonans chastotada maksi-mumga ega bo‘lishi va nurlanish spektrining markaziy qismi chetki qismlariga nisbatan ko‘proq kuchaytirilishidir.
- Ochiq optikaviy yoʼqotishlar. Foks–Li nazariyasi
Yorug`likning intensivligi 1 (ν) bilan ish ko`rish ancha qulaylik tug`diradi. Nurlanishning spektral energiya zichligi Yorug`likning intensivligi bilan bog`langan: i’ni I(ν)=ρν0(ν)·s s = 3 • 1010 sm/s — Yorug`likning bo`shliqdagi tezligi, ρν0(ν), [erg/sm3], I(V), [erg/sm2 • s] yoki I (ν) =ρν0(ν) S/hν, [foton/sm2 X Xs], ya’ni bir sm2 yo`z orqali bir sekundda o`tayotgan fotonlar soni. Shunday qilib, Eynshteyn absolyut qora jismning nurlanish qonuni asosida yorug`likning spontan nurlanishi bilan bir qatorda majburiy nurlanishi xam mavjud ekanligini isbotlab berdi.
Majburiy nurlanishni tajribada kuzatish mazer va lazer kabi asboblarni yaratish bilan yakunlandi. Tarixan mazer asbobi birinchi yaratilgani sababli mazerning ishlash va tuzilishini qisqacha qarab chiqamiz.