OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Hayot faoliyati xavfsizligi
1-MUSTAQIL ISH
VARIANT: 23 variant
Topshirdi: Tilakov Islombek
070-20-guruh talabasi
Tekshirdi: Abdullayeva S.M
Shovqin intensivligini hisoblash. To’siqli konstruktsiyalarda tovush izolyatsiyasini tadqiq
qilish.
Reja:
Shovqin va undan himoyalanish.
1.1 Shovqinning inson organizmiga ta’siri.
2. Tovushning asosiy o‘lchov birliklari.
2.1 Tovush chastotasi.
2.2Tovush bosimi
.
2.3Tovush intensivligi.
2.4Tovush qattiqligi .
3. Shovqinning inson organizmiga zararli ta’siri.
4.
Shovqin va undan himoyalanish
Shovqinning inson organizmiga ta’siri.
Insonning mavjud beshta sezgi a’zosi
ichida eshitish
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan muloqot
qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining eshitish sezgilari
orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi. Toza tovush bir xil
chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir.
Insonni o‘rab turgan muhitda turli xil tovushlar mavjud bo‘lib, ularni inson eshitish a’zosi
yordamida eshitadi. Tovush fizik kattalik bo‘lib, faqat elastik muhitda (havo, suv, gaz va b.)
tarqaladi, vakuum muhitida tovush tarqalmaydi.
Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. Shovqin
esa har xil chastota va
tebranishdagi tovushlar aralashmasidir.
1660 yili Robert Boyl (1627–1661yy) tovush tarqalishi uchun gazsimon suyuqlik yoki qattiq
jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi. Tovush tarqalishiga sabab bo‘ladigan muhitga
bog‘liq holda shovqin mexanik va aerogidrodinamik ko‘rinishda bo‘ladi.
Tovush intensivligining o‘lchov birligi «Bel» qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi
Aleksandr Greyama Bel (1847–1922y) sharafiga atalgan. Inson qulog‘i bir xil bosimdagi,
turli
xil chastota va qattiqlikdagi tovushlarni eshita oladi. Tovush qattiqligi (gromkost) – «fon» bilan
o‘lchanadi. Bir fon – 1000 Gs chastotadagi va 1dB intensivlikdagi tovush qattiqligiga tengdir.
Inson qulog‘i 16 Gs.dan 20000 Gs.gacha bo‘lgan tovush chastotalarini eshitish qobiliyatiga ega.
Inson 800…4000 Gs chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16…100 Gs chastotali tovushlarni
sezilarli darajada eshitadi.
1861 yili anatomik olim Alfonso Korti (1822–1876y) insonning eshitish a’zosi- quloqni
tekshirib, uning ishlash tartibini o‘rganib chiqqan.
Shovqinning insonga ta’sirini fiziologik baholash maqsadida, u past chastotali (300 Gs.gacha),
o‘rta chastotali (300…800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs dan Yuqori) shovqinlarga ajratiladi.
Inson
xoh kunduzi, xoh tunda, ish vaqtida ham, dam olish vaqtida ham, uyquda ham ma’lum
darajadagi shovqin ta’sirida bo‘ladi. Masalan, barglarning shitirlashi 10-40 dB, soatning
chiqillashi quloqdan 1 m uzoqlikda 25-35 dB, uxlayotgan odamning nafas olishi 25 dB atrofida,
oddiy so‘zlashuv vaqtida –50-60 dB, qattiq baqirib so‘zlashganda –75 dB, 100 km/soat
tezlikda
harakatlanaetgan engil avtomobil-110 dB, reaktiv samolet-120-130 dB tovush intensivligidagi
shovqin hosil qiladi.
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘ligiga ta’sir etadi, u
tez charchaydi, psixologik reatsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek,
shovqin
insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va muvozanatini
buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil
baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari
shovqin qon bosimining
oshishiga, ko‘z qorachigining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va
tomir urishining tezlashiga, asab tizimining buzilishiga, uyqusizlik sodir bo‘lishiga va eshitish
qobiliyatining susayishiga ham olib keladi. Ayniqsa inson qulog‘i
eshitmaydigan shovqinlar,