Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari



Yüklə 84,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü84,6 Kb.
#191607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tilakov Islom 1-mustaqil ish

Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari. 
Ishlab chiqarishda shovqin ta’sirini 
kamaytirish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
1. Shovqinni hosil bo‘ladigan manbasida kamaytirish.
2. Shovqinni tarqalish yo‘lida so‘ndirish.
3. Masofadan boshqarish qurilmalaridan foydalanish.
4. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
5. Profilaktik tadbirlar.
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib, u birinchi navbatda shovqin manbasiga hamda 
shovqin darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga salbiy 
ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo‘lganligi sababli, amalda kompleks usullardan 
foydalaniladi. Bunday kompleks usul o‘ziga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni, 
shovqin manbasida kamaytirish; shovqinni tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish; binolarga akustik 
ishlov berish; ishlab chiqarish binolari va uchastkalarining joylashishini ratsional rejalashtirish; 
shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, 
detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish
uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, eyilgan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va shu kabi yo‘llar orqali 
amalga oshiriladi. Masalan, dumalash podshipniklarini ishqalanish podshipniklariga almashtirish 
shovqin darajasini 10…15 dB ga, to‘g‘ri tishli shesternyalarni shevronli shesternyalarga 
almashtirish – 10 …12 dB ga, zanjirli uzatmalar o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan 
foydalanish – 10…15 dB ga, tishli uzatmalarni yig‘ish sifatini oshirish – 5…10 dB ga 
kamaytirishga imkon beradi.
4.1-rasm. Shovqindan umumiy muxofazalanish.
1
Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin 
hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va 
ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida ham yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar 
gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon harakati natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin 
manbasida kamaytirish uncha samada bermaydi. Shu sababli bunday shovqinlar darajasi shovqin 
yo‘liga shovqin susaytirgichlar o‘rnatish orqali kamaytiriladi. 
Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit xarakterdagi shovqinlar yuzaga keladi. 
Bunday shovqinlar hosil bo‘lishining asosiy sababi-o‘zgaruvchan magnit maydonlari ta’sirida 
ferromagnit massalarning titrashi hisoblanadi. Transformatorlardagi bunday shovqinlar 
paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan 
foydalanish orqali kamaytiriladi.
O‘ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolyasiyalashda tovush kamaytiruvchi ekranlar 
ishlatiladi. Ishlab chiqarish binolarida shovqinni susaytirish yo‘llaridan yana biri binolarga 


akustik ishlov berish, binolar va sexlarni to‘g‘ri joylashtirish hisoblanadi. Tovush yutuvchi 
materiallar sifatida kapron tolalari, porolon, mineral momiq, shishatola, g‘ovak polivinilxlorid 
kabilar ishlatiladi. Bunday g‘ovak materiallar o‘ta va yuqori chastotali shovqinlarni maksimal 
darajada yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali shovqin darajasini 
susaytirish va me’yorlashtirish imkoniyati bo‘lmasa, shaxsiy himoya vositalari – quloqchinlar va 
maxsus tamponlardan foydalaniladi.

Yüklə 84,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin