2-mavzu. Fuqarolarni fvlardan muhofaza qilishning qonunlari Reja: fvlardan muhofaza qilishning qonunlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar



Yüklə 79,52 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,52 Kb.
#206995
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Mavzu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar



  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
    2 iyun
    dagi PQ-3030-sonli “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi Qarori:

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan vaqtdan beri aholini va rahbarlar tarkibini fuqaro muhofazasi
va favqulodda vaziyatlar sohasida tayyorlash vazirlikning ustuvor vazifalaridan biri deb belgilangan. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti tashkil etilgan.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi 455-sonli “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteriga va o‘lchamlariga ko‘ra tasniflab berilgan.

Favqulodda vaziyatlar xarakteriga ko‘ra uch turga - tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlar va o‘lchamiga ko‘ra to‘rtga - lokal, mahalliy, respublika va transchegara favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi.
Maʼlumki, har yili sel, toshqin, o‘pirilish va ko‘chkilar tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘ladi, respublika xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkaziladi, baʼzan esa odamlarning o‘limiga sabab bo‘ladi.

  • 2007 yil 19 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar тўғрисида»gi PQ-585-sonli qarori bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab beradi.

Qaror bilan xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. Nizomda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi, vazirliklar va idoralarning vazifalari aniqlangan. Xususan, «O‘zgidromet” va O‘zdavgeolqo‘m har yili 20 fevralga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi, FVV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimiyatlariga xavfli gidrometeorologik va geologik xavfli jarayonlar faollashayotgan maydonlar, bu yerlarda joylashgan aholi manzilgohlari, vaqtincha yoki doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxatini, shuningdek aholini va hududlarni muhofaza qilish uchun o‘tkazilishi lozim bo‘lgan muhandislik-texnik tadbirlari to‘g‘risida takliflarni taqdim etishlari lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Moliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari ushbu maʼlumotlar asosida aholi va hududlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrda qabul qilingan 271-sonli qarori «Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ҳақида» deb nomlanadi. Unga to‘rtta Nizom va konsepsiya ilova qilingan:

1-ilova. Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risida Nizom.
2-ilova. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risida Nizom.
3-ilova. O‘zbekiston Respublikasida putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi.
4-ilova. Xavfli ishlab chiqarish obʼektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida Nizom.
5-ilova. Xavfli ishlab chiqarish obʼektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risida Nizom.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    Yüklə 79,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin