Javoblar 1 Korporativ boshqaruvning nemis va yapon modeli umumi-www.hozir.org
2Korporativ moliyaviy rejalashtirish Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarish tizimining ajralmas qismi sifatida korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga doir qaror qabul qilish asoslarini ta’minlaydi. Moliyaviy rejalashtirishning korxonalar faoliyati uchun alohida dolzarbligi shundaki, u keskin raqobat sharoitida uzluksiz rivojlanish yoʻlini belgilab beradi. Moliyaviy rejalashtirishning notoʻgʻri tashkil etilishi bir tomondan bozorning ma’lum bir mahsulotga nisbatan toʻyinishi, ikkinchi tomondan esa boshqa bir mahsulotga nisbatan taqchillikning yuzaga kelishiga olib keladi. Natijada esa bozor muvozanati buziladi. “Bozor uchun eng maqbul holat talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatning ta’minlanishidir. Shundagina iqtisodiyot bir maromda rivojlanadi”. Moliyaviy rejalashtirish resurslardan samarali va toʻgʻri foydalanish orqali bozor muvoza natini ta’minlashga xizmat qiladi. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy menejerlar va boshqa mutaxassislar tomonidan aniq moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqilishi, ishlab chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish uchun qarorlar qabul qilinishini koʻrish mumkin. Umuman moliyaviy rejalashtirish koʻrsatkichlar tizimiga asoslangan moliyaviy boshqaruvda qoʻllaniladigan asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda moliyaviy rejalashtirish buyruq elementi sifatida ifodalanmaydi. Aksincha, uning maqsadi – xoʻjalik faoliyati muvaffaqiyati uchun optimal imkoniyatlarni ta’minlash, buning uchun zarur mablagʻlarni jalb qilish, korxonaning raqobatbardoshligi va foydaliligiga erishish, shuningdek, korxonaning daromad va xarajatlarini, pul mablagʻlari harakatini rejalashtirishdir. Moliyaviy rejalashtirish keskin raqobat sharoitida xoʻjalik subyekti raqobatbardoshligi va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida pul mablagʻlari harakatini, ya’ni daromad va xarajatlarni toʻgʻri tashkil etishga qaratilgan faoliyatdir. Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarishda muhim va dastlabki bosqich sifatida koʻzga tashlanadi. Bu jarayonni korporativ boshqaruvda moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoni bilan izohlash mumkin.