59-variant Korporativ boshqaruvning nemis va yapon modeli: umumiy va farqli jihatlar Korporativ moliyaviy rejalashtirish Forvard bitimlarining qoʻllanish xususiyatlari Moliya bozorining islom modeli qoʻllanish xususiyatlari. Javoblar


Forvard bitimlarining qoʻllanish xususiyatlari



Yüklə 10,56 Kb.
səhifə3/3
tarix26.10.2023
ölçüsü10,56 Kb.
#161393
1   2   3
Javoblar 1 Korporativ boshqaruvning nemis va yapon modeli umumi-www.hozir.org

3Forvard bitimlarining qoʻllanish xususiyatlari
Forvard shartnomalari bu ikki tomonning kelishuvi boʻlib, unga koʻra bir tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kelajakda amalga oshirishga kelishilgan maʼlum bir muddatda va oʻrnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi. Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga oshiriladi va uni tuzish vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur emas. Forvard shartnomalari bu birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir. Shartnoma shartlari bitimni tuzish paytida kelishib olinadi. Shartnoma ana shu kelishib olingan shartlar boʻyicha belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Qoidaga koʻra forvard shartnomasi kerakli aktivlarni haqiqatda sotish yoki sotib olishni amalga oshirish va xaridor hamda sotuvchi larni narxlarni salbiy oʻzgarishlaridan sugʻurtalash maqsadida tuziladi. Forvard shartnomalarini ijro etish majburiy hisoblanishiga qaramay kontragentlar uni amalga oshmay qolishidan sugʻurtalanmagan, bunday holatlarga tomonlardan birining bankrotligi yoki insofsizligi ham sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun shartnoma imzolangunga
qadar hamkorlar bir birlarining toʻlovga layoqatliklari va obroʻ eʼtiborlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari lozim. Shartnomani tuzishda tomonlar bitim amalga oshiriladigan narxni kelishib olishlari lozim boʻladi. Ushbu narx yetkazib berish narxi deyiladi va forvard shartnomani amalga oshirish davrida oʻzgarishsiz
qoladi. Forvard shartnoma bilan aloqador forvard narx tushunchasi ham bordir. Maʼlum bir davr uchun bazis aktivning forvard narxi deb forvard shartnomani tuzish davrida unda belgilab qoʻyilgan narx tushiniladi.
4Moliya bozorining islom modeli qoʻllanish xususiyatlari.
Moliya bozorining islom modeli asosan moddiy manfaat, iqtisodiy foydadan oldin axloq qadriyatlari ustunligiga asoslanadi. Bu tizim XX asr oxirlarida arab davlatlarida neft eksportidan yuqori daromadga bogʻliq holda shakllangan. Aynan neft eksporti boʻyicha yuqori daromad tufayli kelib tushgan pul mablagʻlarini qanday saqlash masalasi yuzaga kelgan. Bungacha tushumlar miqdori past boʻlganligi sababli, mablagʻlar anʼanaviy banklarda saqlanar edi. Islom model ining asosiy xususiyatlari quyidagilar:
- foiz undirishga taʼqiq mavjudligi. Lekin bunday taʼqiq faqat banklar uchun daromadlar kafolatgan holda amal qiladi;
- ulush asosida ishtirok etishdan yoki ijaradan daromad olish imkoniyatlari;
- obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi. Lekin obligatsiyaning
maxsus turi loyihani moliyalashtirishdagi ulushi asosida daromad olish imkonini berish orqali amal qiladi;
- azart oʻyinlari, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bogʻliq biznesga investitsiyalar kiritishga taʼqiq qoʻyilganligi;

- hosilaviy moliyaviy instrumentlarning mavjud emasligi. Masalan, pishib yetilmagan bugʻdoy uchun ham hosilaviy instrumentlar qoʻllanilishi mumkin emas;



- nochorlarga yordam tamoyillari amal qilishi. Bunda har bir islom banki va uning mijozlari zaxira kapitali va foydasi hisobidan kambagʻal musulmonlar foydasiga islom soligʻi ajratish asosida maxsus fond tashkil etadi.
http://hozir.org
Yüklə 10,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin