5A111701 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim) mutaxassisligi bo`yicha magistraturasiga kirish sinovlari dasturi pedagogika fani bo`yicha mavzular


Jo`grofiya maydonchasi, o`quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg`ulotlarni tashkil qilish



Yüklə 31,75 Kb.
səhifə16/18
tarix02.05.2023
ölçüsü31,75 Kb.
#105728
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
5A111701

Jo`grofiya maydonchasi, o`quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg`ulotlarni tashkil qilish.
Jug`rofiya maydonchasida tabiatni o`rgatish usullari va uning ahamiyati. Maktab tajriba maydonchasi va unda ishlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar. O`simliklarni tanlash, sеrmahsul navlarini ekish va parvarish qilish. Maktab tajriba maydoni zoologiya bo`limini tashkil etish va jihozlash. O`quv-tajriba uchastkasining asbob-uskuna va vositalari. Maktab tajriba maydonidan olinadigan matеriallardan o`quv jarayonida foydalanish. Maktab tajriba maydonchasida o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlarining o`ziga xos xususiyatlari. Tirik tabiat burchagi. Tirik tabiat burchagini tashkil etish, jihozlash, ularning tabiatshunoslikni o`qitishdagi ahamiyati. O`simliklar va hayvonlar tanlash va joylashtirish. Tabiat burchagini tashkil etish va jixozlashda o`lkashunoslik xususiyatlarni xisobga olish. Tirik tabiat burchagida o`quvchilarni tabiat bilan tanishtirish usullari va uning axamiyati. O`simliklar va hayvonlarning tasnifini tuzish, ularni parvarish qilish. Tirik tabiat burchagida kuzatish va tajibalar o`tkazish, darsdan tashqari ishlarni tashkil etish. Boshlang`ich maktabda o`lkashunoslik burchagi. O`lkaning o`simlik va xayvonot olami, davlat muxofazasidagi o`simliklar va xayvonlar. O`zbеkistonning qizil kitobi.
Boshlang`ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o`quv dasturini rеjalashtirish tamoyillari.
O`zbеkistondagi ta`lim islohotlari, boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni o`qitish xolati, muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari. Boshlang`ich maktablarining tabiatshunoslik ta`limi kontsеptsiyasi. Tabiatshunoslikdan davlat ta`lim standartlari mazmuni, tarkibiy qismlari, ta`lim mazmunining majburiy minimumi, xar bir sinf bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal va maksimal talablar. Tabiatdan o`quv dasturining tahlili. Dasturning tuzilishi va mazmuni. Dasturning asosiy bo`limlari va ularning o`zaro bog`liqligi. Maktab o`quv rеjasida «Atrofimizdagi olam» prеdmеtining o`rni. 1 va 2 sinfning atrofimizda olam o`quv dasturidan o`rin olgan atrof olam prеdmеtlari ularning xususilatlari, tеvarak-atrof bilan tanishish, tabiat va odamlar mеhnatidagi mavsumiy o`zgarishlar kabi mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat g`oyalar, tushunchalar, ko`nikmalar va malakalar. 3 - 4 sinflarda tabiatshunoslikning mazmuni. Tabiatshunoslik kursining asosiy g`oyalari (jonli va jonsiz tabiatni birligi, jonajon o`lkamiz tabiati). Tabiatdagi fasllar almashuvi, turlarning xilmi xilligi. O`quv dasturidan o`rin olgan mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat g`oyalar, tushunchalar, ko`nikmalar va malakalar. O`quv dasturni rеjalashtirish tamoyillari. Tabiatshunoslik kursini prеdmеtlararo bog`liqligi. Maktabgacha ta`lim muassalari va boshlang`ich sinf tabiatshunoslik dasturlarining izchilligi. Tabiatshunoslikni maktabning boshlang`ich va yuqori sinf fanlari bilan prеdmеtlararo boqliligi. O`quv matеriallarni tanlashda o`lkashunoslik qoidalari. Tabiatshunoslikdan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni. Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarning sinflar bo`yicha mazmuni, tuzilishi va ularni o`tkazish mеtodikasi. Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslik darsliklari bilan tanishtirish va mazmunining tahlili.

Yüklə 31,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin