5A111701 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim) mutaxassisligi bo`yicha magistraturasiga kirish sinovlari dasturi pedagogika fani bo`yicha mavzular
5A111701 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim) mutaxassisligi bo`yicha magistraturasiga kirish sinovlari DASTURI Pedagogika fani bo`yicha mavzular O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim to`g`risida umumiy ma`lumot. pedagogika fanining muammolari, pedagogika fanining maqsad va vazifalari, pedagogikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi. Ta`lim to`g`risida umumiy tushuncha. Ta`lim jamiyatning asosiy vazifasi ekanligi. O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, ta`lim to`g`risida prezident I.Karimovning Oliy Majlisning 9-sessiyasida «Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so`zlagan nutqining mazmuni. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunning maqsadi. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi va turlari. Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning predmeti. pedagogika fani tizimi. pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: rivojlanish, shakllanish, tarbiya, o`qitish, ta`lim, o`z-o`zini tarbiyalash, mustaqil o`qitish, o`z ustida ishlash. Ilmiy tadqiqot metodlari. pedagogik innovatsiya. Pedagogika tarixi. Pedagogikani davrlashtirish. Ibtidoiy jamoa davri. Qadimgi sharq mamlakatlari. Qadimgi Gretsiya, Rim. O`rta asrlar davri. Yangilanish davri. Yaqin o`tmish va demokratiyalash davri. O`zbekistonda Pedagogik fikrlarning rivojlanishi va maktablar tarixi. Sharq mutaffakirlari, ularning pedagogika fanining rivojiga qo`shgan hissalari. Shaxs va pedagogik jarayon. Shaxs kamolot jarayonining ob`ekti va sub`ekti sifatida. Shaxsning rivojlanish jarayoni. Inson shaxsining biologik va ijtimoiy rivojlanishining asosiy tamoyillari. Shaxs tajribasi, rivojlanish diagnostikasi. Yagona pedagogik jarayon. Yagona pedagogik jarayonning maqsadi, printsipi, mazmuni, metodi, vostasi, shakllari. Didaktika. Ta`lim mazmuni. Ta`lim jarayoni. Ta`lim metodlari. Ta`limni tashkil etish shakllari. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish. Ta`lim va tarbiya jarayonining mohiyati. Ta`lim va tarbiyaning asosiy funktsiyasi. Didaktika va tarbiya jarayoning asosiy kategoriyalari. Ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchi va talabaning hamkorligi. Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat haqida umumiy ma`lumot, bilim, ko`nikma va malakalarni puxta egallab olishga imkon yaratib beradi. Shuningdek, maktab amaliyotida va pedagogik fikr tarixida o`qituvchining mahorati masalalari, pedagogika qobiliyat, o`qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot madaniyati va o`quvchining psixologik faoliyati, pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari, darsda va tarbiya jarayonida o`qituvchi mahorati, o`qituvchi mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslari, pedagogik tajriba orttirishi, tadqiqot metodlari; hozirgi Ta`lim muassasalarida ilg`or pedagogik g`oyalar, tajriabalarning taraqqiyoti va uni hayotga tatbiq etish yo`llari, pedagogik mahorat taraqqiyoti tarixi, mustaqil malaka oshirish va o`z-o`zini nazorat qilish o`quv- tarbiya jarayonida pedagogik muloqot mahorati, pedagogik tajriba va uni tatbiq etish, o`qituvchi faoliyatida sharqona muomala madaniyati asoslarini o`rganish, tahlil etish to`g`risida Boshlang`ich ma`lumotlar berishni nazarda tutadi. Pedagogik mahorat fani yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini,pedagogik texnikani egallashini, shuningdek, pedagogik shaxsi uning tajribasi, fuqaro`lik va kasbiy mavqeini o`rgatadi. «Pedagogik mahorat» fani «Pedagogika nazariyasi va tarixi», «Yosh pedagogikasi va psixologiyasi», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Pedagogik texnologiya»lar bilan birgalikda bilim va malakalar tizimini yaratadi. Pedagogik mahorat fanining maqsadi bo`lajak o`qituvchiga hozirgi zamon pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni, o`qituvchi shaxsi va kasbi haqidagi bilim va malakalarni hamda har bir tarixiy bosqichda ta`lim – tarbiya tizimi, ijtimoiy-pedagogik fikrlar, ta`lim-tarbiya mazmuniga ijodiy munosabatda bo`lishini o`rgatadi. Pedagogik mahorat fanining predmeti - «ta`lim to`g`risida» gi qonun va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, o`z sohasini mukammal egallagan, bilimdon, axloqan pok, ma`nan etuk, jismonan sog`lom bo`lgan pedagoglarni tarbiyalashdir. Pedagogik mahorat fanining vazifalari - o`qituvchi mahoratiga doir dolzarb muammolar va bu borada olib borilishi zarur bo`lgan tadqiqot va izlanishlar, o`qituvchining kasbdoshlari, ota-onalar va o`qituvchilar bilan aloqa munosabatlarning yo`nalishini, usullarini hamda o`qituvchi faoliyatida kasb mahoratining o`rni, mohiyati o`qituvchining muomila madaniyati, o`qituvchi ishidagi texnika pedagogik g`oya, ta`limotlarni o`rganadi. O`qituvchi va tarbiyachi shaxsi. Tarbiyaning maqsadi, vazifasi, printsiplari, qoidalari, mazmuni. Ta`lim va tarbiya metodlari. Ta`lim va tarbiya metodlari tasnifi. Ta`lim va tarbiyaning interfaol metodlari. Ta`lim va tarbiyani tashkil etish shakllari. Ta`lim va tarbiya vositalari. Ta`limda sinf-dars tizimining xususiyatlari. Zamonaviy darsga qo`yiladigan talablar. Darsning tiplari, strukturasi. Tarbiyaviy ishlariing turlari. An`anaviy Ta`lim, an`anaviy dars, noan`anaviy zamonaviy ta`lim va dars. Tarbiyaviy ishlarni taqqoslash harakteristikasi. Oila pedagogikasining predmeti, maqsad va vazifalari. Oila va uning turlari. Zamonaviy oilalar rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari. Ta`lim muassasalarining oila bilan hamkorligining metod, shakl va vositalari. Pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, Ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning yangi metod va formalariga qo`yiladigan zamonaviy talablar. O`zbekiston Respublikasida Ta`limning rivojlanishi va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi. Ta`lim jarayonida O`quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi. O`qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko`nikma hosil qilish. Innovatsion faoliyat tizimi va pedagogning innovatsion faoliyatiga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir. Pedagogik kengash Ta`lim muassasasini jamoa bo`lib boshqarishning oliy o`rgani. Ta`lim muassasasi pedagogik jamoasi va uning faoliyati. O`qituvchilarning malakasini oshirish. Ta`lim muassasini ichki nazorati: funktsiyasi, printsiplari, shakl va metodlari. Ta`lim muassasasi rahbariyati va uning faoliyati. Metod birlashmalar, o`quv-metodik kengashlar va ularning faoliyati. Ta`lim tizimi menejmenti. Boshqaruvning ilmiy asoslari. Boshqaruv odobi. Menedjer modeli. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta`lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O`qituvchi shaxsiga qo`yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob`ektlari va metodlari. Ta`limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O`tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo`nalishlari. Ilg`or pedagogik qarashlar. Jahon ta`lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta`lim va tarbiyaning o`ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta`lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta`lim prinsiplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta`lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o`z-o`zini tarbiyalashning o`ziga xos xususiyatlari. Ta`limni boshqarish shakllari. O`quv-me`yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o`ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag`batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya`ni ta`lim-tarbiya jarayonida qo`llaniladigan o`qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta`lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta`minlashni bilish, mashg`ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob`ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o`rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog`liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o`quv qo`llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta`minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.