O’ZBEKISTONDA BIOGAZ ISTIQBOLI.
1-sho`ba (Energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasidagi dolzarb muammolar va yechimlar;)
assistent I.X. Izzatullayev (Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti)
talaba Sh. Bobonazarov ( Energetika kafedrasi )
Annotatsiya: Ushbu tezisda bugungi kunda Respublikamiz energetika tizimida biogaz energiyasini o’rni uning rivojlanish bosqichlari o’rganilib chiqilgan.
Kalit so’zlar: biogaz, gaz, og’it, biomassa, gazgolder.
Respublikamizda markazlashgan elektr tarmog`i mavjud bo`lishiga qaramasdan, qish faslida ayrim nosozliklarni vujudga kelishi tufayli qishloq hududlarigacha elektr energiya yetmaydigan holatlar kuzatilishi mumkin. O`zbekistonning 60%dan ko`proq aholisi qishloq hududida istiqomat qiladi, ulardan deyarli 30,5% qismi kam ta`minlangan. Energiyaning no`to`g`ri ta`minlanishi mahalliy aholining daromad topish imkoniyatlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Respublikamizda tabiiy gaz, neft va ko`mir kabi qazilma manbalari mavjud. Biroq mamlakatning gaz manbalari kamayayotganligi uchun alternativ energiya manbalariga talab mavjud. Yurtimizda biogaz texnologiyalarini rivojlanishiga yordam berish loyihasining asosiy maqsadi mahalliy fermalarda dastlabki biogaz zavodlarini yaratish va ularni amalda sinab ko`rish. Bu amaliy foydani va biomassa energiyasini kichik va o`rta chorva fermalarda ishlatish foydasini namoyish qiladi. [1]
Shu qatori bu texnologiya Respublikamizda ham qo’llanilmoqda, xususan Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qurilgan va hozirda ishlamoqda. Respublikada qurilgan texnologiyalar yangi bo’lganligi sababli bu qurilmalarni asosan ko’rgazmali desa bo’ladi. Qurilmalarning egalari biogazdan faqat o’z xo’jaliklari uchun foydalanadilar. Ko’plab chorvachilik, parandachilik xo’jaliklari, Fag’ona aeratsiya stantsiyasi va biomassalarni ko’plab yig’ilib qolish ehtimoli bo’lgan hududlarda biomassalardan turli maqsadlarda foydalanish tufayli biomassalardan chiqadigan gazlarning ta’sirini hisobga olinmaydi. O’zbekistonda energiyadan foydalanish asosan tabiiy gaz, neft, GES, ko’mir hisoblanadi. O’zbekistonda energiyadan foydalanish balansi 1-diagrammada keltirilgan.
1-diagramma.O’zbekistonda energiya balansi.
Respublikamizda bioenergetika xususan biogazdan keng miqiyosda foydalanish hali ham keng miqiyosda emasligi sababli, yaqin o’tgan yillar ichida bioenergetika loyihalari bo’yicha mamalakatimizda ikkilamchi xom-ashyoni qayta ishlash to’g’risida aniq mexanizmlar yaratildi. Chiqindilar to’g’risidagi qonunni qabul qilinishi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2008–2012 yillarda tabiatni muhofaza qilish”ga mo’ljallangan Dastur to’g’risidagi qarorni e’lon qilinishi biogazni Respublikada jadal sur’atda rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Mazkur qarorda biogaz olish va iqtisodiyotni turli tarmoqlarida foydalanish bilan bog’liq vazifalar aniq belgilab berildi.
Hozirda Toshkent viloyati Zangi-ota tumani hududidagi “Milk-Agro” naslchilik fermer xo’jaligida ishga tushirilgan biogaz ishlab chiqarish uskunasining umumiy hajmi 120 m3 ni tashkil etadi (2 ta 60 m3 hajmli bioreaktor). Hosil qilingan biogaz 60m3 hajmli gazgolderda saqlanadi. Uskunaning quvvati natijasida kuniga 300 m3 biogaz va 10 tonna suyuq bioo’g’it olinmoqda.
1- rasm. “Milk-Agro” biogas texnologiyasi.
Hozirda mamalakatimizda hududlarida turli xil quvvatga ega bo’lgan 8 dona biogaz uskunasi ishlab turibdi.
Surxandaryo viloyatidagi “Nadejda” firmasida haftasiga 5 tonna organik o’g’it va sutkasiga 25 m3 biogaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan qurilma tiklanib foydalanila boshlandi.
Yil davomida havoga tashlanayotgan 155 tonna miqdordagi karbon gazlari qisqartirildi. Fermer xo’jaligidagi yoqimsiz hidlardan, suyuq va yarim suyuq holidagi chiqindilar bartaraf etilib, atrof-hududdagi sanitar holat yaxshilandi. Bundan tashqari bigaz qurilmasini qurish haqidagi O’zbek va Rus tillaridagi 500 jilddan iborat qo’llanmalar ishlab chiqildi.[2]
Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida ham biogaz qurilmasi barpo etildi. Akmal Sodiqov boshchiligida O. Qosimov xonadonida 25 m3 ga ega bo’lgan biogaz qurilmasini qurishdi. Bu qurilmadan kuniga 70 m3 biogaz olinmoqda. O.Qosimov endi qish kunlari ham 1 gektarga yaqin issiqxonasini bemalol isityapti. Qish kunlari ham bozorga issiqxona mahsulotlarini yetkazib, juda yaxshi daromad topmoqda.
2-rasm. Surxandaryo viloyatidagi biogaz qurulmasi
Biogaz qurilmasi bilan yaqindan tanishishga nafaqat Sirdaryo viloyati, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari fermerlari katta qiziqish bildirishdi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
A. No’monjonov, I. Qo’qonboyev. Istiqbolli enrgiya manbai. Muqumiy nomidagi Qo’qon davlat Pedagogika institute. Ilm, fan taraqqiyot integratsiyasi. Farg’ona 2010. –B.115
A. Arsolnov, T. Sultonov, M.Xo’jaev. O’zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirish omillari va uning moliyaviy manbaalari.
A. Ibragimov, A. No’monjonov. Atrof – muhitga bezarar biogaz ishlab chiqarish. Farg’ona davlat unversiteti. Mintaqadagi ekologik muommolar va ularning yechimi. Farg’ona 2012. 6 bet
Abdurashidov R. Biogazni noorganik qo’shimchalardan tozalash.
Dostları ilə paylaş: |