O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Fizika – matematika fakulteti
Mehnat ta’limi kafedrasi
Mehnat ta’limi yo`nalishi
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI
Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish
gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan
foydalanish
Bajargan:
I. Matkarimov
Ilmiy rahbar: dots. B. Ibragimov
Kafedra mudiri: dots. B. Ibragimov
NUKUS – 2014 yil
2
Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish
gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan
foydalanish
REJA:
Kirish:
I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH
1.1. Elektr manba haqida umumiy tushincha.
1.2. Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar.
II-BOB. TRANSFORMATORLAR VA ULARNI ULASH USULLARI
2.1. Transformatorlarning tuzilishi va ishlash printsipi.
2.2. Transformatorning ish rejimlari
2.3. O`quvchilarga elektr bilan ishlaydigan uy ruzg`or buyumlarini o`quvchilarga
o’rgatish uslublari.
2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari.
Bir soatlik dars konspektasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlar tayyorlash tizimining
mukammol bo`lishi, zamonaviy iqtisod, Fan madaniyat, texnik va texnologiyalar
asosida rivojlanishi shart.
Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta`lim va kadrlarni tayyorlash
tizimlarini tubdan o`zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy
tajribalarga, ta’lim jarayonini hamma shakli va turlarida ilg`or-metodik
talimlarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumki «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» asosida yoshlarning
ongini yuksaltirishga e’tibor qaratilgan va ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan
biri deb belgilab berilgan. Ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri
zamonaviy o`quv dasturlari asosida yuqori natijali o`qitish va malakali kadrlar
tayyorlashni ta’minlash hisoblanadi. Eng asosiy dolzarb ko`rsatkichi shundan
iboratki, o`quvchilarni mustaqil fikrga yo`naltirish va ularning ong saviyasini
zamonga mos holda tarbiyalashdan iborat.
Shunday ekan, o`qituvchining o`zida ham dars mashg`ulotlarini olib
borishda yuksak saviya va bilim talab qilinadi. Maktab ta`lim tizimi jarayonida
talabaning erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash har bir
pedagogning diqqat e`tiborida bo`lishi zarur.
Dars jarayonida jonli muloqotni tashkil qilish uchun zamonaviy o`qitish
usullaridan foydalanish ta`lim mazmunida etakchi rol o`ynaydi. Ta`lim
mazmuni asosida o`quvchining tafakkuri, dunyoqarashi, ongli munosati,
mafkuriy qarashlari tarkib topadi.
Shunday qilib, maktab programmasida maktab o`quvchilariga elektr
manbali bilan ishlaydigan uy-ro`zg`or buyumlari buyicha elektr qo`ng`iroq,
elektr mayatnik, uyingohlar va boshqalar bilan qo`yidagicha tanishtiriladi;
vazifasi haqida gapiriladi, ishlatilib ko`rsatiladi, konstruktsiyasi bilan
tanishtiriladi, elektr sxemasi chiziladi.
4
Elektrlashtirilgan qurilmalar bilan tanishish natijasida o`quvchilar
qo`yidagilarni o`zlashtirib olishlari lozim;
1. Elektrlashtirilgan buyumlar shunday konstruktsiyalanishi kerakki, ularda
simlar va kontant birikmalar ko`rinmasin, shuningdek elektr armaturalar puxta
mahkamlangan , shunday buyumdan foydalanish hafvsiz bo`ladi;
2. Elektrlashtirilgan buyum pishiq va havfsiz bo`lishidan tashqari chiroyli
va foydalanishda qulay bo`lishi kerak;
3. Sharnirli birikmalarda simlar shunday joylashtirilishi kerakki,
qurilmadan uzoq foydalanish ularning ishdan chiqishiga (qisqa tutashuvga) olib
kelmaydigan bo`lishi kerak;
4. Elektr energiya iste`molchilarini shunday joylashtirish kerakki, issiqlik
ajralishi (aylanma harakatda) oqibatida buyum yonib ketmaydigan, aylanuvchi
detalga simlar o`ralib qolmaydigan bo`lishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Montaj qilish davomida, odatda qiyinchiliklar tug`ilishi mumkin. Bunday
holda o`qituvchi ulardan texnik topshiriqlar sifatida foydalansa bo`ladi.
Masalan, o`qituvchilar ta`minlash shnurini lampa asosiga biriktirish kerak
bo`lsin.Bunda instruktsion kartada esa bu operatsiya tushirib qoldirilgan.
O`qituvchilarda buni qanday qilish kerak, degan savol tug`iladi. O`qituvchi
darhol javob bermaydi, aksincha o`quvchilarga shnurni biriktirish usulini
topishni tavsiya qiladi. Albatta, bunda o`quvchilar o`qituvchi yordamisiz
optimal xulosaga kela olmasliklari mumkin. Ammo bu qiyin vaziyat
o`quvchilarni fikrlashga, mustaqil xulosa chiqarishga qiziqtiradi. Bu esa
o`quvchilarning
intellektual
rivojlanishiga
va
mehnatga
ijodiy
yondoshishlariga yordam beradi.
Shunday qilib, bu bitiruv malakaviy ishida o`quvchilarga elektr manbai
bilan ishlaydigan uy ro`zg`or buyumlarini foydalanish va ishlatish uslublari
haqida batafsil aniq ko`rsatilgan bo`lib topiladi.
O`qitish jarayonida yangi o`quv uslublarini tadbiq etish kadrlar tayyorlash
talablarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
5
Respublikamiz hukumati va prezidenti olib borayotgan siyosiy iqtisodiy
siyosatida davlat faoliyatining barcha sohalarin rivojlantirishga ayniqsa, yosh
avlodni milliy tiklanish g`oyasi ruhida tarbiyalashga katta e`tibor berilmoqda.
Hozirgi kunda ta`lim olayotgan yoshlar xalqimizning kelajagi hisoblanadi. Bu
sharafli vazifani bajarish o`qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuqori
malakali o`qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasiga
katta e`tibor qaratilmoqda.
Xalqning faravonligini ta`minlashda, ilm-fan taraqqiyotida shuningdek,
turmushning barcha javhalarida elektr energiyasiga bo`lgan talab juda kattadir.
Shu sababli elektrtexnika fanining rivojlanishi va uning amaliyotta qo`llanilishi,
maktab o`quvchilariga tushintirilishi, ko`nikmalar hosil qilish juda katta
ahamiyotga egadir.
Elektrotexnika fanida o`zgaruvchang tok va uni hosil qilish, etkazib berish
masalariga alohida e`tibor qaratilgan. Elektr stantsiyalarida hosil bo`lgan elektr
energiyasini olis masofalarga etkazib berishda transformatorlarning roli juda
katta. Bu termin va tushinchalarni o`quvchilarga tushintirishda bazi
muoammalarga echishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Maktab o`quvchilarga elektrotexnikaning asosiy qisimdan biri bu
transformatorlar va ularing ishlash printspini o`rgatish alohida katta ahamiyatga
ega shu bois elektrotexnika ishlari asosan uninng mazmuni, maktablarning ish
tajribasidan kelib chiqib dasturning tegishli bolmagan faqatgina elektromantaj
ishlari uchun moljallangan.
Bu masalada yangi pedagogik texnologiya usullaridan-klaster tuzish, aqliy
hujum, tanqidiy fikrlash, juftliklarda ishlash va xokazo foydalanish mumkin.
Bu usullarning mohiyati shundaki, o`quvchilarda qiziqish paydo qilish va u
o`zicha yondashish yuzaga keladi va buning natijasida shaxsiy fikr, tafakkur
rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |