Электротехника фанида трансформатлар ва уларнинг уланиш гуруҳини аниқлашни ўргатишда янги ўқув усулларидан фойдаланиш



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix19.12.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#76362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish (1)

 



 
I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH 
1.1. Elektr manba haqida umumiy tushincha. 
Elektr manbai ishlari o`quvchilarni umumtexnik tizimida tayyorlashda 
muhim ahamiyatga ega, chunki ularni o`rganish jarayonida mehnat ta`limining 
asosiy vazifalarini bajarish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Chunonchi elektr 
bilan ish ko`ruvchi kasb egalari haqida suhbatlar uyushtirib, kasb tanlashga 
yo`llash ishlarini muvafaqqiyat bilan amalga oshirish mumkin. Elektr 
energiyasidan xalq xo`jaligida tabora keng foydalanilayotganligi sababli u bilan 
bog`liq bo`lgan kasblar ham ammoviy hisoblanadi. Masalan, bularga 
elektromontyor, slesar`-elektromontajchi kabi kasblar kiradi. Ular haqida o`quv 
materialida uzviy tarzda bayon qilib ketiladi.
«Elektr energiya» , «Elektr jihoz» zamonaviy ishlab chiqarishning ramzi 
bo`lib, uning muhim belgilari hisoblanadi.Shuning uchun ham bu tushunchalar 
bilan tanishish orqali zamonaviy ishlab chiqarish asoslari haqida to`la 
tasavvurga ega bo`lish, yani politexnik ta`limni amalga oshirish mumkin. 
O`quvchilarni elektrotexnika ishlarini bajarish hamda o`rganishlari 
jarayonida ular bilan keng ko`lamda tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkoniyat 
yaratiladi. Agar o`qituvchi etarlicha e`tibor bersa, davlatimizning bu sohada 
erishgan yutuqlari asosida vatanparvarlik to`yg`isi hamda kam rivojlangan 
davlatlarga berayotgan yordamimiz negizida internatsionalizm to`yg`usini 
kamol toptirishda muvafaqqiyatga erishish mumkin. Elektr energiyasini tejash 
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish negizida iqtisodiy ta`lim berish uchun keng 
imkoniyatlar yuzaga keladi.
Yuqoridagi aytib o`tilganlardan elektrotexnika ishlarini o`rganish nima 
uchun 
V-VII 
sinflar 
o`quv 
programmalarining 
barcha 
variantlariga 
kiritilganligining sababi ayon bo`ladi. Bularga kam vaqt ajratilgan, biroq 
beriladigan bilim va o`quvlar hajmi esa katta. Shu boisdan ta`lim mazmunini 
tanlashga va mashg`ulotlarni o`tkazish metodikasini ishlab chiqishga chuqur 



yondashish talab qilinadi. O`qituvchi bu masalalarni hal eta borib, 
elektrotexnika ishlari fizika kursida elektrni o`rganishdan oldiniroq bajarilishini 
e`tiborga olinishi kerak. Shuning uchun o`quvchilar tegishlicha nazariy bilimga 
ega bo`lmaydilar va mashg`ulotlar mutloqa amaliy tarzda o`tkaziladi. Bularni 
fizika kursi bilan almashtirmaslik lozim. Bu erda bir hol yuz beradiki, mehnat 
ta`limi jarayonida o`quvchilar amaliy javob olib, keyinchalik bu javoblar fan 
asoslarini o`rganishda ilmiy jihatdan tushintiriladi.
Programmaning «Elektrotexnika ishlari va avtomatika elementlari» 
bo`limining yana bir xarakterli tomoni bor. Bunda faqat «sof» elektrotexnika 
ishlari bajarilmay, balki turli buyumlarning detallarini tayyorlash, shuningdek 
ularni elektrlashtirish nazarda tutiladi.
Elektrotexnika ishlari asosan uning mazmuni, maktablarning ish 
tajribalaridan kelib chiqqan. programmaning tegishli bo`limlari, faqatgina 
elektromontaj ishlari uchun mo`ljallangan davrlar ham bo`lgan. Bunda 
o`quvchilarning amaliy faoliyatlari o`quv stentlarida turli elektr zanjirlarni 
montaj qilishdan iborat bo`lgan. Har bir o`quvchi avval elektr zanjirini montaj, 
keyin esa demontaj qilgan. Kelgusi darslarda yana aynan shular takrorlangan. 
Shunday qilib, elektromontaj ishlari o`quv xarakterda bo`lgan. Bu hol o`zini 
oqlamadi., chunki bunday mehnatga o`quvchilarning qiziqishi past edi
mehnatning o`zidan esa hesh qanday amaliy samara chiqmasdi.
Ko`rsatilgan kamchiliklar, ayniqsa ta`limni unumli mehnat bilan qo`shib 
olib borishga nisbatan mehnat islohoti qo`ygan katta talablar munosabati bilan, 
programmani o`zgartirishga taqoza etadi. Bunday shartlarda elektrotexnika 
ishlarining ijtimoiy-foydali xarakterga ega bo`lgan ma`lim bir buyumlarni 
elektrlashtirish bilan qo`shib olib borish g`oyasi to`g`iladi. Bular otaliqqa 
olingan bolalar bog`chasi uchun o`yingohlar, o`quv maketlari va modellari, 
maktab o`quvchilari uchun o`yinlar vash u kabilar bo`lishi mumkin. O`quvchilar 
mehnat shu tarzda tashkil qilinsa, elektrotexnika ishlari hamda avtomatika 
elementlaridan ta`lim berish o`quv programmasining mehnatga oid boshqa 



bo`limlari bilan uzviy bog`lanadi, hamda o`quvchilarning faoliyati amaliy 
xarakterda bo`lishi ta`minlanadi. Albatta, ayni buyum detallarini metall va 
yog`oshdan to`la-to`kis tayyorlash ishlarini bu bo`limda bajarish shart emas. 
Buni o`qituvchining o`zi hal qiladi. Yarim favrikatlardan foydalansa ham 
bo`ladi. Bevosita elektrotexnikaga oid ishlar hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha 
yaxshi bo`ladi.
Maktabda elektr manba bilan ishlaydigan darslarda o`qitishda asosiy 
uchta qismga ajratish mumkin. Elektr zanjirlari, buyumlarni elektrlashtirish va 
avtomatika elementlari elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish metodikasini 
ko`rib chiqa turib, ularning har biri haqida alohida gapirib o`tish maqsadga 
muvofiqdir, shuni e`tiborga olish kerakki, elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish 
metodikasi umuman olganda o`quv programmasining boshqa bo`limlariga 
nisbatan o`z xususiyatlariga ega.Avvalo bu hafvsizlik qoidalariga talluqlidir. 
O`quvchilar hafvsiz kuchlanishli elektr toki bilan ishlaydilar, ammo shuni 
e`tiborga olish kerakki, o`quvchilarda ayni vaqtda shakllanayotgan ko`nikma va 
ishga bo`lgan munosabatlar keyinchalik, masalan, 220vol`t kuchlanishga duch 
kelganlarida ham saqlanib qoladi. Buni nazarda tutib o`quvchilar mehnat
hafvsizligi qoidalariga alohida e`tibor beradilar.
Masalan, elektromontaj ishlarini bajarish jarayonida o`quvchilarning 
qo`yidagi qoidalarga roya qilishlariga erishish zarur. 
1. 
Elektromontaj ishlarini bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan 
foydalanish; 
2. 
Izolyatsiya qoplamalarini o`tkazgichdan o`zingizdan nariga qaratib 
pichoq bilan ajratib, (qalam ochish kabi) bunda albatta taxta taglikdan 
foydalanish; 
3. 
Elektr zanjiri yig`ishdan izolyatsiyasi shikastlanmagan simlardan 
foydalaning, o`zingiz izolyatsiyani shikastlab qo`ymasdan; 
4. 
Simlarni puxta ulang, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalang; 



5. 
Elektr armaturalarning ishga yaroqliliga-kontaktlarning ishonchli 
biriktirilishi,izolyatsiyasining tuzikligi va shu kabilarni tekshirib ko`rish; 
6. 
Yig`ilgan zanjirni faqat o`qituvchining ruxsati bilan elektr tarmog`iga 
ulash; 
7. 
Tok manba ulanganda elektr zanjirning yalong`och sim va tok 
o`tkazuvchi detallariga tegmang.
Elektrotexnika ishlari bo`limini o`rganishning o`ziga xos jihati- o`quvchilar 
mehnatini tashkil qilish diqqatga sazavordir.Odatda, bu ishlarni bajarish uchun 
ustaxonalarda alohida bo`limlar yo`q. Bundan tashqari, o`quvchilarga yoppasiga 
ta`lim berish uchun etarli miqdorda asbob va materiallar ham bo`lmaydi. 
Shuning uchun odatda, o`quvchilar mehnatni tashkil qilishning zveno formasin 
qo`llaniladi. Boshqacha aytganda, maktab ustaxonasining kerakli asbob-
uskunalar bilan jihozlanganligiga qarab, grafik tuziladi, o`quvchilar zvenolarga 
birlashadilar hamda tartibi bilan elektrotexnika ishlarin o`rganadi. O`qituvchi 
elektr zanjirlarini montaj qilish izolyatsiya materiali bilan qoplangan gorizontal 
qoqpoqli stolda bajarilishini ma`lum qiladi. Bu stol doimo belgilangan tartibda 
bo`lishi kerak. Elektromontajchi chap tomonga materiallar (sim, lampa, kapron, 
vklyuchetel` va h.k) old tomonga montaj paneli va montaj qilinishi lozim 
bo`lgan zanjirning elektr sxemasi, o`ng tomonga elekrtomontaj asboblarini 
joylashtiriladi. Bunda boshqalarga nisbatan tez-tez foydalaniladigan asboblarni 
o`ziga yaqiniroq joylashtiradi. Detallarni montaj qilishga tayyorlash bilan 
bog`liq bo`lgan ishlar teglik taxtada bajariladi.
Mazkur o`quv materialini o`rganishda boshlang`ich tushuncha «elektr 
sxema» tushunchasidir. O`qituvchi o`quvchilarning elektr sxemasining 
zarurligini anglashlariga erishmog`i lozim. Bunga turli yo`llar bilan erishiladi. 
O`quvchilarning qo`yi sinflarda egallagan bilim va ko`nikmalaridan foydalanish 
mumkin. Elektr sxemalarga o`xshash narsalarga masalan, tog`lar, daryolar, 
shaharlar va hakozalar turli belgilar bilan belgilab qo`yilgan geografik 
kartalariga taqqoslab, shunday situatsiya vujudga keltiriladiki, bunda 


10 
o`quvchilar etarlicha bilimga ega emasliklarini xis qiladilar. Masalan, elektr 
konstruktorlikka oid konkret topshiriq beriladi, uni bajarish uchun 
konstruktsiyaning elektr sxemasi bo`lishi zarur. Undan esa o`quvchilar 
foydalana bilmaydilar.
O`quvchilar elektr sxemasi to`g`risidagi bilimlarga ehtiyoj sezganlaridan 
so`ng, o`qituvchi yangi mavzuni ta`riflaydi va uni mazkur reja asosida ko`rib 
chiqishga kirishadi;
1. 
Elektr zanjiri elementlarining shartli belgilari (elektr armaturalari, 
tok manbai va iste`molchilari); 
2. 
Tarmoqlangan elektr zanjiri sxemasini tuzish; 
Dastlab o`quvchilar zanjir asosiy elementlarining shartli belgilarini 
o`zlashtirib olishlari kerak. Bu vazifani osonlashtirish maqsadida zanjir 
elementlari yozuvi qayd qilingan, tok manbay, lampa, vklyuchatel` va 
o`tkazgich mahkamlangan, hamda ularning yonida shartli belgilari chizilgan 
stend tayyorlangan ma`qul. O`quvchilar zanjir elementlarining shartli belgilarini 
chizishda ularning o`lchamlariga proportsional ravishda kataklarga bo`lib, chizib 
qo`yish mumkin.
Stend doska yoniga o`rnatiladi va shu joydan 2-3 mashg`ulot davomida 
olinmaydi. So`ngra «elektr sxema» tushunchasini shakllantirishga kirishiladi. 
Bunda yana avvalgi darslardan tanish bo`lgan elektr zanjir stendidan 
foydalaniladi . Uni doskaning chap tomoniga joylashtiriladi, o`ng tomoniga esa 
tanish bo`lgan shartli belgilardan foydalanib, elektr sxemasi chiziladi. Sxema 
elementlari tok-manbay lampalar, vklyuchatellarni tasvirlash tartibiga e`tibor 
beriladilar, so`ngra hamma elementlarni zanjir o`tkazgichlariga mos chiziqlar 
bilan birlashtirib chiqiladi. 
O`quvchilar daftarlariga elektr sxemani chizganlaridan so`ng bu 
tushunchaning tarafini berish ma`qul. Masalan, qo`yidagicha elektr zanjirining 
shartli belgilari yordamida bajarilgan grafik tasviri elektr sxema deyiladi. 


11 

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin