53
5. O’zgarmas tok deb nimaga aytiladi?
6. Elektr qarshilik deb nimaga aytiladi?, qarshilik birligi
7. Elektr tokining ishi va quvvati qanday aniqlanadi?
O`qituvchi o`tilgan mavzuga doir har xil topshiriqlar berib, test sovallari va
krassvord o`yini orqali mustaqil shug`ullanishlari uchun vazifalar beradi.
Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
1. Tezkor savollar berish orqali mavzu mustahkamlanadi. (10-ilova)
2 Mavzu bwyicha yakuniy xulosa yasaydi, muhim jihatlarga ishtirokchilar
diqqatini
jalb qiladi, mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtrigan savollarga javob
beradi.
3. Uy vazifa beradi: “Tushunchalar tahlili” metodining mazmuni va baholash
mezonlari bilan talabalarni tanishtiradi. Mavzuga oid atamalarni “Tushunchalar
tahlili” metodidan foydalanib yoritib kelish.
Yakuniy qism
Ilm va texnikani rivojlantirish tajribali mutaxassislarni tayyorlash,
ularni
tarbiyalash esa o`z navbatida ta`lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bu umum
ta`lim maktablarida, kasb-hunar kolledjlarida o`quvchilarni ta`lim olish
jarayonida kasbga yo`naltirish ishlarini tashkil etish masalalarini eshishni talab
etadi.
Bu masalalarni eshish orqali biz yosh avlodga o`z
kelajagini qurish, o`zi
qiziqqan kasbni tanlashiga imkon yaratamiz. Shuningdek, jamiyatda o`z o`rniga
ega va etuk, mukammal inson bo`lib etishiga katta hissa qushgan bo`lamiz.
54
Yoshlarni hozirgi ilm va texnikaning rivojlangan davrida har kuni yangilanib
borayotgan texnikaning taraqqiyotini tushinishini va ulardan turmush kechirish
jarayonida unumli foydalanish, ularga texnik xizmat ko`rsata olish imkoniyatiga
ega bo`lishga o`rgatishimiz zarur. Bunga erishish uchun kasb-xunar
kolledjlarida
texnikaviy
fanlar
qatorida
umumiy
elektrotexnika
va
radioelektronika asoslari fanining o`rni juda ahamiyatga ega.
Kasb-hunar kolledjlarida umumiy elektrotexnika fanida o`tiladigan
transformatorlar mavzusining o`tilishi juda katta ahamiyatga ega. Talabalarga
transformatorlarning xizmati,
ishlash printsiplari, tuzilishi, turlari va
qo`llanilishi haqida yuatafsil ma`lumatlar beriladi. Bu mavzuni o`tishda
birinchidan uning maqsadi, mohiyati tushintiriladi va tushintirish jarayonida har
bir o`quvchi o`z mahoratini, bilim va uqubini namoyish etishi kerak. Masalan,
transformator
tushinchasi
talabalarda
avvaldan
shakllangan
bo`lishi
mumkin.Sababi, transformatorlar xalq xo`jaligining barcha sohalarida uchraydi.
Bularni
inobatga olib, dastlabki bilimlarni mustahkamlab va yanada
chuqirlashtirish usullarini topishi lozim. Transformatorlarning turlariga qarab
har xil joylarda foydalanishini alohida takidlab o`tish kerak. Biz bayon etgan,
yangi pedagogik texnologiya
usullaridan klaster tuzish, aqliy hujim usullari
samarali foyda keltirish mumkin. Klaster usulida sxematik turda talabalar ko`z
oldiga keltirish va miyada yaxshi tasavvur qoldiradi. Aqliy hujimning avzalligi
shuki, talabalardagi boshlang`ich bilimlarni miyada yanada rivojlantirib, shu
mavzuni tushinishga mohiyatini chuqurroq anglashga jalb qiladi.
Transformatorlarning bir fazali va uch fazali turlarining bir-biridan farqlarini
tushintirishda
vektor
diagrammalardan
foydalanadi.
Bu
jarayonda
transformatorlarning ulanish guruhlarini aniqlash usullari tushintiriladi.Vektor
diagrammalarni tushintirshda uch fazali ikki sho`lg`amli transformator
sho`lg`amlari ulanish guruhini yuqorida bayon qilingan takomillashtirilgan usul
asosida aniqlash metodikasining avzalligi talabalar tushinishi uchun qulaydir.
Shu tufayli mazkur metodikani o`qitish jarayoniga qo`llash tavsiya qilinadi.
55
Yakuniy
xulosa shuki, mustaqil O`zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga
oshirish va yanada rivojlantirish, xalq xo`jaligining barcha sohalarini zamonaviy
talablar asosida tashkil etish uchun texnika yangiliklaridan foydalanish zarur.
Texnika asbob-uskunalaridan to`g`ri va unumli foydalanishni maktab davridan
o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov «Umumiy va elektronika asoslari»
Toshkent «O`zbekiston
» 2000.y
2. I.P. Kopilov «Elektricheskie mashini» Moskva 2000.g
3. B.N.Sergenkov, V.M.Kiselev, N.A.Akimova «Elektricheskie mashini:
Transformatorı» Moskva 1989.g
4.B.F.Tokarev «Elektricheskie mashini» 1990.g
5. I.N.Bulgakov «Gruppı soedineniya transformatorov» Moskva 1955.g
6.A.S.Karimov, M.M.Mirxaidarov «Nazariy elektrotexnika» Toshkent
1959.y
7.L.S.Jdanov, V.A.Maranjyan «Fizika kursi» Toshkent 1959.y